Kontent qismiga oʻtish

Efemerlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Efemerlar (yun.— bir kunlik) — choʻl, chala choʻl va adirlarda oʻsadigan bir yillik oʻsimliklar. Vegetatsiya davri qisqa. Asosan, bahor va kuzda, tuproq nam vaqtlarida oʻsadi. Tipik, yaʼni bahorgi efemerlar va kuzgi efemerlarga ajratiladi.

Oʻrta Osiyoning choʻl, ayniqsa, adirlarida koʻp uchraydi. Qish iliq kelgan yillari efemerlar juda tez rivojlanadi. Erta bahorning sernam, iliq kunlari boshlangach, efemerlar tez rivojlanib, bir necha haftada gullab, urugʻlari pishib yetilgach quriydi.

Efemerlar orasida yaltirbosh, taroqbosh, arpaxon, noʻxatak, sariq yoʻngʻichqa kabi ozuqabop; jagʻjagʻ kabi dorivor, uchma kabi zaharli turlari bor.