Qorakulcha (tuman)
| |||
tuman | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | Oʻsh viloyati | ||
Maʼmuriy markazi | Qorakulcha | ||
Rasmiy tillar | qirgʻiz, rus | ||
Aholi (2009) | 87 691 kishi [1] | ||
Millatlar tarkibi | qirgʻizlar — 99,9%[1] | ||
Maydoni | 5712 km² | ||
Vaqt mintaqasi | UTC 6 | ||
Avtomobil raqami kodi | O Z | ||
Xaritada | |||
40°40′0″N 73°29′57″E / 40.66667°N 73.49917°E |
Qorakulcha tumani (qirgʻizcha: Кара-кулжа району) — Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatidagi tuman. Tuman markazi — Qorakulcha qishlogʻi.
Tuman maydoni 5712 kv.km.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1936-yilda Sovet rayoni nomi bilan tashkil etilgan. 1962-yilda tuman tugatildi, 1964-yilda qayta tiklandi. 1992-yilda Qorakulcha tumani deb oʻzgartirildi[2].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maydoni asosan togʻli, Qorakulcha va tar daryolarining havzasida joylashgan. Eng baland joyi 4900 m (Uchseyit massivida), eng past nuqtasi - 780 m. Tuman hududida Fargʻona togʻ tizmasining sharqiy tarmoqlari (Uchseyit, Tasiraqay va boshqalar), Akademik Adishev, Alayquv tizma togʻlari, Alayquv, Qorakulcha, Qulun, Qapchigʻay va Ajike vodiylari joylashgan. Tuman shimoli va shimoli-gʻarbdan Oʻzgan, sharqdan Norin viloyati, janubdan Otboshi, gʻarbdan Oloy tumani, janubda Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 5,7 ming km² (Oʻsh viloyati hududining 19,6%).
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi 83,6 ming kishi (2002).
Ovullari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman 12-ovul hukumatiga boʻlingan. Markazi Qorakulcha qishlogʻi.
- Alayquv ovul okrugi: Markazi - Koʻk-Art, Qon-Qoʻrgʻon, Soytola
- Qapchigʻoy ovul okrugi: Markazi - Sariq-Bee, Qora-Tosh, Terek-Suv, Nichke-Suv
- Kengash ovul okrugi: Markazi - Kengash, Poʻr
- Qaraguz ovul okrugi: Markazi - Yangi-Tola, Oltin-Kurak, Yetim-Tepa, Kalmatay, Qora-Yogʻoch, Nasirdin
- Qora-Qoʻchqor ovul okrugi: Markazi -Qora-Qoʻchqor, Oq-Qiya, Sariq-Buloq
- Qorakulcha ovul okrugi: Markazi -Qorakulcha, Biy-Mirza, Birinchi May, Sariq-Qamish
- Qizil-Jar ovul okrugi: Markazi -Qizil-Jar, Qayin-Tola, Koʻoʻ-Chati, Terak, Chachirqanaq, Kuyoʻtash
- Loy-Tola ovul okrugi: Markazi - Loy-Tola, Soy, Sharqiratma, Jilkoʻl, Sariq-Tosh
- Oʻy-Tol ovul okrugi: Markazi - Oʻy-Tol, Koʻnduk
- Sariq-Buloq ovul okrugi: Markazi - Sariq-Buloq, Qora-Buloq, Qoʻnoʻqbay-Tola, Qizil-Buloq, Sariq-Kungay, Tegerek-Soz, Toʻqqiz-Buloq
- Chalma ovul okrugi: Markazi - Toʻqboy-Tola, Buyga
- Qashqa-Jal ovul okrugi: Markazi - Yangi-Talab, Jiyda, Oktyabr, Toʻgʻoʻtoʻy, Intimoq
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Перепись населения Киргизии 2009. Ошская область
- ↑ КЫРГЫЗСТАНДЫН ГЕОГРАФИЯСЫ[sayt ishlamaydi]