Bicherstou Garriyet
BICHERSTOU (BeecherStowe) Garriyet (1811, 14.6, Lichfild 1896, 1. 7, Florida) — amerikalik adiba. Ijodini lavha yozishdan boshlagan. B.S. nomini jahonga taratgan "Tom togʻaning kulbasi" (1852) romani Amerikada ijtimoiyiqtisodiy ziddiyatlar keskinlashuvi, negrlar qulligiga qarshi kurash ifodasi sifatida dunyoga keldi. Unda quldorlikning mudhish koʻrinishlari zoʻr mahorat bilan tasvirlangan. B.S. "Tom togʻaning kulbasiga kalit" (1853) da quldorlik dahshatlari haqidagi hujjatlarni eʼlon qiladi. "Dred, laʼnati botqoqlik haqida qissa"da (1856) negrlar qulligi masalasini islohotlar bilan hal etib boʻlmasligini koʻrsatadi. Boshqa asarlari ham ijtimoiy masalalarga bagashlangan. "Tom togʻaning kulbasi" asari Sharif Rizo tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1948).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |