Andrey Pisniy
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andriy Pisniy | ||
Tavallud sanasi | 20-sentyabr 1980-yil | ||
Tavallud joyi | Chernihiv, Ukraina, SSSR | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Mash'al Mubarek |
Andrey Nikolayevich Pisniy (1980-yil 20-sentyabr, SSSR) – ukrainalik futbolchi, yarim himoyachi va hujumchi ampulasida oʻynaydi. Dnepropetrovskning „Dnepr“, Lutskning „Volin“, Ujgorodning „Neftyanik-Ukrnafta“ va „Zakarpattya“ jamoalaridagi oʻyinlari bilan tanilgan. Andrey „Mashal“ klubi safida Oʻzbekiston oliy divizionida toʻp surgan. 1996 va 1997-yillarda Ukraina yoshlar terma jamoasi tarkibida yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati final bosqichida ishtirok etgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andrey Pisniy Dnepropetrovsk futbol maktabining bitiruvchisi boʻlib, dastlab mahalliy Dneprning ikkinchi jamoasida oʻynay boshlagan. 2000-yilda futbolchi oʻsha paytda Ukrainaning ikkinchi ligasida oʻynagan. Oradan vaqt oʻtib Dnepropetrovsk klubining uchinchi jamoasitarkibida ham oʻynagan. Klubning asosiy tarkibida oliy ligadagi yagona oʻyini 1998-yil 4-oktyabrda Zaporojyening „Metallurg“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
2001-yil boshida futbolchi Ukraina birinchi ligasida oʻynaydigan Lutskning SK Volyn-1 jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Andrey Volyn-1 jamoasi tarkibida mavsum oxirigacha 11 ta oʻyin oʻtkazgan. Yangi klubida Andrey Pisniy tezda yarim himoyaning asosiy oʻyinchisiga aylangan. Keyingi mavsumda jamoadoshlari bilan birga 23 liga oʻyinida maydonga tushib, birinchi liga turniri gʻolibiga aylangan. Keyingi mavsumda Lutsk klubi turnir jadvalida yuqori oltinchi oʻrinni egallagan, ammo Premyer-ligada Andrey jamoa tarkibidagi oʻrnini yoʻqotgan va chempionatda atigi 1 ta oʻyin oʻtkazgan. Shundan soʻng u Lutsk klubini tark etgan va Borodyankaning „Sistema-Boreks“ birinchi liga jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Andrey kelgandan keyin jamoa nomi olti oy ichida Boreks-Borisfen deb oʻzgartirilgan. Kiyev viloyati jamoasida u 2003-yilgacha oʻynagan, shundan soʻng "Axtirka"ning „Neftyanik“ jamoasiga oʻtgan.
Futbolchi „Axtirka“ klubida toʻrt yil oʻynagan. U jamoaning asosiy yarim himoyachilaridan biri aylangan, birgina Ukraina chempionatida „Neftyanik“ tarkibida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2006—2007-yilgi mavsumda jamoa bilan birgalikda oʻzining futbol biografiyasida ikkinchi marta Ukraina birinchi ligasi gʻolibiga aylangan. 2007—2008-yilgi mavsumda u birinchi marta Ukraina oliy ligasida „Neftyanik-Ukrnafta“ safida oʻynagan, qishki mavsumda esa boshqa oliy liga jamoasi – Ujgorodning „Zakarpattya“ jamoasiga oʻtgan.
2008—2009-yilgi mavsum boshida Andrey Pisniy birinchi liga jamoasi Desna oʻyinchisiga aylangan. Qishki mavsumda Andrey boshqa birinchi liga jamoasi IgroService jamoasi bilan shartnoma imzolagan[1]. Futbolchi Simferopol jamoasi safida bor-yoʻgʻi 12 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyin u Oʻzbekistonning „Mashʼal“ klubi bilan shartnoma imzolagan[2]. Futbolchi 2010-yil boshida Ukrainaga qaytib, dastlab Petrikovkaning „Fakel“ havaskorlar klubida, keyin esa "Foros" havaskorlar klubida oʻynagan. 2011-yilda Andrey Makeevkaning „Makeevugol“ ikkinchi liga jamoasida oʻynagan. 2012-yilda u 2012—2013-yilgi mavsum boshidan Ukrainaning ikkinchi ligasida oʻynay boshlagan Yaltaning „Jhemchujina“ havaskorlar klubida faoliyatini boshlagan. Yalta klubi Andrey Pisniy faoliyatidagi soʻnggi professional jamoa boʻlgan. Shundan soʻng, 2013-yilda u Dnepropetrovsk viloyati Ichki ishlar vazirligining qoʻmondonlik jamoasida oʻynagan. Oradan koʻp vaqt oʻtmay Andrey futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Milliy terma jamoadagi oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andrey Pisniy Ukraina yoshlar terma jamoasida 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar toifasida jalb qilingan. Jamoa tarkibida 1996 va 1997-yillarda yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati final bosqichida ishtirok etgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Контрольный матч. ИгроСервис — Шахтёр (Свердловск) 2:0“. ua.football.com (2009-yil 2-mart). 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.
- ↑ „В чемпионат Узбекистана привлечены новые легионеры из Бразилии, Венгрии, Сербии, Грузии и пяти стран СНГ“. Regnum.ru (2009-yil 19-avgust). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.
- ↑ Ландер Ю. С.. Футбол в Украине 1997—1998, Футбол — история и статистика, Харьков, 1999 — 275-277-bet.