Kontent qismiga oʻtish

Fargʻona

Koordinatalari: 40°23′11″N 71°47′11″E / 40.38639°N 71.78639°E / 40.38639; 71.78639
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Farg‘onadan yoʻnaltirildi)
Fargʻona shahri
Viloyat
40°23′11″N 71°47′11″E / 40.38639°N 71.78639°E / 40.38639; 71.78639
Mamlakat Oʻzbekiston
Hukumat
 • Hokim Vosiljon Nazarov[1]
Asos solingan 1876
Avvalgi nomlari
Skobelev (1910—1924)
Maydon 1,003 km2 (387 kv mi)
Markazi balandligi 580 m
Iqlim turi moʻtadil, subtropik
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Aholisi
 (2020)
291 100[2]
Zichligi 2 902,3 kishi/km2
Milliy tarkib oʻzbeklar 91,84%
ruslar 2,53%
qirgʻizlar 1,36%
tojiklar
v.b 2,88%[3]
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, Xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC 5
Telefon kodi 998 73
Pochta indeks(lar)i 150100
Avtomobil kodi 40-49, (eskisi — 15)
Fargʻona shahri xaritada
Fargʻona shahri
Fargʻona shahri
Fargʻona

Fargʻona (1907-yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907—1924-yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M. D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining janub qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi.

Fargʻona soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Olimlar „Fargʻona“ soʻzining bundan 13 asr ilgari sugʻd yozuvlarida „Pargʻana“, „Pragʻana“ shakllarida yozilganligini hamda hind-sanskrit tilida „kichik viloyat“; fors tillarida „togʻ oraligʻidagi vodiy“, „atrofi berk soylik“ degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar. Fargʻona oʻzining goʻzal landshaftlari bilan mashhur boʻlgan olis shahar. „Chimyon“ kurorti Olay tog 'etaklaridagi shifobaxsh mineral buloqlarning muvozanati bilan mashhur boʻlgan Chimen qishlogʻiga asoslangan. Eng katta kurort Markaziy Osiyoda joylashgan.[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]

1876-yil Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligini yoʻqotib uning hududida Fargʻona viloyatini tuzgach, maʼmuriy markaz qurish uchun Margʻilondan 10 km janubida joylashgan Yormozor va sobiq Sim, Chiringan qishloqlari oʻrnini tanladi. Shahar qurilishi loyiha boʻyicha 1877-yil iyunda boshlandi. Qurilish harajatlari, asosan, mehnatkashlar zimmasiga yuklandi (soliq solindi). Bu shaharni katta maydonni qurshab olgan qalʼa ichida qurish koʻzda tutildi. Qalʼadan shim.gʻarb va gʻarbga tomon radius shaklida uchta uzun koʻcha qurildi. Ulardan biri eski Margʻilon tomonga yoʻnaldi. Bu koʻchalar parallel tor koʻchalar bilan tutashtirildi. General-gubernator shaharni Yangi Margʻilon deb atashni buyurdi. Shaharning qurilishi 1904-yilda yakunlandi. Yangi Margʻilon, asosan, Margʻilonsoyning chap sohilida joylashdi. Oʻng sohili bozor uchun moʻljallandi. Shaharning jan. qismida kazarmalar qurildi, gʻarbiy qismida harbiy boshqarma joylashtirildi. 1880-yilda bu boshqarma yozgi harbiy lagerga oʻzgartirildi.

Shahar koʻchalarining har ikki tomoniga daraxt ekildi. Shaharda sanoat korxonalari qurilmadi. 1898-yil SamarqandAndijon temir yoʻl oʻtkazilishiga qaramasdan, shaharning kengayishi va rivojlanishi sekinlik bilan bordi. 1891-yilda shaharda 2 ta pivo pishirish va bitta koʻnchilik zavpdi faoliyat koʻrsatdi. Mahalliy yarim kustar korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Paxta tozalash zavodi faqatgina temir yoʻl oʻtkazilgandan keyin qurildi. 1899-yilda Yangi Margʻilon shahri aholisi atigi 4 ming kishini tashkil etdi.

1907-yilda mustamlakachi maʼmurlar shahar nomini oʻzgartirib, Skobelev deb atadilar. Oʻsha yili temir yoʻl vokzalini ham qurish boshlandi.

1914-yilda yana 4 ta paxta tozalash zavodi va 8 ta pilla quritish moslamasi foydalanishga topshirildi. Shaharchada, asosan, podsho maʼmuriyati va amaldorlari, harbiylar, savdogar va mahalliy boylar yashardi. 1913-yilda shahar aholisi 14 ming kishiga yetdi. Shundan oʻzbeklar atigi 3216 kishini tashkil etdi.

Shahar tunda 80 ta yoritqich (fonus) bilan yoritilardi. Doʻkonlar aholiga xizmat koʻrsatgan. 1917-yilgacha shahardagi 3 ta gimnaziyada 600 oʻquvchi, 5 ta maktabda esa 821 oʻquvchi oʻqidi. Ularga 20 oʻqituvchi saboq berdi. Shaharda birgina kasalxona (35 oʻrin) va bir dorixona mavjud edi.

1917-yil 6—7-dekabrda Skobelevda hokimiyatni shoʻrolar egalladi. 1921-yil da Oʻrta Osiyo ipakchilik sanoatining dastlabki korxonasi — pillakashlik fabrikaasi foydala nishga topshirildi. 1917-yilgacha shaharda, quvvati 700 kVt boʻlgan xususiy (Lipinskiyga qarashli) elektr styasi boʻlgan. Oʻsha yildan keyin Fargʻona vodiysida yagona boʻlgan issiqlik elektr markazi ishga tushirildi. Quvasoy issiqlik elektr styasi faoliyat koʻrsata boshlagandan keyin ular yagona energiya sistemasiga birlashtirildi. Shundan keyin toʻqimachilik fabrikaasi, yogʻ zavodi ishlay boshladi. Paxta tozalash zavodlari, tegirmonlar, kustar korxonalar qayta qurilib kengaytirildi va elektr energiya quvvati bilan ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ishga tushirilgan Xoʻjaobod—Fargʻona, Shim. Soʻx—Fargʻona—Quvasoy gaz quvurlari Fargʻonani Buxoro yaqinidan boshlangan yagona gaz quvuri sistemasi bilan bogʻladi.

Undan keyin gidroliz zavodi, 1958-yilda neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 1960-yillarda Fargʻonada temirbeton buyumlari, shifer-gʻisht zavodlari, 2 issiqlik elektr markazi qurildi.

Shaharda 2300 dan ortiq kichik korxona, 10 avtokorxona, mahalliy xom ashyodan kimyoviy tola (atsetat ipagi) ishlab chiqaradigan, azot, sovun, gaz apparatlari, neftni qayta ishlash, mexanika, paxta tozalash, konserva zavodlari; uysozlik, moy, sut kombinatlari, trikotaj, pillakashlik, poyabzal fabrikaalari, „Fargʻonapivo“, don mahsulotlari korxonalari ishlab turibdi. 24 qoʻshma korxona („KabulFargʻona“, „Oʻzsalaman“, „Ferteks“, „Yevraziya Tapo Disk“, „Ferkon“ va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Sanoat korxonalari, asosan, shahar markazida hamda Qirguli mavzeida joylashgan.

Fargʻona Respublikaning yirik ilm va madaniyat markazlaridan biridir. Fargʻonadan 52 km jan.da Shohimardon kurorti, shahardan 32 km narida, Oltiariq tumanidagi xushmanzara joyda 2 yirik shifoxona joylashgan. 2 madaniyat saroyi, 28 kutubxona, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 4 madaniyat uyi, musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, yoshlar xiyoboni, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshkent 2-tibbiyot instituti filiali, universitet, politexnika instituti, 3 ta bolalar musiqa maktabi, sanʼat maktabi, 41 umumiy taʼlim, 4 kattalar taʼlimi maktablari, 3 akademik litsey, 18 kasbhunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion, sport majmuasi, kasalxona, poliklinika, dorixonalar mavjud. Fargʻonadan tuman markazlari, shahar va shaharchalariga avtobus qatnaydi. Havo transporti orqali Toshkent shahri, viloyat markazlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. Shaharda 2 viloyat gazeta, shahar gazeta („Fargʻona tongi“, 1955-yil 29-dekabrda tashkil etilgan, adadi 3000), 22 tarmoq gaz., 15 xususiy gazeta va 6 jurnal nashr etiladi. 3 ta telestudiya faoliyat koʻrsatadi.

Aholisi 250,000. Fargʻona shahriga Margʻilon va Toshloq shaharlari tutashib ketgan. Agar 3 ta shaharni aholisi bilan hisoblasak, 400,000 dan oshadi. Fargʻona shahrining ramzi chinor bargidir. Fargʻonada Markaziy Osiyodagi eng mashhur futbol jamoasi — „Neftchi“ shahar shaʼnini himoya qiladi. „Neftchi“ FC 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 7 karra kumush medal sohibi, 2-marta billur sovrin egasi, 1 marotaba Osiyo Chempionlar Ligasi 3-oʻrin sohibi va MDH davlat chempionlari 2-oʻrin sohibidir.

Fargʻonaning iqlimi huddi boshqa vodiylar kabi, kontinentalniy. Qish — yumshoq. Yanvarda oʻrtacha harorat 0,2°, Past daraja —25,8 °. Uzoq qor yogʻish davomiy emas. Baʼzi qishning kunlari kun issiq boʻladi. Yoz issiq. Iyulda oʻrtacha harorat 27,4°, Baland harorat 45,2°[4].

Iyul oyida issiq shamol kuzatiladi asosan gʻarbiy qismida

  • Fargʻona eng yashil shahar Markaziy Osiyoda darahtlar oʻstirish boʻyicha, yaʼni chinorlarni. Chinorlar Fargʻonaning ramzi hisoblannadi.
  • Fargʻona eng koʻp ishlab chiqaruvchi shahar Toshkent dan soʻng
  • Adabiy tilning asosi Fargʻona shevasi hisoblanadi.
Farg'ona viloyati manzarasi
Fargʻona shahri manzarasi
  • Fargʻona Azot oʻgʻitlar zavodi Azotmas OAO
  • Fargʻona Mexanika zavodi GAO TAPOiCh
  • Fargʻona Fergana Avtoglass OOO
  • Fargʻona Uz-DongYang-Fergana OOO
  • Fargʻona YevraziaTAPO-Disk SP ZAO
  • Fargʻona Zavod Gazoviy Apparaturi MP
  • Fargʻona Zavod Iskusstvennix koj OAO
  • Fargʻona Avtomobilniy Uchebno-proizvodstvenniy Kombinat, MP
  • Fargʻona ZJBI-Zavod Jelezobetonnix Izdeliy
  • Fargʻona NeftePererabativayuщiy Zavod GP
  • Fargʻona UZ-SALAMAN AOZT (obuvnaya fabrika)
  • Fargʻona Maslo-jir Kombinat OAO
  • Fargʻona Xlop-Promishlennost GP
  • Fargʻona Grenajniy Zavod OAO
  • Fargʻona Tekstilniy Kombinat AO
  • Fargʻona Xlop-Zavod AO
  • Fargʻona Uchebno-Proizvodstvennoe Predpriyatie Obщestva Slepix GOU
  • Fargʻona Zavod Furanovix Soedineniy OAO
  • Fargʻona Zavod Ximicheskogo Volokna GP
  • Farrig-Fergana Co Ltd SP tekstil
  • Kabul-Fergana Co. Ltd tekstil
  • FERAE OOO
  • Kaguma OAO
  • Istikbol OOO
  • Lufer OOO
  • Fergana Obuv OAO
  • Buyuk Ipak Yuli OAO
  • FerTransParitet SP
  • Pash-A Koja SP
  • Vtormet, KP
  • Uz Sangwoo SP
  • OOO „A.Akbarali“

Diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Fargʻona viloyati oʻlkashunoslik muzeyi
  • Eski qattiqlik
  • Viloyat teatri
  • Harbiylar uyi
  • Fargʻona markaziy qamoqxonasi"FQM"
  • Fargʻona Jome Masjidi „Jome Masjid“
  • Al-Fargʻoniy yodgorligi
  • Fargʻona viloyat hayvonot bogʻi

Fargʻona mehmonxonalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Fargʻona“
  • Turon Hotel mexmonxonasi
  • Ziyorat mexmonxonasi
  • Aziya mexmonxonasi
  • 777 mexmonxonasi
  • Ferghana Grand mexmonxonasi
  • Sharq mexmonxonasi
  • Terranova mexmonxonasi
  • Mexmon Saroy mexmonxonasi
  • Tantana mexmonxonasi

Koʻngil ochar joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kinoteatrlar

  • Alisher Navoiy nomidagi
  • Kinoteatr Nurxon
  • Kinoteatr Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi
  • Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi istirohat bog‘i
  • Festival savdo majmuasi
  • Islom Karimov nomidagi san‘at saroyi
  • Alisher Otaboyev
  • Raxmatov Dilshod Bakharchovich
  • Ergashev Avazxon Shokirovich
  • Erkabaev Shavkat Shokirovich
  • Sultanov Abdumalik Karimberdi Ogʻli
  • Tuxtasinov I., Fergana, T., 1969;
  • Bobobekov X., Qoʻqon tarixi, 1996;
  • Kolbinsev A., Fargʻona vodiysi boʻylab, 1979;
  • Isxakov F., Proshloye glazami istorika, 1994.
  1. Фарғона шаҳар ҳокими ва ўринбосарлари ҳақида маълумот
  2. arxiv nusxasi (PDF), 1-mart 2021-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 19-sentyabr 2020-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  3. arxiv nusxasi, 23-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 19-sentyabr 2020-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  4. „Климат Ферганы“. 2012-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-mart.