Kontent qismiga oʻtish

Dastorbosh

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dastorbosh
Tanacetum vulgare
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Dastorbosh (Tanacetum) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda 2 turi: oddiy D. (T. vulgare) va togʻ D. (T. pseudoachillea S.) uchraydi. Oddiy D. boʻyi 150 sm gacha boʻlgan sershox oʻsimlik. Barglari patsimon, bandli va bandsiz. Gullari sariq, qalqonsimon toʻpgul. Mevasi — pista. Toʻpguli tarkibida efir moyi, alkaloidlar, flavonoidlar va b. moddalar bor. Toʻp-gulining damlamasi va poroshogi gijja haydashda, gepatit, an-gioxolit va ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil