Kontent qismiga oʻtish

Andreas Goldberger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andreas Goldberger
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Avstriya
Tavallud sanasi 29-noyabr 1972-yil (1972-11-29) (51 yosh)
Ried im Innkreis, Avstriya
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)

Andreas Andi Goldberger — (1972-yil 29-noyabrda tugʻilgan) avstriyalik chang'ida sakrash yoʻnalishidagi sobiq sportchi. Andi 1994-yilda oyoqqa turolmagan boʻlsa-da, tarixda 200 metrdan ortiq masofaga sakrab oʻtgan birinchi odam hisoblanadi.

Andreas uch marta Jahon kubogi (1993-yil, 1995-yil, 1996-yil), ikki marta Toʻrt tepalik turnirida (1992―1993-yil, 1994―1995-yil), Shimoliy jahon chempionati va qishki Olimpiya oʻyinlarida koʻplab medallar bilan gʻolib deb topilgan.

Changʻida sakrashdagi muvaffaqiyatiga qaramay, Goldberger changʻida uchishni afzal koʻrgan―bu oddiy changʻidan sakrashning yanada ekstremal versiyasi boʻlib, unda masofalar ancha katta hisoblanadi. 

1994-yil 17-martda Sloveniyaning Planitsa shahrida Velikanka Bratov Gorishekda changʻida uchish boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik paytida u 202 metrga (663 fut) sakrashni qayd etga[1][2]; bu uni ikki yuz metrdan sakrab oʻtgan birinchi odamga aylantirgan, biroq u qoʻnayotganda qorga qoʻngan va shu tariqa sakrashni rasmiy jahon rekordi sifatida qayd etishdan mahrum boʻlgan (xuddi shu tadbirda Finlandiyalik Toni Nieminen keyinchalik 203 m ga sakragan). 

2000-yil 18-martda Andi Sloveniyaning Planitsa shahridagi Velikanka bratov Gorishekda changʻidan sakrash boʻyicha va nihoyat jahon rekordini 225 metr (738 fut) masofa bilan oʻrnatgan[3]. Bu keyingi uch yil davomida saqlanib qolgan.

Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Umumiy natijalar 4H SF NT JP
1990—1991-yil 37 47 14 Yoʻq Yoʻq
1991—1992-yil 8 38 2nd Yoʻq Yoʻq
1992—1993-yil 1st 1st 3rd Yoʻq Yoʻq
1993—1994-yil 3rd 3rd 13 Yoʻq Yoʻq
1994—1995-yil 1st 1st 1st Yoʻq Yoʻq
1995—1996-yil 1st 7 1st Yoʻq 2nd
1996—1997-yil 8 2nd 5 69 7
1997—1998-yil 17 4 15 40 16
1998—1999-yil 17 9 34 9 16
1999—2000-yil 5 5 4 5 4
2000—2001-yil 14 26 7 2nd Yoʻq
2001—2002-yil 13 9 Yoʻq 16 Yoʻq
2003—2003-yil 12 9 Yoʻq Yoʻq
2003—2004-yil 18 24 Yoʻq 27 Yoʻq
2004—2005-yil 36 28 Yoʻq 69 Yoʻq

Changʻida sakrash boʻyicha jahon rekordlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Tepalik Manzil Metr Ballar
1994-yil 17-mart  Velikanka bratov Gorišek K185 Planitsa, Sloveniya 202 663
2000-yil 18-mart  Velikanka bratov Gorišek K185 Planitsa, Sloveniya 225 738

1997-yilda Goldberger kokain isteʼmol qilganini tan olgan va Avstriya changʻi assotsiatsiyasidan unga nibatan olti oylik cheklov qoʻyilgan. Ushbu taqiq natijasida, 1997-yil noyabr oyida u hatto oʻsha paytdan boshlab Yugoslaviya Federativ Respublikasi bayrogʻi ostida musobaqalarda qatnashishini eʼlon qilgan. Biroq, Avstriya changʻi assotsiatsiyasi bilan kelishuvga erishgandan soʻng, vatani Avstriya uchun kurashni davom ettirgan.

Faoliyatining oxiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goldberger 2005-yilning 6-martida Laxtida changʻidan sakrash boʻyicha soʻnggi jahon chempionatida ishtirok etgan (49-oʻrin). Goldberger rasman faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan va oʻzining faoliyatini 2006-yil 13-yanvarda Avstriyaning Kulm shahridagi uchuvchi tepalikda sinovdan sakrash bilan yakunlagan. U Jahon kubogi musobaqasida Avstriyaning ORF milliy telekanalida dubulgʻa kamerasi bilan sinovdan sakrab oʻtagan va u yerda sharhlovchi sifatida ishlagan.

  1. „Toni Nieminen poletel 203 m (page 1)“ (slovencha). Delo (18-mart 1994-yil).
  2. „Andreas Goldberger - Planica 1994 - 202 m! - World record crash“. YouTube/ORF (17-iyun 2012-yil). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
  3. „Andreas Goldberger - Planica 2000 - 225 m - World record“. YouTube (18-mart 2000-yil). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.