Kontent qismiga oʻtish

Beda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beda (Medicago) — dukkakdoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyoda koʻk Beda turi eng koʻp tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 5 — 3 mingyil avval ekib kelingan. Vatani Eron, taxminan 2 — 2,5 ming yil ilgari Yunoniston, Qadimgi Rim va Shimoliy Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik Beda madaniy ekin sifatida Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. Oʻrta Osiyoda va Zakavkazyeda Beda asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi.

Medicago sativa

Botanik taʼrifi. Poyasi sershox, boʻyi 70 — 150 sm, tup hosil qiladi. Barglari uch bargli, murakkab, barg bandi asosida unchalik yirik boʻlmagan yon bargchalari bor, rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Barg plastinkasi ellipssimon, nashtarsimon yoki deyarli dumaloq. Toʻpguli 12—16 tagacha guldan iborat shingil (siyrak silindrik yoki kallaksimon). Koʻk Bedaning guli zangori, sariq Bedaning guli sariq, duragay Beda piki koʻk-sariq tusda. Mevasi urugʻli, oʻroqsimon yoki spiralsimon 2 —3 buralgan dukkak. Urugʻi sariq yoki sariq-qoʻngʻir oval-buyraksimon, mayda; dukkagida 5 — 7 urugʻ bor; 1000 dona urugʻi vazni 1,8 — 2,7 g . Ildiz tizimi oʻq iddiz, kuchli rivojlanadi, tarmoqlangan, yerga chuqur (7 – 10 m va undan ham koʻproq) kirib boradi. 4 — 5 tartibli ingichka iddizlaridagi oʻsimtalarida havodan erkin azotni oʻzlashtiradigan bakteriyalar rivojlanadi. Bedaning koʻp yillik turlarida iddizning ustki qismi (ildiz boʻgʻzi)dagi kurtaklardan har yili yangi poyalar oʻsib chiqadi. Bedaning yaxshi rivojlangan ildiz tizimi ikki—uch yilda tuproqning 1 ga haydalma qatlamida 30 — 40 t goʻngga teng keladigan 80 — 120 sm ildiz massa hosil qiladi. Biologik xususiyatlari. Beda uzun kunli, yorugʻsevar oʻsimlik, ammo ildiz tizimi tuproqqa chuqur kirib borishi tufayli qurgʻoqchilikka yaxshi bardosh beradi. Sariq va duragay Bedalar koʻk Bedaga qaraganda sovuqqa ancha chidamli. Beda namsevar oʻsimlik. Issiq iqlimli rayonlarda sugʻorish bilan yuqori hosil olish mumkin. Beda suv va havoni yaxshi Utkazadigan qumoq" va qumloq gʻovak tup-roklarda yaxshi usadi. Nordon va kuchli shoʻrlangan tuproqlarda yaxshi oʻsmaydi, lekin kuchsiz shoʻrlanishga bardoshli va tuproq shoʻrini kamaytirishga yordam beradi. Beda uzoq yashaydigan oʻsimlik, 15 — 20 yilgacha usadi, lekin almashlab ekishda 3 yilgacha, yem-xashak uchun esa 5 yilgacha o‘stiriladi.

Beda yakka oʻzi yoki arpa, bugʻdoy kabi ekinlar bilan birga bahorda yalpi qatorlab ekiladi. Gektariga 12 – 22 kg urugʻ sarflanadi. Urugʻi 15 — 20 kunda unib chiqadi. Beda urugʻi unib chiqish qobiliyatini 5— 7, baʼzan 10 yilgacha saqlaydi. Ba-horda alohida ekin sifatida eqilganda koʻpay sharoitda tez Usadi, birinchi yili sershox, serbarg poyalar hosil qilib gullaydi va urugʻ beradi. Sugʻoriladigan rayonlarda Beda birinchi yili 40 —50% gul-laganda 2—3-marta, 2 va 3 yillarda esa 40— 45 kun oralatib 5— 6-marta va undan ham koʻproq oʻriladi. Har Urim oraligʻida 1 — 2-marta sugoriladi. Oʻrimdan keyin tez koʻklashi bilan boshqa koʻp yillik oʻtlardan ustun turadi.

Xoʻjalik ahamiyati. Beda vitamin, oqsilga boy yem-xashak ekinidir. Uning 100 kg koʻk massasi tarkibida 21,7 ozuqa birligi va 4,1 kg hazm boʻladigan protein; 100 kg pichanda 45,3 ozuqa birligi va 10,3 kg hazm boʻladigan protein bor. B. pichani tarkibida 0,35 — 0,40% fosfor, 0,25 — 0,3% kalsiy va boshqa mik-roelementlar boʻladi. Beda ozuqasining hazm boʻlishi 70 — 80% ga yetadi. Sugʻoriladigan dehqonchilik sharoitida almashlab ekishda beda eng universal va eng yaxshi samara beradigan ekin. Beda 2 — 3 yil ichida tuproqda gektariga 300– 400 kg va undan koʻproq azot toʻplaydi, tuproqni organik moddalar bilan boyitadi, biologik drenaj vazifasini oʻtaydi, tuproq strukturasini tiklaydi, suv, havo tartibotini yaxshilaydi va ekin hosilini oshirishga imkoniyat yaratadi. B. bir mavsumdagi oʻsuv davrida yer ostki va yer ustki massasini hosil qilish uchun oʻzidan gektariga 12—15 ming m3 gacha suv bugʻlatadi. Bedaning bu xususiyati yer ostki suvlari yuza joy-lashgan maydonlarda dehqonchilik sa-maradorligini koʻtarishga yordam beradi va tuproq shoʻrlanishini ancha kamaytiradi. Beda tuproqni vilt qoʻzgʻatuvchidan tozalovchi ekin hamdir. Beda muttasil uch yil eqilgan dalalarda uning ildiz tizimi rizosferasida saprofit mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar, sodda hayvonlar) uchun xavfli zam-burugʻlarni nobud qiladigan antogoni-stlar toʻplanadi (qarang Almashlab ekish). Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda har gektardan 150 —200 s Beda pichani yetishtiriladi. Urugʻlikka moʻljallangan beda-zordan 5 —7 s/ga urugʻ olinadi.

Navlari. Bedaning Toshkent 3192, Toshkent 721, Toshkent 1, Vaxsh 233, Yettisuv, Xiva, Oʻzgan va boshqa navlari koʻp tarqalgan (yana q. Dukkakdoshlar). Beda zararkunandalari: beda toʻplami, beda barg filchasi, beda bitoʻ va boshqa Kasalliklari: zang kasali, unshudring , barg dogʻlanishi va boshqa

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Y oʻ l d o sh ye v X. S., Oʻzbekistonda beda oʻstirish, T., 1969; Tursunxoʻjayev 3., Sorokin M., Gʻoʻza-beda almashlab ekish va ularning samaradorligini oshirish yullari, T., 1978.