Kontent qismiga oʻtish

Arafot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arafot — Makkadan 20 km uzoqlikda joylashgan, 11 — 12 km va kengligi 6,5 km boʻlgan vodiy. Shimoliy tomondan togʻ tepaligi bilan oʻralgan, bu tepalik ham Arofat deyiladi. Qurbon oyi (Zilhijja oyi)ning 9-kuni, yaʼni arafa kuni hojilar shu tepalikka chiqib, to Quyosh botgunga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻladilar. Islom manbalaridagi rivoyatga koʻra, Ibrohim (as)ga Jabroil shu tepalikni koʻrsatib: „Shu joy — Arafotdir, bilib oling, haj arkonlari shu yerda kamoliga yetadi, shu yerda gunohlaringizni eʼtirof etasiz“, deganlar. Boshqa bir rivoyatda Odam Ato bilan Momo Havvo jannatdan chiqarib yuborilganlaridan keyin bir-birlari bilan shu yerda uchrashganlar, deyiladi. Arofat tepaligida bir baland joy borki, u yerni „jabali rahma“, yaʼni „rahmat togʻi“ deyiladi. Muhammad (s.a.v) vafotlaridan 81 kun oldin, hijratning 10-yili Madinadan hajga kelib, arafa kuni shu tepalikka chiqqanlar va oq tuyalarini choʻktirib, uning ustida turib „Vidolashuv vaʼz“larini aytganlar. Shu sababli bu joy uzoqdan koʻrinib turishligi uchun ustun shaklida koʻtarilib, oqqa boʻyab qoʻyilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil