Kontent qismiga oʻtish

Andi Lila

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andi Lila
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andi Lila
Tavallud sanasi 12-fevral 1986-yil (1986-02-12) (38 yosh)
Tavallud joyi Kavajë, Albaniya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi yarim himoyachi / himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2003 Besa Kavajë
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2007 Besa Kavajë 72 (1)
2007 Iraklis 3 (0)
2007—2008 Besa Kavajë 29 (0)
2008—2011 Tirana 78 (11)
2011—2019 PAS Giannina 167 (8)
2015Parma (ijara) 13 (2)
2019—2020 Tirana 0 (0)
Milliy terma jamoa
2002—2003 Albaniya U17 9 (0)
2003—2005 Albaniya U19 4 (0)
2006—2007 Albaniya U21 9 (0)
2007—2019 Albaniya 70 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-iyul 2020-yil uchun)

Andi Lila (1986-yil 12-fevralda Kavajada tugʻilgan) — albaniyalik futbolchi, yarim himoyachi yoki himoyachi. Hozir u Gretsiyaning „PAS Giannina“ futbol klubida oʻynamoqda.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andi Lila futbolchilik faoliyatini Albaniyaning „Besa“ jamoasida boshlagan. 2002-yil 14-dekabrda 16 yoshli Lila „Teuta“ futbol klubiga qarshi oʻyinida debyut qilgan[1]. 2007-yil yanvar oyida Lila Gretsiyaning „Iraklis“ futbol klubiga oʻtdi, lekin u yerda oʻz iqtidorini koʻrsata olmagach, yana „Besa“ futbol klubi safiga qaytgan. Hamda, 2007—2008-yilgi Albaniya chempionati yakunida jamoasining bronza medalini qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshdi. Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Lila „Tirana“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda keyingi 3 mavsumni oʻtkazgan. Bu davr futbolchining faoliyatidagi eng yaxshisi boʻlgan. Shuningdek, 2009-yilda Albaniya Superligasi va 2011-yilda Albaniya kubogi sohibi boʻlgan. Lila oʻzining Albaniya Superligasidagi ilk golini 2008-yilning 14-sentyabrida „Partizani“ futbol klubiga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqasida kiritgan. Bu derbida Lilaning goli „Tirana“ futbol klubiga gʻalaba keltirgan[2].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andi Lila Albaniya yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalari safida bir qator oʻyinlar oʻtkazdi. 2007-yil 21-noyabrda u asosiy terma jamoa uchun 2008-yilgi Yevropa chempionati saralash turnirining soʻnggi bosqichi doirasida boʻlib oʻtgan Ruminiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Lili asosiy tarkibda maydonga tushgan. Va oʻsha uchrashuvda unng jamoasi 1:6 hisobida magʻlub boʻlgan[3].

Klublardagi faoliyati statistikasi
Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevropa

chempionati

Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Besa Kavajë 2003—2004 10 0 10 0
2004—2005 24 0 24 0
2005—2006 29 1 29 1
2006—2007 9 0 9 0
2007—2008 29 0 2 1 1 0 1 0 33 1
2008—2009 1 0 1 0
Jami 101 1 2 1 2 0 1 0 106 2
Iraklis 2006—2007 3 0 3 0
Tirana 2008—2009 28 4 6 0 34 4
2009—2010 24 1 2 1 2 0 1 0 29 2
2010—2011 26 6 6 1 4 1 36 8
Jami 78 11 14 2 6 1 1 0 99 14
PAS Giannina 2011—2012 21 0 0 0 21 0
2012—2013 29 2 6 1 35 3
2013—2014 26 2 0 0 26 2
2014—2015 14 1 0 0 14 1
Parma (ijara) 2014—2015 13 2 1 0 14 2
PAS Giannina 2015—2016 19 2 3 0 22 2
2016—2017 18 1 0 0 4 0 0 0 22 1
2017—2018 16 0 2 0 0 0 0 0 18 0
2019—2019 19 0 1 0 0 0 0 0 20 0
Tirana 2019—2020 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Umumiy faoliyatida 338 22 28 4 12 1 2 0 376 26
  1. „Teuta Durres 5:0 Besa Kavaje“ (inglizcha). 25-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 апреля 2016.
  2. „KF Tirana 2:1 Partizan Tirana“ (inglizcha). 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 апреля 2016.
  3. „Romania 6:1 Albania“ (inglizcha). 14-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 апреля 2016.