Kontent qismiga oʻtish

Evdemonizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Evdemonizm (yun. yeis!a1top1a — baxtsaodat, rohatfarogʻat) — baxtsaodatga intilishni inson axloqiy faoliyatining mezoni hamda asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblovchi axloqiy taʼlimot. E. gedonizm bilan uzviy bogʻliq boʻlsada, undan maʼlum darajada farq qiladi. U yunon etikasining asosiy prinsiplaridan biri hisoblangan. E. Sokratning shaxsning ichki erkinligi, tashqi dunyoga qaram emasligi toʻgʻrisidagi gʻoyasi bilan uzviy bogʻliq. E. baxtsaodatni jismoniy va bir lahzali huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng maʼnoda, yaʼni jismoniy va maʼnaviy qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi. E. taʼlimotiga koʻra, oʻz shaxsida mazkur qadriyatlarni mujassamlashtira olgan kishigina chinakam baxtsaodat sohibidir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farogʻat baxsh etadi. Demokrit, Epikur, Forobiy, Ibn Sino, L.Feyerbax E.ning namoyandalaridir.