Kontent qismiga oʻtish

Epitsentr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Epitsentr (epi... va lotincha — doira markazi) — 1) zilzila oʻchogʻi markaziy nuqgasining yer sirtiga proyeksiyasi (q Gipotsentr). E.ning oʻrni seysmik st-yalarning qaydlari va yer sirtidagi vayronagarchiliklar darajasiga qarab aniqlanadi; 2) havo (yer osti, suv osti)da yuz bergan yadro portlashi markazining yer sirtiga proyeksiyasi. Bunday E.ning oʻrni maxsus asboblarning qaydlari va portlashdan hosil boʻlgan chuqurning markaziga qarab aniqlanadi.