Biplan
Qiyofa
Biplan (fransuzcha: biplan, bi... va lotincha planum — tekislik) — qanotlari ostma-ust qilib ishlangan qoʻsh qanotli samolyot. Boshqa xil samolyotlarga qaraganda ancha ixcham; qanoti puxta va bikr. Roʻpara qarshiligi katta boʻlganligidan tez ucha olmasligi (tezligi 100 km/soatdan kamligi) Biplanning asosiy kamchiligidir. Biplan 30- yillargacha oʻquv maqsadlarida, qiruvchilik va razvedka maqsadlarida ishlatilgan. Keyinchalik Biplan oʻrnini tezroq uchadigan monoplan egalladi. Lekin qishloq xoʻjaligi yumushlari va sportchilar uchun tezroq uchadigan Biplanlar hozir ham quriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |