Kontent qismiga oʻtish

Xromakey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chroma keydan yoʻnaltirildi)
Koʻk fonda suratga olinayotgan film.

Xromakey (inglizcha: chroma key; soʻzma-soʻz tarjimasi — „ranglar kaliti“) — ikki yoki undan ortiq tasvirni/kadrni bir kompozitsiyada birlashtirish texnologiyasi. Bunda tasvir yashil yoki koʻk fonda olinadi, keyin xromakey yordamida uning foni „oʻchirib tashlanadi“ (aniqrogʻi, fondagi muayyan rang diapazoni shaffoflik holatiga keltiriladi) va oʻrniga boshqa tasvir qoʻyiladi. Suratga olishda tasvirning fon rangi ixtiyoriy rang boʻlishi mumkin (yaʼni yashil yoki koʻk boʻlishi majburiy emas), ammo odatda yashil yoki koʻk rang afzal koʻriladi, sababi inson tanasining rangini ushbu ranglarda ajratib olish oson boʻladi[1]. Xromakey asosan kino va videooʻyin sanoatida ishlatiladi.

  1. „The Chroma Effect“ (inglizcha). Chroma Key Tutorial. BorisFX. — „If the foreground is a person then blue or green backing colour is recommended as these colours are not present in human flesh pigments. In fact, human skin colour is 70% red for all people regardless of race.“. 2005-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-yanvar.