Kontent qismiga oʻtish

Amban

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Youtay, Lxasa ambani va polkovnik Frensis Yangxusband
T'ang Ta-Jen, Xo`tanning harbiy Ambani. Bolalari va xizmatkorlari bilan

Amban (manchu va mo'g'ul : Амбан Amban, Tibet : ཨམ་བན ་ am ben, Chinese 駐劄大臣, uyg'ur : ئامبان་ am ben) manjur tilidagi atama boʻlib, “oliy amaldor” degan maʼnoni anglatadi, Sin imperatorlik hukumatidagi bir qator rasmiy unvonlarga mos keladi. Masalan, Buyuk Kengash a'zolari manjur tilida Coohai nashūn-i amban, Sin general-gubernatorlari esa Uheri kadalara amban deb atalar edi.).

Amban soʻzi xitoy tiliga 昂邦 (ángbāng) deb tarjima qilingan.

Hozirgacha Tibet, Sinxay, Mo'g'uliston va Shinjon hududlari Sin Xitoyi tarikibiga kirgandan keyingi eng mashhur ambanlar Sin imperiyasi vakillari (Manjurcha: Seremšeme tehe amban ; Xitoycha Zhùzhá Dàchén ; Tibetcha: Ngang pai). Yuqoridagi hududlari SIn imperiyasi tarkibiga kiritilsa-da, ma'muriy viloyatlar sifatida boshqarilmagan, ko'plab mavjud boshqaruv institutlarini saqlab qolgan.

Sin imperatori vakillarini protektoratdagi (masalan, Britaniya Hindiston knyazlik shtati) Yevropa rezidenti (shuningdek, rezident komissarlar deb ham ataladi) bilan taqqoslash mumkin. Ambanlarning vakolatlari xuddi viloyat hokimlari kabi keng edi. Lekin bu ta'rif har bir amban uchun mos kelmaydi, balki ma'lum tarixiy sharoit taqozosi sifatida berilgan vakolatlar edi.

Sin imperatori Tibetda amban tayinladi (xitoycha 駐藏大臣). U Tibetning Buddizm boshqaruvi ustidan Sin hokimiyati uchun vakillik qilgan va Lxasada joylashgan 2000 dan ortiq qo'shinlarga qo'mondonlik qilgan. Bosh ambanga amban yordamchisi (幫辦大臣) yordam berar va ikkalasi ham Sinlarning Lifan Yuaniga hisobot berishardi. Ularning vazifalariga Xitoy va hind Nepal qirolligi (Ghorxas Country) oʻrtasida vositachilik qilish ham kiradi; kotib (xitoycha: 夷情章京; yíqíng) mahalliy ishlar bilan shug'ullangan. Lxasa, Tashilumbo va Ngari shaharlarida sub-prefektlar sifatida uchta xitoylik komissar (yángtái 糧台) joylashtirilgan edi.

Tibetda Sin imperatori rezidensiyasi 1727-yilda joriy qilingan va ko'pchilik elchilar Manjur sakkiz bayroq qismidan tayinlangan. Ba'zi hollarda xan xitoylari yoki mo'g'ullar tayinlanar edi. Imperatorlar Tibet siyosatini nazorat qilish uchun elchidan foydalanganlar va imperatorlar Syanlun, Jiaqin va Daoguanlarning har biri Dalay Lama va Panchen Lama Tibet boshqaruvini amalga oshirishda rezidensiya rahbariyati yo'l-yo'riqlariga amal qilishlari shart degan farmon chiqargan.

Xitoylik xan bayroqdor Chjao Erfeng Sin hukumati tomonidan Tibetning so'nggi Ambani etib tayinlangan. U Sinxay inqilobi paytida Sin sulolasini ag'darish niyatidagi Xitoy respublikachi inqilobiy kuchlari tomonidan o'ldirilgan. 1912-yilda Sin sulolasi qulagandan so'ng, manjur Amban Lien Yu va uning xitoylik askarlari Lxasadan chiqarib yuborildi.[1]

Oltishahr, ya'ni olti shahar, uyg'urlarning Yorkand, Qashqar, Xo'tan, Kuche, Oqsuv va Yangi Hisor (yoki Ush-Turfon) shaharlaridan iborat edi.[2] Sin sulolasining Jungʻor xonligi bilan olib borgan urushlari ularni bu hududga siqib chiqardiva 1759-yilga kelib ular bu hududni nazorat qilishdi.[2] Yoqub beg qoʻzgʻolonidan keyin Oltishahr Shinjon maʼmuriyati tarkibiga kiritilib, 1884-yilda Sin imperiyasining rasmiy viloyatiga aylandi. 1761-1865-yillarda Sin imperiyasi bugungi kunda janubiy Shinjonning bir qismini tashkil etuvchi Oltishahrga imperator rezidentini tayinladi (Manjurcha: hebei amban ; xitoycha: zǒnglǐ huíjiāng shìwù 總理回疆事務參贊大臣). Imperiya rezidenti Qashqar, Ush Turfon yoki Yorkentda istiqomat qilgan va mintaqada Sin hokimiyatini amalga oshirgan. Imperator rezidenti mintaqaning eng muhim shaharlariga yuborilgan va u yerdagi mahalliy amaldorlar hisoblanadigan (uyg'ur ھاكىمبەگ hakim beg, xitoycha: 阿奇木伯克), mahalliy imperator agentlari (Manjur: Baita icihiyara amban ; xitoycha: Bànshì 辦事大臣) yordamida nazoratni amalga oshirgan. Mahalliy imperator agentlariga davlat xizmatida ko`plab unvonlar berilgan va ular imperator rezidenti oldida javobgar bo'lgan.

Maymachindagi Zergucha Yamen ambanlari[3]

Muqaddas Ulan Bator shahridagi amban (mo'g'ul.Xureyniy amban no`yon, xitoycha: 庫倫辦事大臣 Kùlún bànshì dàchén) Mo'g'ullar ustidan Sin nazoratini o'rnatish uchun tayinlangan. U barcha ishlarni nazorat qilgan va chegaradagi Kiaxta shahrini va u yerda ruslar bilan olib boriladigan savdo-sotiqni nazorat qilish uchun maxsus topshiriqlar olgan. Ulan Bator mo'g'ul xalxa qabilalarining g`oyaviy rahbari bo'lgan Jebtsundamba xutuktuning qarorgohi edi. Xutuktu Tibet buddizmida hurmatli shaxslar orasida Dalay Lama va Panchen Lamadan keyin uchinchi o'rinni egallaydi. U shaharning g'arbiy tomonidagi muqaddas hududda istiqomat qilgan va Sin ambanning g`oyaviy qo`llovchisi sifatida faoliyat olib borgan.

1912-yilda Sin sulolasi qulagandan so'ng manjur ambani mo'g'ul qo'shinlari tomonidan quvib chiqarildi va Rossiya orqali Xitoyga o`tdi.

Qadimgi Sinda amban soʻzi harbiy gubernatorlar (昂邦章京, angbang-zhangjing, bu manjur amban -jiangginning transkripsiyasidir; RL Edmonds bu matnni ingliz tiliga “gubernatorning harbiy leytenant-muovini” deb tarjima qilgan.[4]) sifatida Sin imperiyasining shimoli-sharqiy viloyatlarida, ya'ni Jilin va Heilongjiangda qo`llangan. Mintaqaga tayinlangan birinchi amban-jianggin Ninguta garnizoni qo'mondoni Sarxuda bo'lib, u 1653-yil iyun oyida Ningutaning amban -jiangginiga aylandi

  • Ho, Dahpon David. "The Men Who Would Not Be Amban and the One Who Would: Four Frontline Officials and Qing Tibet Policy, 1905-1911." Modern China 34, no. 2 (2008): 210-46.
  • Kolmaš, Josef. The Ambans and Assistant Ambans of Tibet, Archiv Orientální. Supplementa 7. Prague: The Oriental Institute, 1994.
  • Mayers, William Frederick. The Chinese Government: A Manual of Chinese Titles, Categorically Arranged and Explained, with an Appendix. 3rd edition revised by G.M.H. Playfair ed. Shanghai: Kelly & Walsh, 1897; reprint, Taipei: Ch'eng-Wen Pub. Co., 1966.
  • Newby, Laura J. The Empire and the Khanate: A Political History of Qing Relations with Khoqand C. 1760-1860. Leiden; Boston: Brill, 2005.
  • Norman, Jerry. A Concise Manchu-English Lexicon. Seattle: University of Washington Press, 1978.
  • Shakya, Tsering. The Dragon In The Land Of Snows (1999) Columbia University Press. ISBN 0-231-11814-7