Kontent qismiga oʻtish

Abadiy qorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abadiy qorlar — yil boʻyi erimay yotadigan muz va qor qoplami. Issiq va moʻtadil oʻlkalarda baland togʻ va yassi togʻ choʻqqilarida, qutbiy oʻlkalarda va tekisliklarda ham uchraydi. Yil davomida yogʻadigan qattiq atmosfera yogʻinining oʻsha joyining relef va iqlim sharoitida erib yoki bugʻlanib ketadigan miqdoridan ortishi hisobiga yuzaga keladi. Abadiy qorlarning faqat eng yuqoridagi yuza qatlamigina qordan iborat, chuqurlashgan sari, ustki qatlamlar bosimi tufayli firn (ya'ni qotgan qor) va muzga aylanadi. Abadiy qorlarning eng quyi chegarasi qor chegarasi deb ataladi. Abadiy qorlarning yuzasi koʻp hollarda shu joy relefini silliqlangan tarzda aks ettiradi; shu bilan birga Abadiy qorlarning oʻziga taalluqli mikrorelef shakllari ham (seraklar, erish egatlari, uyali qor) mavjud. Tekis yuzalarda shamol qorlardan turli qor uyumlarini shakllantiradi[1].

  1. "Abadiy qorlar" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil