Kontent qismiga oʻtish

Avometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avometr, ampervoltommetr – oʻzgarmas va oʻzgaruvchan (yuqori chasto-tali) tok zanjirlarida tok kuchi, kuch-lanish va qarshilikni oʻlchaydigan uni-versal kuchma asbob. Avometrlarning oʻlchash chegaralari turlicha boʻladi. Ular magnitoelektrik va toʻgʻrilagich tizimlarda yasaladi. Magnitoelektrik tizimda yasalgan Avometrlar yordamida oʻzgarmas tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi, toʻgʻrilagich tizimda yasalgan avometrlar yordamida esa ham oʻzgarmas, ham oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok, kuchlanish va qarshilik oʻlchanadi. Avometrlar, asosan, magnitoelektrik oʻlchash mexanizmi va yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich birikmasidan iborat. Avometrlarning tokni oʻlchash chegarasi shunt qarshiligi yordamida, kuchlanish va qarshilikni oʻlchash chegarasi esa qoʻshimcha qarshiliklar yordamida kengaytiriladi[1].

  1. "Avometr" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil