Kontent qismiga oʻtish

Skatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Skatlar (Batomorpha yaʼni Batoidei) – togʻayli baliqlar sinfiga mansub baliqlar katta turkumi (baʼzan turkum). Tanasi yassi, keng disksimon yoki rombsimon, uzunligi bir necha sm dan 6-7 m gacha, vazni 2,5 t gacha. Terisi yalangʻoch yoki pixlar bilan qoplangan. Jabra yoriqlari 5 ta, qorin tomonida joylashgan. Koʻkrak suzgichlari qirrasi, boshi va tanasi yoniga tutashgan. Orqa suzgichlari dumi ustida yoki boʻlmaydi. Anal va koʻpincha dum suzgichlari yp’q; koʻkrak suzgichlari juda kengaygan. Tishlari oʻzaro tigʻiz joylashib, kuchli qirgʻichni hosil qiladi. Skatlar 5 turkum, 14 oila va 350 turni oʻz ichiga oladi. Suv tubida, ayrimlari (mantolar va qiziqdumlilar) suv qaʼrida yashaydi. Asosan, dengizlar va okeanlarda 2700 m chuqurlikkacha hayot kechiradi. Ayrim turlari tropik mintaqalardagi daryolar (Amazonka daryosi havzasi)da uchraydi. Skatlar suv tubidagi organizmlar bilan oziqlanadi; bir qancha turlari yirtqich. Tirik tugʻadi yoki tuxumdan tirik skatlar chiqadi; faqat rombsimon skat mugus kapsulaga oʻralgan yirik tuxumlarini suv tubiga qoʻyadi. Har bir urgʻochisi organizmida 1 tadan bir necha 10 tagacha embrion rivojlanadi. Elektr skatning tanasi ikki yonida elektr organlari joylashgan. Qoziqsumning dumidagi oʻtkir pixida zahar bezi boʻladi. Bir qancha turlari Qora va Azov dengizida ham uchraydi va ovlanadi. Ayrim turlari odam uchun xavfli.