Kontent qismiga oʻtish

Chor Minor

Koordinatalari: 36°46′29″N 64°25′39″E / 36.77472°N 64.42750°E / 36.77472; 64.42750
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Chor Minor
Chor Minor madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Xalifa Niyozquli
Asosiy sana:
1807-yil
Maqomi Davlat himoyasida[1]
Holati
UNESCO bayrogʻi UNESCOning Butun jahon yodgorliklari

36°46′29″N 64°25′39″E / 36.77472°N 64.42750°E / 36.77472; 64.42750

Chor Minor (fors. — toʻrt minora) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1807). Xalifa Niyozquli qurdirgan. Chor Minor anʼanaviy usulda qurilgan masjid hamda madrasa, atrofi bir qavatli hujralar bilan oʻralgan hovlidan iborat[2].

Madrasa XIX asrda Buxoroda yashab oʻtgan boy turkman Xalifa Niyozqul tomonidan bunyod etilgan[3]. Toʻrt minorali binoni baʼzan bir vaqtlar orqa tomonida mavjud boʻlgan madrasalarning eshik qismi boʻlgani taxmin qilinadi. Chor Minor aslida yashash va ibodat qilish uchun moʻljallangan kompleks bino hisoblanadi. Madrasa avval boshda mavjud boʻlib, keyinchalik yiqilgan koʻhna madrasaning bir parchasi boʻlgan. Niyozqul madrasani nimaning yoki kimning sharafiga bunyod ettirgani nomaʼlum[4].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino bir vaqtning oʻzida masjid sanaladi. Oʻrta Osiyo meʼmorchiligida koʻrinishi jihatdan ajralib turuvchi bino zikrxonasi bilan ahamiyatga ega. Markaziy binoning har ikki tomonida mavjud boʻlgan hujralarning baʼzilari qulab tushgan va faqatgina poydevor oʻrni qolgan. Hujralar talabalar uchun yotoqxona vazifasini oʻtab kelgani taxmin qilinadi[5].

Sinchli peshayvon tipidagi masjid hovlining janubi-gʻarbiy burchagida joylashgan. Madrasaga 2 qavatli, gumbaz tomli darvozaxona orqali kiriladi. Murabba tarhli darvozaxona oʻziga xos mujassamot yechimiga ega: oldi peshtoqli, toʻrt burchagida toʻrtta minora joylashgan (nomi ham shundan), minoralarning tepa qismi gumbaz shaklida yakunlangan boʻlib, ular sirkori koshinlar bilan bezatilgan. 2 qavatli xonaning 1-qavati miyonsaroy koʻrinishida boʻlib, izoralari toshlar bilan qoplangan, tomi gumbazli, 2-qavati kutubxona, kutubxonaning shifti pastak gumbazli boʻlib, sodda muqarnaslar halqasi bilan toʻldirilgan. 2-qavatga minoralarning biridagi zina orqali chiqiladi.

Chor Minor madrasasining oʻng tomonida bino bilan yoshi tengligi taxmin qilinadigan hovuz mavjud. Bugungi kunda madrasa atrofi kichik rastalar va aholi yashaydigan xususiy uylar bilan oʻralgan.

1995-yilda Chor Minor madrasasi UNESCO tashkiloti tomonidan „Butun Jahon madaniy yodgorliklari“ ro‘yxatiga kiritilgan[6]. 2000-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qabul qilgan „Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish“ hamda 2008-yil 12-sentyabr „Muzeylar to‘g‘risida“gi qonunlarining ijrosi oʻlaroq meʼmoriy obidaning taʼmirtalab qismlari qayta tiklangan[7].

  1. „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  2. „Chor Minor Mosque (Four Minarets)“. UNESCO. Qaraldi: 2016-yil 4-iyul.
  3. Кудряшов, Андрей „ru:Чор-Минор: Путешествие четырех башен во времени и пространстве“ (Russian). Информационное агентство «Фергана.Ру» (2007-yil 10-aprel). Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
  4. „ru:Чор-Минор“ (Russian). Всемирная история, история народов и государств. 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-iyul.
  5. O. A. Suxareva, Kvartalnaya obщina pozdnefeodalnogo goroda Buxari (v svyazi s istoriey kvartalov), Akademiya nauk SSSR, Institut etnografii im. N. N. Mikluxo-Maklaya, Izdatelstvo Nauka; Glavnaya redaksiya vostochnoy literaturi Moskva 1976
  6. UNESCO World Heritage Centre - State of Conservation (SOC 1997) Historic Centre of Bukhara (Uzbekistan)
  7. „Chor Minor“. 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyun.