Kontent qismiga oʻtish

Chase Bank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
JPMorgan Chase Bank, N.A.
Turi Shoʻba korxona
Tarmogʻi Bank
Egasi JPMorgan Chase
Qachon asos solingan 1-sentyabr, 1799-yil (224 yil avval) (1799-09-01)
Joylashuvi location
Rahbariyat Jamie Dimon
Mahsulot(lar)i Iqtisodiy xizmatlar
Aylanma daromadi US$124.54 millard
Boyligi US$4 trillion
Ishchilar soni 250,355
Vebsayti chase.com
2020-yilda AQShdagi Chase filiallari

JPMorgan Chase Bank, NA, Chase Bank yoki tez-tez Chase nomlari ham qoʻllanadi. Shtab-kvartirasi Nyu York shahrida joylashgan Amerika milliy banki boʻlib, AQSh transmilliy bank va moliyaviy xizmatlar xolding kompaniyasi JPMorgan Chasening isteʼmol va tijorat banki shoʻbasi. Bank 2000-yilda JP Morgan Co. bilan birlashgunga qadar Chase Manhattan Bank nomi bilan faoliyat olib borgan[1]. Chase Manhattan Bank 1955-yilda Chase National Bank va Manhetten kompaniyasining qoʻshilishi natijasida tashkil topgan[2]. Bank 2004-yilda Bank One korporatsiyasi bilan birlashadi[3] va keyinchalik Washington Mutualning depozitlari va aktivlarining aksariyat qismini sotib oladi.

Chase butun mamlakat boʻylab 5100 dan ortiq filial va 17000 bankomatlarga ega[4]. JPMorgan Chase & Co 250 355 xodimga ega (2016-yil holatiga koʻra) va 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. 2022-yilda 3,31 trillion dollar aktivlari bilan, Amerika Qoʻshma Shtatlardagi eng yirik[5], shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlardagi eng koʻp filiallariga ega[6] va AQShda mavjud boʻlgan yagona bankdir[7]. JPMorgan Chase oʻzining Chase shoʻba korxonasi orqali Amerika Qoʻshma Shtatlarning Katta toʻrtlik banklaridan biridir[8][9].

  1799-yil 1-sentyabrdan 1955-yilgacha The Bank of The Manhattan Company (Nyu-York) deb nomlangan; 1955-yilda Chase National Bank bilan birlashgandan soʻng (1877-yildan 1954-yilgacha alohida mavjud boʻlgan) The Chase Manhattan Bank deb nomlangan[10][11].

Chase kompaniyasining Arizona shtatining Feniks shahridagi janubi-gʻarbiy mintaqaviy shtab-kvartirasi.

Manhetten kompaniyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chase tarixi 1799-yil 1-sentyabrda Aaron Burr tomonidan Wall Street 40 da joylashgan The Manhattan kompaniyasiga asos solganiga borib taqaladi[1].

2006-yilda zamonaviy Chase Nyu York bankining chakana bank boʻlimini sotib oladi, shundan soʻng u bir necha oy oʻtgach Pitsburgda joylashgan Mellon Financial bilan birlashib, hozirgi BNY Mellonni tashkil qiladi[12][13].

Chase National Bank

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chase National Bank 1877-yilda John Tompson tomonidan tashkil etilgan[1]. Amerika Qoʻshma Shtatlarining sobiq Gʻaznachilik kotibi va bosh sudya Salmon P. Chase nomi bilan atalgan[2], Chasening bank bilan aloqasi boʻlmagan[1].

Chase National Bank 1920-yillarda oʻzining Chase Securities Corporation orqali bir qancha kichikroq banklarni sotib olgan. Masalan, 1926-yilda Mexanika va metallar milliy bankini sotib olgan.

Namuna zaxirasi sertifikati

Biroq, uning eng muhim xaridi 1930-yil Nyu Yorkdagi Equitable Trust kompaniyasi boʻlib, uning eng yirik aksiyadori Jr. John D. Rokckfeller boʻlgan[14]. Shu bilan Chase AQSh va dunyodagi eng yirik bankga aylangan

Manhattan kompaniyasi (1799-1955) firma blankasi c. 1922-yil
Chase National Bank (1877-1955) firma blankasi taxm. 1921-yil

Chemical va JP Morgan bilan birlashishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yil avgust oyida Chemical Bank of New York va Chase Manhattan Bank birlashish rejalarini eʼlon qilishgan[15]. Birlashish 1996-yil avgustida yakunlanadi[16]. 1991-yilda Manufacturers Hanover Corporation va 1987-yilda Texas Commerce Bank Chemicalning avvalgi xaridlari boʻlgan. Garchi Chemical nominal saqlanib qolgan boʻlsa-da, birlashgan kompaniya Chase nomini olgan. Chunki ushbu nom nafaqat yaxshi maʼlum boʻlgan (ayniqsa, Amerika Qoʻshma Shtatlardan tashqarida), balki Chasening asl nizomi kelajakdagi biznes tashabbuslarida bu nomni saqlab qolishni talab qilgan. Shunday qilib, bugungi kunda ham JPMorgan Chase nomi bilan mashhur.

Afinada, Ogayo shtatida joylashgan Chase filiali
Chase banki, Manhattanning Chinatown shahrida
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 The History of JPMorgan Chase & Co.. JPMorgan Chase & Co., 2008. 2011-yil 14-oktyabrda qaraldi. 
  2. 2,0 2,1 „J.P. Morgan Chase & Co.“. International Directory of Company Histories. St. James Press (2001). Qaraldi: 2007-yil 4-noyabr.
  3. „History of Our Firm“. JPMorgan Chase & Co.. Qaraldi: 2011-yil 14-oktyabr.
  4. „About Chase Bank“. Chase.com. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
  5. Goldberg. „These Are The 15 Largest Banks In The U.S.“ (en-US). Bankrate. Qaraldi: 2022-yil 9-iyul.
  6. Goldberg. „The Most Popular Bank In Each State For 2022“ (en-US). Bankrate. Qaraldi: 2022-yil 9-iyul.
  7. „NOTEBOOK: Chase’s first Iowa branch part of bank’s new 48-state retail footprint“ (en-us). Business Record. Qaraldi: 2022-yil 9-iyul.
  8. Tully, Shawn. „Will the banks survive?“. Fortune Magazine/CNN Money (2009-yil 27-fevral). Qaraldi: 2009-yil 17-dekabr.
  9. „Citigroup posts 4th straight loss; Merrill loss widens“. USA Today. Associated Press (2008-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2009-yil 17-dekabr.
  10. „$7.5 Bil. Chase Manhattan Bank Merger Set“. American Banker (1955-yil 14-yanvar). 2013-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-noyabr.
  11. Anon., „Chase, Manhattan Banks 'Wed' With Stateʼs Blessing“, The New York Times, April 1, 1955.
  12. Dash, E., „Bank of New York and Mellon Will Merge“, The New York Times, December 5, 2006.
  13. Chaudhuri, R. R., The Changing Face of American Banking: Deregulation, Reregulation, and the Global Financial System (London: Palgrave Macmillan, 2014), pp. 23–26.
  14. Rockefeller, David. David Rockefeller: Memoirs. New York: Random House, October 15, 2002 — 124–25 bet. ISBN 978-0-679-40588-7. 
  15. Mathews, Jay. „Chase, Chemical to Merge, Creating Largest U.S. Bank“. The Washington Post (1995-yil 29-avgust).
  16. Pinckney. „Bank president leaves post in wake of wedding“. Bizjournals.com (1996-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  • Rasmiy sayti