Kontent qismiga oʻtish

Asmo binti Abu Bakr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asmo binti Abu Bakr
Tavalludi tax. milodiy 595 yoki 863
Hijoz, Arabiston (hozirgi Saudiya Arabistoni)
Vafoti tax. milodiy 695 (100 yoshida)
Makka, Damashq xalifaligi
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi va Damashq xalifaligi
Unvoni Zat an-Nitaqayn
Turmush oʻrtogʻi Zubayr ibn Avvom
Bolalari Abdulloh ibn az-Zubayr
Urva ibn Zubayr
al-Munzir
Osim
al-Muhojir
Xadicha
Ummu Hasan
Oysha
Otasi Abu Bakr
Onasi Qutayla binti Abduluzzo

Asmo binti Abu Bakr (arabcha: أسماء بنت أبي بكر; tax. 595–863 — 694–695) — Zat an-Nitaqayn (ikki kamarli) laqabi bilan ham tanilgan Islom paygʻambari Muhammadning sahobalaridan biri, paygʻambarning uchinchi xotini Oyshaning ota bir opasi. Madina shahriga hijrat qilayotgan paytida paygʻambar Muhammad unga Zat an-Nitaqayn laqabini bergan. U, shuningdek, Makkadan Madinaga qilinayotgan hijrat davrida Muhammadga yordam bergani uchun ham eng koʻzga koʻringan islom arboblaridan biri hisoblanadi.

Asmo xalifa Abu Bakr va Qutayla binti Abduluzzolarning qizi boʻlgan. Abdulloh ibn Abu Bakr Asmoning tugʻishgan akasi edi. Shuningdek, uning Oysha, Ummu Kulsum binti Abu Bakr ismli ota bir singillari, Abdurrahmon ibn Abu Bakr, Muhammad ibn Abu Bakr ismli ukalari, Kinana qabilasidan boʻlgan oʻgay onasi Ummu Ruvmon binti Amir tomondan at-Tufayl ibn al-Horis al-Azdiy ismli ukasi boʻlgan[1]. Tarixchilar Ibn Kasir va Ibn Asokir Asmoning Oyshadan oʻn yosh katta boʻlganligi haqidagi rivoyatni keltirganlar[2][3][4][5][6][7], lekin Zahabiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra yosh farqi oʻn uch yoshdan oʻn besh yoshgacha boʻlgan[8].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asmoning ota-onasi Muhammad Islom dinini targʻib qila boshlashidan oldin ajrashishgan[9], Asmo esa otasining uyida qolgan[10].

Makkada Islom

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asmo binti Abu Bakr birinchilardan boʻlib Islomni qabul qilganlardan boʻlib, Ibn Is’hoq tomonidan tuzilgan Abu Bakrning taklifiga binoan Islomni qabul qilganlar roʻyxatida oʻn beshinchi oʻrinni egallaydi[11].

Muhammad va Abu Bakr 622-yilda Madinaga hijrat qilish chogʻida Makka tashqarisidagi Savr gʻoridan panoh topganlarida Asmo qorongʻu gʻorga tuyasida 3 kun davomida ularga taom va suv tashigan. Muhammad Asmoga: „Bu tuyang evaziga Alloh taolo jannatda ikki tuya beradi“, degan.

Asmo binti Abu Bakr hijratdan biroz avval Zubayr ibn Avvomga turmushga chiqqan[12][13].

Zubayr ibn Avvom juda faqir edi[13]. Ular Madinaga kelishganida ularning hech narsalari yoʻq edi. Keyin Muhammad ularga Madinaga yaqin yerdan bir kichik yer ajratib beradi. Zubayr esa bu yerda dehqonchilik bilan shugʻullanar, Asmo esa unga barcha ogʻir ishlarda yordam berar edi. Har kuni dalaga borishda otlarga xashakni boshida ortib borar, qaytishda suv toʻldirilgan xumni koʻtarib kelardi. Bir kuni Asmo daladan suv toʻldirilgan xum bilan qaytayotgan chogʻida yoʻlda Muhammadga duch keladi. Paygʻambar Asmoning qiynalayotganini koʻrib tuyaning orqasiga oʻtirib olishini aytadi, biroq Asmo erining rashkini oʻylab, bu yordamni rad etadi. Keyinchalik qizining qiynalayotganini koʻrgan Abu Bakr bir qizni ularga yordamchi qilib beradi va uning ogʻir hayoti biroz yengillashadi[13].

Asmo va Zubayrning sakkiz farzandi boʻlgan:

  1. Abdulloh ibn az-Zubayr
  2. al-Munzir
  3. Osim
  4. al-Muhojir
  5. Xadicha
  6. Ummu Hasan
  7. Oysha
  8. Urva[14]

636-yilgi Yarmuk jangi tarixdagi eng hal qiluvchi janglardan biri hisoblanadi. Musulmon askarlari soni vizantiyaliklardan ancha koʻp edi, shuningdek, ular orasida ayollar va yosh bolalar ham bor edi, birgalikda ular Vizantiya imperiyasi armiyasini Suriyadan quvib chiqarishadi[15].

Hind binti Utba va Asmo binti Abu Bakr[16][17] kabi ayollar Yarmuk jangida muhim rol oʻynagan. Qadimgi tarixchilar Asmoning ushbu jangdagi jasoratiga katta baho berishadi. Al-Voqidiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra Quraysh ayollari erkaklardan koʻra koʻproq jang qilgan. Har safar erkaklar jang maydonidan qochib ketganlarida, ayollar magʻlub boʻlgan taqdirlarida vizantiyaliklarga qul boʻlishlaridan qoʻrqib, yanada kuchliroq jang qilishgan[18].

Hijriy 73-yilning Jumodilavval oyi 17-sanasi seshanba kuni Asmoning oʻgʻli Abdulloh oʻldirilganidan bir necha kun oʻtib 100 yoshida vafot etgan[19][20][21][22].

  1. Muhammad ibn Saad, Tabaqat, vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 193. London: Ta-Ha Publishers.
  2. Dameshghi, Ibn Kasir. Albedayat wa Alnahaya — chapter 8, page 345-bet. 
  3. Asqalani, Ibn_Hajar. al-Isaba fi tamyiz al-Sahaba — 1810-bet. 
  4. Ibn Hajar Asqalani, Tahdhib al-Tahdhib, p. 654, Arabic, Bab fi’l-nisaʼ, al-harfu’l-alif
  5. Al-Dhahabi, Muhammad ibn Ahmad. Siyar a'lam al-nubala' — Vol 2, 289-bet. 
  6. Kathir. „the Beginning and the End“ (1986). — „Original text: وكانت هي وأختها عائشة وأبوها أبو بكر الصديق، وجدها أبو عتيق، وابنها عبد الله، وزوجها الزبير صحابيين رضي الله عنهم. وقد شهدت اليرموك مع ابنها وزوجها، وهي أكبر من أختها عائشة بعشر سنين.
    English translation: She, her sister Aisha, her father Abu Bakr, her grandfather Abu Atiq, her son Abdullah, and her husband al-Zubair were Companions – God bless them -. She participated in the Battle of Yarmouk with her son and her husband, and she is ten years older than her sister Aisha.“. 2016-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-noyabr.
  7. 'Asakir, Ibn. History of Damascus, 1998 — 8-bet. 
  8. Muhammad ibn Ahmad al-Dhahabi. Siyar aʼlam al-nubalaa (The Lives of Noble Figures) vol. 2 #143.
  9. Bewley/Saad p. 178.
  10. Al-Tabari vol. 39 p. 172.
  11. Guillaume, A. (1955). A Translation of Ishaq’s Sirat Rasul Allah, p. 116. Oxford: Oxford University Press.
  12. „Family Tree Abu bakr“. Quran search online. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-sentyabr.
  13. 13,0 13,1 13,2 Bewley/Saad p. 177.
  14. Bewley/Saad p. 176.
  15. Nafziger, George F.. Islam at war: a history. Westport (Conn.): Praeger, 2003 — 6,30-bet. ISBN 978-0-275-98101-3. 
  16. Islamic Conquest of Syria: A translation of Fatuhusham by al-Imam al-Waqidi Translated by Mawlana Sulayman al-Kindi Pages 325, 331-334, 343-344, 352-353 „Kalamullah.Com | the Islamic Conquest of Syria (Futuhusham) | al-Imam al-Waqidi“. 2013-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-sentyabr.
  17. al-Baladhuri 892 [19-20] from The Origins of the Islamic State, being a translation from the Arabic of the Kitab Futuh al-Buldha of Ahmad ibn-Jabir al-Baladhuri, trans. by P. K. Hitti and F. C. Murgotten, Studies in History, Economics and Public Law, LXVIII (New York, Columbia University Press, 1916 and 1924), I, 207-211 „Medieval Sourcebook: Al-Baladhuri: The Battle of the Yarmuk (636)“. 2013-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
  18. Islamic Conquest of Syria: A translation of Fatuhusham by al-Imam al-Waqidi Translated by Mawlana Sulayman al-Kindi Page 331-332 „Kalamullah.Com | the Islamic Conquest of Syria (Futuhusham) | al-Imam al-Waqidi“. 2013-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-sentyabr.
  19. Bewley/Saad 8, p. 180.
  20. Ibn Kathir, Al-Bidayah waʼl-nihayah, Vol. 8, p. 372, Dar al-fikr al-`arabi, Al-jizah, 1933
  21. Ibn Hajar Asqalani, Tahdhib al-Tahdhib, p. 654, Arabic, Bab fi’l-nisaʼ, al-harfu’l-alif, Lucknow
  22. Siyar Aʼlama-nubala, Al-Zahabi, Vol. 2, pg 289, Arabic, Muassasatu-risalah, 1992