Björk
Björk | |
---|---|
Tavalludi |
Björk Guðmundsdóttir 21-noyabr 1965-yil |
Janrlar | alternativ rok, electronica, ambient, pop, trip-hop, jazz |
Faoliyat yillari | 1977 — bugun |
Fuqaroligi | Islandiya |
Turmush oʻrtogʻi | Eldon Jónsson |
Amplua |
vokalchi bastakor |
Veb-sayt | www.bjork.com |
Björk (toʻliq ismi — Björk Guðmundsdóttir; talaffuzi — Byork Gudmundsdottir, 1965-yil, 21-noyabr kuni Reykyavik, Islandiyada tugʻilgan) — islandiyalik qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor va qoʻshiq matnlari muallifi, aktrisa, koʻpgina mukofotlarning sohibi. Uning qoʻshiqlarini turli xil janr va uslublarga kiritishadi, ular ichida: pop, trip-hop, alternativ rok, jazz, electronica, etnika va mumtoz musiqa.
Björk kinoda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yili Lars von Trierning „Qorongʻida raqsga tushuvchi“ filmi chiqadi (inglizcha: Dancer in the Dark), u yerda Björk bosh rolni ijro etadi va „Selmasongs“ nomli saundterkini yozadi. Film Kann kinofestivalida — „Oltin palma shoxi“ga sazovor boʻladi, Björkning oʻzi esa „Eng yaxshi aktrisa“ sifatida festivalning sovgʻasini oladi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Björkning ikki farzandi bor — qiz Ísadóra (Isadora, 2002, otasi — Matthew Barney) va oʻgʻil Sindri (Sindri Eldon Þórsson, 1986, otasi — Þór Eldon, Sugarcubesning sobiq ishtirokchisi).
Björk koʻp martalab paparassilar ustidan shikoyat qilgan. 1996-yili u Tailand aeroportida oʻz oʻgʻliga nisbatan provokatsion harakatlar qilgan deb hisoblagan jurnalistga hujum qilgan. Oʻsha 1996-yilning oʻzidayoq Ricardo Lopez ismli ruhiy kasal amerikalik muhlisi Björk uchun bombaning tayyorlanish jarayonini suratga oladi va unga pochta orqali yuboradi. 20 soatlik videoning ohirida u kamera oldida oʻziga qarata oʻq uzadi. Björkning hayoti posilkani qoʻshiqchiga yuborilishdan oldin topa olgan politsiya reaksiyasi tufayli saqlanib qolinadi. Aynan shu voqea taʼsiri ostida Björk 1997-yili uning ijodida burilish yasagan „Homogenic“ albomini yozadi.[1][2].
Björk ismi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Björk“ bu haqiqiy ism, sahna taxallusi yoki familiya emas. Islandlarning umuman familiyalari yoʻq. Islandiyada insonni uning ismi bilan (tugʻilgan paytida berilgan) qoʻshib otasining ismini (ayrim hollarda onasining) aytishadi. „Guðmundsdóttir“ — bu „Guðmundsdóttirning qizi“ degan maʼnoda.
„Björk“ soʻzining oʻzi (toʻgʻri talaffuzi „byork“) island tilida „qayin“ maʼnosini beradi.
Yakkahon diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Studiyaviy albomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Björk (1977)
- Debut (1993)
- Post (1995)
- Homogenic (1997)
- Vespertine (2001)
- Medúlla (2004)
- Volta (2007)
- Biophilia (2011)
- Vulnicura (2015)
- Utopia (2017)
- Fossora (2022)
Saundtreklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Selmasongs (2000, „Qorongʻida raqsga tushuvchi“ filmiga saundtrek)
- Drawing Restraint 9 (2005, saundtrek)
Remikslar termalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Telegram (1997, remikslar albomi)
- Army of Mixes (2005)
Telegram
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu remikslar albomi 1997-yili chiqarilgan Post albomidandir.
Taronalar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Possibly Maybe (LFO)
- Hyper-Ballad (Brodsky Quartet)
- Enjoy (Outcast)
- My Spine (Evelyn Glannie)
- I Miss You (Dobie)
- Isobel (Deodato)
- Youʼve Been Flirting Again
- Cover Me (Dalinja)
- Army Of Me (Graham Massey)
- Headphones (Mika Vainid)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sahifasi (ingl.)
- ↑ arxiv nusxasi, 2012-06-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-12-23
- ↑ Video YouTubeda