Kontent qismiga oʻtish

Adipin kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adipin kislota, ikki asosli organik kislota [HOOC (CH2)4 COOH] – rangsiz kristall. Mol. m. 146,15. Suyuqlanish temperaturasi 149- 150°, qaynash temperaturasi 265°. Suvda, etil spirtda koʻproq, efirda kamroq eriydi, Siklogeksanonni nitrat kislota yoki havo kislorodi bilan marganes tuzlari (katalizator) ishtirokida oksidlab olinadi. U sunʼiy tola – neylon ishlab chiqarishda qoʻllanadigan asosiy xom ashyodir. Efirlari plastifikatorlar va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Etiladipinat – etillangan benzinning oktan sonini oshiruvchi modda, dialliladipinat esa smolalarga qotiruvchi qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil