Kontent qismiga oʻtish

Aleksey Isayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksey Isayev
Tavalludi 15-avgust 1974-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Vafoti 25-iyun 1971
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ilmiy darajasi Tarix fanlari kandidanti

Aleksey Valeryevich Isayev (1974-yil 15-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston, SSSR) – rus harbiy tarixchisi. Tarix fanlari nomzodi. Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Harbiy tarix instituti xodimi (2019-yildan). Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining Harbiy iqtisodiyot tarixi markazi direktori (2021-yildan).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksey Isayev 1974-yil 15-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1987-yildan Moskvada istiqomat qilgan.

Moskva muhandislik-fizika institutining kibernetika fakultetini (tizim tahlili boʻlimi) tamomlagan.

Aleksey bolaligidanoq harbiy tarixga qiziqqan va bu uni „Goryachiy sneg“ filmini tomosha qilishga undagan[1]. Yoshligida M. N. Svirin[2] taklifi bilan arxivlar, jumladan, Rossiya davlat harbiy arxivi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi markaziy arxividagi hujjatlar bilan ishlay boshladi.

Valeryevich 20072010-yillarda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Harbiy tarix institutida shtatdan tashqari xodim boʻlib ishlagan. 2019-yil oktyabr oyidan Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Harbiy tarix institutida katta ilmiy xodimi boʻlib faoliyat yurita boshlagan.

U Rossiya FSBning Moskva chegara institutining Vatan tarixi kafedrasiga nomzod boʻlgan.

Isayev 2012-yilda M. A. Sholoxov nomidagi Moskva davlat gumanitar universitetida tarix fanlari nomzodi, dotsent Y. A. Nikiforov ilmiy rahbarligida „Ulugʻ Vatan urushi boshlanishida Janubi-Gʻarbiy va Janubiy frontlarning jangovar harakatlari: 22-iyun – 1941-yil 9-iyul“ mavzusida dissertatsiya himoya qilgan[3].

2021-yil fevral oyidan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining Harbiy iqtisodiyot tarixi markazi direktori lavozimida ishlagan.

Aleksey „Poligon“ jurnali, „Nezavisimoe voyennoye obozreniye“ gazetasidagi M. E. Katukov, Zaxarova, I. Videra, E. Makenzena xotiralariga bagʻishlangan maqolalar muallifi.

Aleksey Isayev 25-iyun 1971-yilda vafot etgan.

Aleksey Valeryevich 1-darajali "Vatanga xizmatlari uchun" madali bilan taqdirlngan (2023-yil 25-avgust)[4].