Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Tixonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Аleksandr Тixonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Viktorovich Tixonov
Tavallud sanasi 19-aprel 1965-yil (1965-04-19) (59 yosh)
Tavallud joyi Sovet IttifoqiSSSR,
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Ampluasi himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986—1987
1988
1988
1989—1990
1990
1991
1992—1994
1995
Sovet IttifoqiSohibkor
Sovet IttifoqiТаvriya
Sovet IttifoqiSohibkor
Sovet IttifoqiNeftyannik (Fargʻona)
Sovet IttifoqiPaxtakor
Sovet IttifoqiNeftyannik (Fargʻona)
Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona)
OʻzbekistonPaxtakor
(57(1)
6(0)
17(2)
59(2)
3(0)
37(8)
78(13)
14(0))
Milliy terma jamoa
1992—1994 OʻzbekistonOʻzbekiston (16(1))
Boshqargan klublari
1999 OʻzbekistonSurxon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Viktorovich Tixonov (1965-yil 19-aprel) — sovet va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi. Fargʻonaning „Neftchi“ futbol klubi safida uch marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan. 1994-yilgi Osiyo oʻyinlarida gʻolibi. Oʻzbekiston terma jamoasidagi oʻyinlari bilan mashhur.

Futbolchi va murabbiy Viktor Tixonovning farzandi.

Aleksandr Tixonov 1986-yilda SSSR ikkinchi ligasida "Sohibkor" klubi safida oʻynay boshlagan va klub bilan guruh turnirida gʻolib chiqqan. Biroq klub birinchi ligaga chiqa olmagan. 1988-yilda Sergiy Bauyer bilan birga Simferopolning „Tavriya“ birinchi liga jamoasi oʻyinchisiga aylangan. Ular bilan birga Oʻrta Osiyodan Ruslan Adjiyev ham jamoaga qabul qilingan[1]. 1989-yili ikkinchi liganing boshqa bir klubi Fargʻonaning „Neftyannik“ klubi futbolchisiga aylanib, Fargʻona klubi safida ikkinchi liga guruh turniri gʻolibi boʻlgan. 1990-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida qisqa muddat birinchi ligada toʻp surgan, soʻng Fargʻona jamoasiga qaytib, ikkinchi liga bufer zonasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1991-yilda esa birinchi liga jamoasida oʻynagan. SSSR parchalanganidan keyin Aleksandr Tixonov Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida Oʻzbekiston oliy ligasida toʻp surgan.[2] Fargʻonaliklar safida uch karra mamlakat chempioni boʻlgan va bir bor Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 1995-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan, shundan soʻng futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan.

Oʻzbekiston terma jamoasi safida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Tixonov SSSR xalqlari Spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida oʻynagan va 1986-yilda kumush medal sovrindori boʻlgan. Tixonov 1992-yil 17-iyun kuni Tojikiston terma jamoasi bilan kechgan oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini oʻtkazgan.[3] 1994-yilda Tixonov Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan.

Garchi OFK oʻsha yili terma jamoada faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar boʻlishi kerak, degan qarorga kelgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkibda kelgan. Aleksandr Tixonov turnirda gʻolib chiqqan jamoaning asosiy himoyachilaridan biri boʻlgan.[4] Tixonov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 16 ta oʻyin oʻtkazib, 1ta gol urgan.[5] Turnirning Xitoy terma jamoasi bilan boʻlgan soʻnggi oʻyini futbolchi uchun terma jamoadagi oxirgi oʻyin boʻlgan.[6] 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilda „Surxon“ klubida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan.

  • 1986-yil — SSSR xalqlari Spartakiadasining kumush medali sovrindori.
  • 1986, 1989-yillar — 7-zona 2-liga jamoalari oʻrtasidagi SSSR chempionati gʻolibi.
  • 1990-yil — Sharqiy bufer zonasi 2-liga jamoalari oʻrtasidagi SSSR chempionati gʻolibi.
  • 1994-yil - Osiyo oʻyinlari chempioni.
  • 1992, 1993, 1994-yillar — Oʻzbekiston chempioni (3 karra).
  • 1994-yil — Oʻzbekiston kubogi sohibi.

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]