Azizullo Izzatullayev
Азизулло Султонович Иззатуллаев | |
---|---|
рус. Азизулла Султанович Иззатуллаев | |
Tavalludi |
4-fevral 1925 |
Vafoti |
25-yanvar 1991 Yangiyoʻl shahrida |
Fuqaroligi | SSRI→ Oʻzbek SSR→ Oʻzbekiston |
Turmush oʻrtogʻi | Norposhshoxon Yoʻldosheva |
Bolalari | Alisher Yoʻldoshev (1967) Yangiyoʻl tumani Kamolot jamgʻarmasi rahbari. |
Otasi | Izzatullo Sultonov (1900-1977) Toshkent viloyati Shuralisoy qishloq kengashi raisi. |
Onasi | Nazokatxon Rahmonova (1.03.1902-03.1934) Oʻsh shahrida tugʻilgan. |
Mukofotlari | 2 darajali Vatan urushi ordeni, , koʻplab medallar, Oʻzbekiston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. |
Azizullo Izzatullayev (4-fevral 1925 — 25-yanvar 1991) — Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983 yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
Hayot yoʻli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azizullo Sultonovich Izzatullayev Oʻsh shahrida 4-fevral 1925 yili tugʻilgan. Otasi avlodi tomonidan u inqilobdan oldin Oʻsh shahrini sharqiy qismini boshqargan katta oqsoqoli Sulton Toirboyev mingboshiga nevara, Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari (1945-1948 yillar), akademik va dramaturg Izzat Sulton, Oʻzbekiston SSR ichki ishlar vaziri oʻrinbosari militsiya general-mayyori Muxtor Nasrullayevich Sultonov, Oʻzbekiston SSR xalq taʼlimi vaziri Sultonovlar bilan aka-ukani farzandlari. Oʻsh shahar militsiyasining va xavfsizlik xizmatining asoschisi va birinchi boshligʻi Boltihoji Sultonov va Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri (1954-1959-yillar) Gʻani Sultonovich Sultonovlar amakilari. Tojikiston SSR vazirlar kengashi raisi, Oʻsh viloyati va Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitalari raisi Mamadali Qurbonovich Qurbonov (ammasi Rahimaxonni umr yoʻldoshi) pochchasi boʻladi. Mamadali Qurbonovning oʻgʻli Sergo-Shahzoda (Oʻsh shahrida 1964-yili tugʻilgan) Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi direktor oʻrinbosari, „Transmashxolding“ YoHJ vitse-prezidenti boʻlib ishlaydi.
1943 yili 18 yoshga toʻlganda Azizullo oʻz xohishi bilan urushga borish uchun harbiy komissariatga boradi. Harbiy komissariatda komandir ruschalab: „Familiyang nima?“-deb soʻraydi, Azizullo ruschani tushunmagani uchun javob berishga qiynaladi. Shunda komandir ruscha-oʻzbekcha aralashtirib: „Otangni ismi nima?“-deb soʻraydi. Azizullo: „Izzatulla“-deb javob beradi. Shundan keyin Azizullo Sultonovni familiyasi harbiy xujjatlariga Izzatullayev deb yozilib qoladi. Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Azizullo gospitalda Tatyana ismli qiz bilan tanishib qoladi va uni Yangiyoʻlga olib keladi. Tatyana Sovet Ittifoqi qahramoni Zoya Kosmodemyanskayani yaqin qarindoshi boʻladi. Azizullo Izzatullayev 2 darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Urushdan qaytgach pedagogika sohasi boʻyicha oʻqib, maktab oʻqituvchisi boʻlib ishladi. Soʻng Yangiyoʻl shahar V. Mayakovskiy nomli maktab direktori, Yangiyoʻl tumani maorif boʻlimi mudiri, temir yoʻl deposida partiya boshlangʻich tashkiloti kotibi, tuman partiya qoʻmitasining masʼul xodimi, tuman ijroiya qoʻmitasi masʼul kotibi, rais oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Bir necha marta Toshkent viloyati va Yangiyoʻl tumani kengashlariga deputat boʻlib saylangan[1]. Ushbu davrda Yangiyoʻl tumani safida keyinchalik ajralib chiqqan Chinoz va Zangiota tumanlari boʻlgan katta tuman boʻlgan. Azizullo Izzatullayev oʻzining tashkilotchiligi, iqtidori, tirishqoqligi va bilimdonligi bilan Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida 30 yildan oshiq davr mobaynida rahbarlik lavozimlarida ishladi va koʻplab xalq xoʻjaligi inshootlarini, obʼyektlarini qurdi. Bular koʻp qavatli uylar, korxonalar, tashkilotlar, maktablar, ZAGS (fuqarolik holatini qayd etish) binosi, maishiy va xizmat doʻkonlari va boshqalar. Yangiyoʻl tumanida koʻplab yangi binolar qurilishini, yangi shaharchalar barpo etilishini, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini uyushtirdi va boshqardi, koʻp oʻzbek milliy kadrlarni tayyorladi[2].
KPSS MQ siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod, Oʻzbekiston MQ birinchi kotibi Sharof Rashidov Yangiyoʻldagi hukumat dala-hovlisida dam olayotganida, Azizullo Oʻsh shahridagi Kirov (Bobur) nomli teatrning yangi binosi (1979 yili qurilgan) qurilishiga pul mablagʻlari ajratishga yordam berishini soʻragan. Chunki uning togʻalari Oʻrinboy Rahmonov va Joʻraxon Rahmonovlar va onasi tomonidan bobosi Rahmonberdi Madazimov ushbu teatrning asoschilari boʻlishgan.
Kommunistik partiya va Sovet hukumati Azizullo Izzatullayevni Ikkinchi Jahon Urushida koʻrsatgan qahramonliklarini, davlat va jamiyat oldidagi xizmatlarini yuksak baholadi. U 2 darajali "Vatan urushi", „Hurmat belgisi“ ordenlari, koʻplab medallari, Oʻzbekiston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Azizullo Izzatullayevning otasi Izzatullo Sultonov (1900-1977 yillar, qabri Toshkent viloyati Shuralisoy qishlogʻida) yangi yerlarni oʻzlashtishda faol qatnashgan, Shuralisoy qishloq kengashi kotibi, raisi boʻlib ishlagan. Turmush oʻrtogʻi Nazokatxon Rahmonova (1 mart 1902 yil-1934 yil, qabri Oʻsh shahar „Jiydalik“ qabristonida) bilan 5 ta farzand koʻrishgan, 4 tasi ocharchilik paytida vafot etishgan.
Azizullo Izzatullayevning turmush oʻrtogʻi Norposhshoxon Yoʻldosheva 1953-1958-yillarda Chinoz va Yangiyoʻl tumanlaridan ajrab chiqqan Oktabr tumani partiya qoʻmitasida tashviqot va targʻibot boʻlimi mudiri, 1958-yildan 1976-yilgacha Yangiyoʻl tumani 44 sonli Hamza nomli maktabida ilmiy boʻlim mudiri va bir vaqtning oʻzida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, 1976-yildan 1993-yilgacha maktab direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi faxriy unvoni bilan taqdirlangan[3].
25-yanvar 1991 yil Azizullo Izzatullayev vafot etganda, „Yangiyoʻl“ roʻznomasining 29-yanvar 1991 yil sonida taʼziyanomasi (nekrologi) chiqqan. Qabristondagi xayrlashuv marosimida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat maslahatchisi Mavlon Umurzoqov, Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Bosh vazir oʻrinbosari shoira Halima Xudoyberdiyeva, Toshkent viloyati va Yangiyoʻl tumani hokimlari va boshqa masʼul rahbarlar qatnashgan va nutq soʻzlashgan.
Olgan mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2 darajali Vatan urushi ordeni,
- Hurmat belgisi ordeni.
- Koʻplab medallar.
- Oʻzbekiston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
- Buvasi — Sulton Toirboyev — inqilobdan oldin Oʻsh shahrining sharqiy qismini boshqargan mingboshi, Oʻsh shahar katta oqsoqoli.
- Buvasining ukasi — Qudrat Toirboyev — inqilobdan oldin Oʻsh shahrining sharqiy qismini boshqargan mingboshi, Oʻsh shahar katta oqsoqoli.
- Buvasi — Rahmonberdi Madazimov (1875—1933) — Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining birinchi asoschisi, tashkilotchisi va badiiy rahbari, yozuvchi.
- Amakisi — Sultonov, Boltihoji Sultonovich (1884-1919) — Qirgʻizistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Oʻsh uyezdi rahbari oʻrinbosari (1918-1919), Janubiy Qirgʻizistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurash rahbarlaridan biri, Oʻsh shahar militsiyasining va xavfsizlik xizmatining asoschisi va birinchi boshligʻi (5-fevral 1918 yil).
- Togʻasi — Oʻrinboy Rahmonov (1910—1980) — Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, artist va shoir.
- Jiyani — Izzat Sulton (toʻliq ismi Sultonov Izzat Otaxonovich) (Oʻsh shahrida 1910 yili tugʻilgan — Toshkent shahrida 2001 yili vafot etgan) — Toshkent kinostudiyasi direktori (1943-1945 yillar), Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi madaniyat boʻyicha oʻrinbosari (1945-1948 yillar), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1956-1963 yillar), akademik (1995 yil), yozuvchi, dramaturg va adabiy tanqidchi.
- Jiyani — Sultonov Muxtor Nasrullayevich (Oʻsh shahrida 1926 yili tugʻilgan — Toshkent shahrida 1998 yili vafot etgan) Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri 1 oʻrinbosari, militsiya general-mayori (1979—1985 va 1989-1991 yillar).
- Jiyani — Sultonov Gʻani Sultonovich — Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari (1956—1957 yillar), Oʻzbekiston SSR tashqi ishlar vaziri (1954—1959 yillar).
- Jiyani — Sultonov — Oʻzbekiston SSR xalq maorifi vaziri.
- Pochchasi — Qurbonov, Mamadali Qurbonovich (1905—1976 yillar) — Tojikiston SSR Xalq komissarlari kengashi raisi oʻrinbosari, yer xalq komissari (1937 yil), Tojikiston SSR vazirlar kengashi raisi (1937—1946 yillar), Oʻsh viloyati va Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitalari raisi, Oʻsh shahridagi Pomir ishlab-chiqarish avtotransport birlashmasi bosh direktori, SSSR Oliy Kengashining 1 va 2 chaqirilishdagi deputati.
- Jiyani — Qurbonov Sergo-Shaxzoda Mamadaliyevich (Oʻsh shahrida 1964 yili tugʻilgan) — Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi bosh direktor oʻrinbosari, „Trans Atlantik Grupp“ MChJ egasi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tsentraziya personi, 2015-02-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-21
- ↑ Vspomnim Izzatullayeva, 2015-02-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-05
- ↑ Mehribon ustoz, 2016-09-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-09-11
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Davlat va jamoat arbobi Azizullo Izzatullayev surʼati (Wayback Machine saytida 2015-02-05 sanasida arxivlangan)
- Vspomnim Izzatullayeva
- Tsentraziya personi
- Azizullo Izzatullayev (Wayback Machine saytida 2017-08-13 sanasida arxivlangan)
- Sulton mingboshining nabirasi (Archive.is saytida 2018-09-01 sanasida arxivlangan)
- Biografiya znamenitostey
- Pamyat naroda
- Mehribon ustoz
- Azizullo Izzatullayev
- Bessmertniy polk
- Azizullo Izzatullayev — Oʻzbekistonning davlat va jamoat arbobi, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
- Hurmat belgisi ordeni sohiblari
- 4-fevralda tugʻilganlar
- 1925-yilda tugʻilganlar
- 1991-yilda vafot etganlar
- 25-yanvarda vafot etganlar
- Qirgʻizistonlik oʻzbeklar
- Oʻzbeklar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston siyosati
- Oʻzbekiston siyosatchilari
- Oʻzbekiston tarixi
- Oʻzbekiston kishilari
- Shaxsiyatlar
- Oʻsh shahrida tugʻilganlar
- Yangiyoʻl shahrida vafot etganlar
- Oʻshda tugʻilganlar