Kontent qismiga oʻtish

Sif

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sif (ing. CIF, cogt — narx, insurance — sugʻurta, freight — fraxt soʻzlarining bosh harflaridan) — xalqaro savdoda tovarlarni yetkazib berishning asosiy shartlaridan biri. S. shartlariga koʻra, sotuvchi tovarni sugʻurta qildirishi va fraxt (kira) haqini toʻlashi, kelishilgan muddatda tovarni portga yetkazib kelishi va kemaga ortib berishi, haridorga konosament (tovar pattasi)ni va sugʻurta polisini topshirishi lozim. Tovar kemaga ortilgan paytdan boshlab, jami harajatlar va majburiyatlar, tovarning ehtimoldagi buzilishi yoki tasodifiy yoʻqolishi bilan bogʻliq jami xatarlar sotuvchidan haridor zimmasiga oʻtadi.