Batun piyozi
Qiyofa
Batun piyozi | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Allium fistulosum |
Batun piyozi (Allium fistulosum L.) — koʻp yillik sabzavot ekini. Bosh piyoz hosil qilmaydigan, asosan, barrasi (bargi) uchun ekiladigan piyoz turi. Vatani Xitoy va Mongoliya. Bir joyda 3—4 yil oʻsadi. Bargi 25 — 30 sm ga yetganda yigʻishtirib olinadi. Hosiddorligi 300 s/ga. Tarkibida S vitamini koʻp. Koʻk holida isteʼmol etiladi. Urugʻi va bachkidan koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda barra piyoz sifatida ekiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |