Elektrostal
Qiyofa
Elektrostal (1938-yilgacha Zatishye) — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar. Transport yoʻlining stansiyasi. Aholisi 146,3 ming kishi (2002). Moskva yaqinidagi metallurgiya va ogʻir mashinasozlik sanoatlari markazi. Elektr metallurgiyasi ("Elektrostal", "Elektrostaltyajmash"), elektr buyumlari, "Elektroselmash" zavodlari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Moskva poʻlat va qotishmalar institutining filiali faoliyat koʻrsatadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |