Astrofotometriya
Astrofotometriya (ostro… va foto, yunoncha metreo – oʻlchayman) – amaliy astrofizika boʻlimi; u osmon jismlaridan kelayotgan nurlarni oʻlchash va nurlanish spektrining turli qismlari ravshanligini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Yoritqichlar ravshanligini aniqlashning eng sodda yoʻllari vizual va fotografik usullar hisoblanadi. Bunda ravshanligi maʼlum boʻlgan (standart) yulduzlardan taqqoslash maqsadida foydalaniladi. Zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari Astrofotometriyada asosan turli fotoelektrik nur qabul qilgichlar, xususan, fotoelektron koʻpaytirgich, fotoqarshilik, fotodiod va boshqa yordamida bajariladi. Bularning samarasi foto-emulsiyaga nisbatan kamida yuz marta yuqori. Astrofotometriyada zaryad aloqasiga asoslangan matritsali asboblar (SSD) qoʻllanadi; bunda fotoelektrik va fotografik (tasvirni hosil qilish) xususiyatlari birgalikda hisobga olingan. Astrofizik obyektlar spektrida energiya taqsimotini oʻrganish maqsadida koʻp rangli Astrofotometriya qoʻllanadi. U toʻlqin uzunlik X boʻylab spektrning turli qismlari uchun nurlanish oqimini oʻlchaydi va natijalarni yulduz kattaligi mbirligida ifodalab beradi. Pogson formulasitti yoritilganlik nurlanish intensivligi Iga toʻgʻri mutanosib ekani sababli, bu formula yordamida quyidagi munosabat keltirib chiqariladi: m(λ,)=_2,5lg[ (Iλ1)/I(λ,)]
Ushbu ayirma yulduzning rang koʻrsatkichi deyiladi. Uning qiymati qanchalik katta boʻlsa, yulduz rangi shunchalik „qizil“ hisoblanadi va bu rang maʼlum spektral oraliqqa mansub boʻladi. Umuman, yulduz kattaligi nechta spektral oraliq uchun topilishiga qarab shuncha rangli fotometriya qoʻllangan deyiladi. Yulduzlar spektrining turli qismlari uchun energiya taqsimotini oʻrganish dastlab fotometrik sistemani ishlab chiqishlikni talab etadi. Bu sistemaga har bir rangning effektiv toʻlqin uzunligi, uning effektiv yarim kengligi AL fotometrik standartlari (maʼlum yulduzlar uchun oʻlchangan nurlanish oqimi qiymatlari) va boshqa kiradi. Fotometrik sistemalar uch turga boʻlinadi: keng polosali (∆λ>300 A°), oʻrtacha polosali (100A)< <300A) va tor polosali (∆λ <100A). Amalda koʻproq keng polosali Astrofotometriya qoʻllanilib, ayniqsa uch rangli U(ultrabinafsha), V (koʻk), V(sariq) sistema yordamida topilgan U– V va V – Vrang koʻrsatkichlar orasidagi statistik diagrammadan zarur maʻlumotlar olinadi. Bu sistemani Xboʻyicha davom ettirib, qizil (K) va infraqizil (I) kattaliklar ham kiritilsa, besh rangli fotometriya hosil boʻlib, qoʻshimcha rang koʻrsatkichlar yordamida yoritqichning fizik xususiyatlari chuqurroq oʻrganiladi. Hozir 12 rangli keng polosali fotometrik sistema ishlab chiqilgan. Oʻrtacha va tor polosali sistemalar faqat maxsus hollarda ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maʼlumotlar ombori (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |