Kontent qismiga oʻtish

Abatayxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abatayxon
moʻgʻ.: Абтай сайн хан

Abtayxon va uning malikasi
1-Tushetu Xoni
Mansab davri
 – 1568
Oʻtmishdoshi Onoxui üizen noyan (Mo‘g‘ul shahzodasi)
Vorisi Erehei
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1534
Vafoti 1568
Dafn qilingan joyi Erdenidzu
Erdenidzu
Bolalari Subagatay, Erehei
Otasi Gersenzening o'g'li
Dini Tibet Buddizmi

Abatayxon (1534-1586) — moʻgʻul xoni; Tushetuxonlar sulolasi asoschisi. Oyrotlar bilan kurash olib borib, 1577-yil ularni boʻysundirgan. Shu yili Abatayxon oʻgʻlini oyrot xoni deb eʼlon qilgan. Abatayxon vafotidan soʻng oyrotlar qoʻzgʻolon koʻtarib, xonni oʻldirib qaramlikdan xalos boʻlishgan. Abatayxon lamaizm dinining ashaddiy ixlosmandlaridan va targʻibotchilaridan boʻlib, bu dinni qabul qilish uchun 1577-yil Xuxxotoga borib dalay lama bilan uchrashgan. 1585-yil lamaistlarning Xalxadagi birinchi monastiri Erdeni-dzuni qurishni boshlagan. XX asr boshlariga qadar Moʻgʻulistonda Abatayxon shaxsi muqaddas sanalib sajda qilingan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil