Chalqar
Qiyofa
Chalqar — Qozogʻistondagi bir necha kul nomi. Eng yiriklari: 1) Ch. (Charxal), Oqtoʻba viloyatida, Uralsk shahridan 65 km jan.da. Maydoni 190 km², uz. 18,6 km, eni 14 km, chuq. 13,5 m. Suvi shoʻrroq (yezda shoʻr). Sholakonkat va Isenankat daryolari va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Baʼzan, Solyanka daryosi orqali Ural daryosiga quyiladi. Baliq ovlanadi; 2) Ch. (Shalqar) Qozogʻistonning Koʻkchatov shahridan gʻarbda joylashgan oqmas koʻl. Mayd 40 km², chuq. 17 m. Suvi shoʻrroq.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |