Kontent qismiga oʻtish

Apilak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apilak, asalari suti — ishchi asalarilarning beli va koʻkrak qismidagi bezlarda ishlab chiqariladigan suyuqlikdan tayyorlanadigan oq yoki sargʻish quruq kukun. Biologik stimulyator xususiyati bor. A. tibbiyotda bolalarning gipotrofiya, kattalarning gipotoniya kasalliklarini hamda ayellardagi laktatsiya (sut hosil boʻlishi)ning buzilishini davolashda qoʻllanadi. A. atir-upa sanoatida ham ishlatiladi. Uning tarkibida oqsil, qand, yogʻ, mineral tuzlar, vitaminlar va D provitamin bor. Bu suyuqlik arilardan maʼlum davrda yigʻib olinadi va spirtda konservatsi-yalanadi.[1]

  1. "Apilak" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil