Kontent qismiga oʻtish

Aspergillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aspergillar

Aspergillar (Aspergillus) – Askomitsetsimonlar sinfining mogʻor zamburugʻlar turkumi. Konidiyalar, yaʼni jinssiz yoʻl bilan hosil boʻladigan sporalar yordamida koʻpayadi. Sporalari turli xilda va odatda mayin tukchalar bilan qoplangan boʻladi. Tuproq, devorlar, asrab qoʻyilgan yemishlar va boshqa nam joylarda yashaydi. Baʼzi turlari kasallik (aspergillyoz va mikoz) keltirib chiqaradi. Ayrim Aspergillardan limon kislota, glyukonat kislota va pishloq ishlab chiqarishda hamda antibiotiklar olishda foydalaniladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil