Asad Gulzoda
Asad Gulov | |
---|---|
Tavalludi |
5-yanvar, 1935-yil |
Vafoti | 29-may, 2023-yil |
Taxallusi | Asad Gulzoda |
Kasbi | Shoir, jurnalist, tilshunos |
Ijod qilgan tillari | tojik |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Dushanbe universiteti |
Asad Gulov (Asad Gulozoda va Asad Gulzodai Bukhoroyi taxalluslari bilan ham tanilgan; tug‘. 5-yanvar, 1935-yil, Peshku, Buxoro — 29-may, 2023-yil) — tojik shoiri, tilshunos va jurnalist.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asad Gulzoda 1935-yilda Buxoro viloyatining Peshku tumani Shavgon qishlogʻida tugʻilgan. O‘rta maʼlumotni shu yerda olgan. 1958-yilda Dushanbe universitetining tojik tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Jurnalistik faoliyatini Buxoro viloyati teleradiokompaniyasida boshlagan.
Asad Gulzoda o‘smirlik paytlaridan sheʼrlar yozib boshlagan. Sheʼrlari O‘zbekiston va Tojikiston gazetalarida chop etilgan. Asad Gulzodaning „Murg‘obi chi makobod?“, „Labzi Shirin“ kabi kitoblari Dushanbedagi „Maorif“ nashriyotida nashr etilgan. Bundan tashqari, uning „Nasimi Buxoro“, „Xati peshona“, „Shukifahoyi Buxoro“, „Namozi ro‘i barg“, „Nafasi bahor“ kabi kitoblari ham bor. Shuningdek, sheʼrlari „Kahkashoni orzu“ (Toshkent) va „Guli murod“ (Dushanbe) to‘plamlariga kiritilgan[1][2].
Asad Gulzoda 2003-yilda Tojikiston yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan.
U 2023-yil 29-mayda 88 yoshida vafot etgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ISBN 978-9943-00-122-0.
- ↑ name="Qamarzoda"
- ↑ „Асад Гулзода, тарафдори эҳёи мактабҳои тоҷикӣ дар Бухоро, даргузашт. ВИДЕО“. Ozodi (2023-yil 29-may). Qaraldi: 2023-yil 29-may.