Chili flamingosi
Chilean flamingo | |
---|---|
Chili flamingosi va uning tuxumi | |
Ilmiy tasniflash | |
Olam | Hayvonlar |
Tip | Xordalilar |
Sinf | Qushlar |
Turkum | Phoenicopteriformes |
Oila | Phoenicopteridae |
Urugʻ | Phoenicopterus |
Tur | P. chilensis
|
Binar nomi | |
Phoenicopterus chilensis Molina, 1782
| |
Sinonimla | |
|
Chili flamingosi(Phoenicopterus chilensis) boʻyi 110-130 smga yetadigan yirik flamingolar turi. Amerika flamingosi va katta flamingo bilan chambarchas bogʻliq[3]. Ushbu tur IUCN tomonidan xavf ostida qolgan hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan.
U Janubiy Amerikada Ekvador va Perudan Chili va Argentinagacha, sharqda Braziliyada uchraydi. Barcha flamingolar singari, u ham loydan yasalgan uyaga bitta oq rangli tuxum qoʻyadi.
Bu flamingolar asosan tuzli va sodali koʻllarda yashaydi. Ammo bunday hududlarda suvning ifloslanishi sababli flamingolarning yashash joyi qisqarib bormoqda.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Patlar biroz pushtiroq, ammo Karib dengizi flamingosi kabi toʻq pushti emas. Bu turlar boshqa flamingolarda pushti boʻgʻinlari boʻlgan kulrang oyoqlari bilan farqlanishi mumkin. Yosh joʻjalar hech qanday pushti rangga ega boʻlmaydi, aksincha, kulrang yoki shaftolirang tusda boʻladi[4].
Oziqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chili flamingosining tumshugʻida taroqsimon tuzilmalar joylashgab boʻlib, ular suv oʻtlari va planktonlarni oʻzi yashaydigan qirgʻoq boʻyidagi balchiqlar, estuariylar, lagunalar va shoʻr koʻllar suvidan filtrlash imkonini beradi[5].
Koʻpayish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chili flamingolari tabiatda katta today hosil qilib yashaydi. Koʻpayish mavsumida erkaklar va urgʻochilar juftlarni jalb qilish uchun turli xil xatti-harakatlarni namoyish etadilar, jumladan, boshlarini yonma-yon yonma-yon aylantirish va qanotlarini tez-tez ochib yopish. Umuman olganda, flamingolar atrof-muhit sharoitlari koʻpayish uchun qulay boʻlmaguncha koʻpayishni kechiktiradilar[6].
Erkaklar va urgʻochilar ustun shaklidagi loy uyani birgalikda quradilar va ikkalasi ham urgʻochi qoʻygan tuxumni bosib yotadi[7]. Yangi chiqqan joʻjalarning patlari kulrang boʻladi. Patlari pushti rangga kirishi uchun 2-3 yil ketadi. Erkak va urg‘ochi flamingolar o‘z bezlaridan bolalarini boqish uchun to‘yimli suyuqlik ishlab chiqarishi mumkin. Ularning oziqlanishi tufayli tufayli bu sut qip-qizil rangga ega[5].
Asirlikda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevropada birinchi boʻlib 1958-yilda Chili flamingosi Bazel hayvonot bogʻida (Shveysariya)namoyish etilgan[8].
Ushbu tur soni qisqarib ketganligi sababli, hayvonot bogʻlarida namoyish etish uchun sunʼiy koʻpaytiriladi[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ BirdLife International (2018). „Phoenicopterus chilensis“. IUCN Red List of Threatened Species. 2018: e.T22697365A132068236. doi:10.2305/IUCN.UK.2018-2.RLTS.T22697365A132068236.en. Retrieved 11 November 2021.
- ↑ „Appendices | CITES“. cites.org.
- ↑ Knox, A.G.; Collinson, M.; Helbig, A.G.; Parkin, D.P.; Sangster, G. (2002). "Taxonomic recommendations for British birds". Ibis 144: 707–710. doi:10.1046/j.1474-919x.2002.00110.x.
- ↑ "Photo". Zoo View (Los Angeles Zoo and Botanical Gardens) XXXVII (4): 1, back cover. 2004.
- ↑ 5,0 5,1 „„Chilean Flamingo Fact Sheet, Lincoln Park Zoo““. 2015-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
- ↑ Farrell, Barry. "Breeding behavior in a flock of Chilean flamingos (Phoenicopterus chilensis) at Dublin zoo". Zoo Biology. https://www.researchgate.net/publication/247940581.
- ↑ Farrell, Barry. "Breeding behavior in a flock of Chilean flamingos (Phoenicopterus chilensis) at Dublin zoo". Zoo Biology. https://www.researchgate.net/publication/247940581.
- ↑ „Zoo celebrates 50 years of flamingo breeding and science“. Basler Zeitung (2008-yil 13-avgust). 2009-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-mart.
- ↑ Farrell, Barry. "Breeding behavior in a flock of Chilean flamingos (Phoenicopterus chilensis) at Dublin zoo". Zoo Biology. https://www.researchgate.net/publication/247940581.