Nasaviy (tarixchi)
Nasaviy, Shihobiddin Muhammad annasaviy (? —1249) — tarixchi, Ashxobod yaqinidagi Xuran-diz qalʼasi hokimi (1219—21). N 1220—24 yillarda moʻgʻullar istilosiga qarshi kurash olib borgan. 1224-yildan Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi boʻlgan, uning harbiy yurishlarida qatnashgan. 1241-yil arab tilida „Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi“ („Sulton Jaloliddin Manguberdining hayoti tafsiloti“) nomli asar muallifi. Asarda Movarounnaxrni bosib olinishi bilan bogʻliq vo-qealar bayon etilgan. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining ijtimoiysiyosiy ahvoli toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlar bor. Asar 13-asr oxirlarida fors tiliga tarjima qilinib, Tehronda, uning arabcha nusxasi Parij, Qohirada, ruscha tarjimasi Bokuda va oʻzbek tilida Toshkentda (1999) nashr etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shahobiddin Muhammad annasaviy, Sulton Jaloliddin Manguber-di hayoti tafsiloti, T., 1999.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |