Kontent qismiga oʻtish

Bali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bali
Geografiya
Maydoni 5632,86 km2
Dengiz sathidan balandligi 3031 m.
Eng baland nuqtasi Mount Agung
Ma'muriyat
Davlat Indoneziya
Mintaqa Bali
Demografiya
Aholisi 4 225 384
Qo'shimcha ma'lumot

BaliMalayya arxipelagidagi orol. Indoneziyaga qarashli Kichik Zond o.lari toʻdasida. Maydoni 5,6 ming km². Aholisi 2 mln. kishidan ortiq. Yirik shahri — Denpasar. Orolning yer yuzasi togʻli, sharqiy qismida Agung vulkani (balandligi 3142 m) bor. Iqlimi tropik, musson iqlimi. Yozi seryogʻin (yiliga 1500 mm va undan ortiq). Tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Plantatsiyalarda sholi, kofe, kakao yetishtiriladi. B. Indoneziya madaniyati va sanʼatining qad. markazi. B.da meʼmoriy yodgorlik koʻp, jumladan "Qirollar mozori" (11-asr) — qoyaga oʻyib ishlangan fasadlar, "Fil gʻori" (13-asr) va boshqa Orolga koʻplab turistlar kelib turadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil