Adjarabet Arena
ბათუმის სტადიონი | |
UEFA reytingida 4 yulduzli stadion | |
Toʻliq nomi | Adjarabet Arena |
---|---|
Manzili | Batumi, Gruziya |
Sigʻimi | 20,383 |
Chim turi | Maysa |
Konstruksiya | |
Buzilgan joy | 21-yanvar 2018-yil |
Qurilgan | Yanvar 2018-yil – Iyul 2020-yil |
Ochilgan | 27-sentyabr 2020-yil |
Qurilish qiymati | ₾ 141 million[1] |
Arxitektor | Bahadır Kul |
Ijarachilar | |
FC Dinamo Batumi (2020–hozirgi kungacha) Gruziya milliy futbol terma jamoasi (baʼzi oʻyinlar) |
Batumi Stadium (gruzincha: ბათუმის სტადიონი, batumis stʼadioni) rasman Adjarabet Arena (gruzincha: აჭარაბეთ არენა) — Gruziyaning Batumi shahridagi futbol stadioni. Stadion 20,383 kishiga moʻljallangan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurilish ishlari 2018-yil yanvar oyida boshlangan va 2020-yil iyul oyida yakuniga yetgan. COVID-19 pandemiyasi tufayli qoldirilgan stadionning rasmiy ochilishi 2020-yil 27-oktabrda tantanali marosim bilan boʻlib oʻtdi. Marosimda Gruziyaning oʻsha paytdagi bosh vaziri Giorgi Gakharia ishtirok etdi.
Stadion 20,000 oʻringa moʻljallangan boʻlib, unda „FC Dinamo Batumi“ futbol klubi oʻzining uy uchrashuvlarini oʻtkazadi. U UEFA reytingi boʻyicha 4 yulduzli stadionlar qatoriga kiradi va 2021-yildan beri vaqti-vaqti bilan Gruziya milliy futbol terma jamoasi oʻyinlariga mezbonlik qilib keladi.
Stadion Turkiyaning Bahadir Kul Architecture firmasi tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, qurilishiga taxminan 100 million Gruziya larisi (35 million yevro) sarflangan.
Stadionning tashqi koʻrinishi anʼanaviy gruzin raqslarining, xususan, Xorumining aylanma effektidan ilhomlanilgan.
2023-yilda u 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladigan toʻrtta Gruziya stadionlaridan biri boʻlgan va Angliya Ispaniyani 1:0 hisobida magʻlub etgan finalga mezbonlik qilgan.
Mashhur oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadiondagi birinchi oʻyin 2020-yilning 21-noyabr kuni FC Dinamo Batumi va FC Dila Gori klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan.
2022-yil 10-iyul kuni Gruziya regbi jamoasi Italiyani 28-19 hisobida magʻlub etdi. Batumi stadioni ushbu tarixiy oʻyinga mezbonlik qildi, oʻshanda Gruziya 2022-yilning yozgi mavsumida birinchi marotaba birinchi toifadagi jamoani magʻlub etgan edi.
Xalqaro oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]11-noyabr 2021-yil | Gruziya | 2–0 | Shvetsiya | Batumi |
18:00 CST | Kvaratskhelia 61' Kvaratskhelia 77' | Report | Stadion: Adjarabet Arena Tomoshabin: 6,800 Hakam: Serdar Gözübüyük |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Батуми Арена“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- ↑ „Adjarabet Arena“. www.adjarabetarena.com. Qaraldi: 31-may 2024-yil.