Kontent qismiga oʻtish

Hans Christian Andersen mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hans Christian Andersen mukofoti
Kimga topshiriladi Yozuvchilarga va illyustratorlarga
Kim tomonidan topshiriladi International Board on Books for Young People
Taqdirlash asosi Bolalar adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun
Holati Topshiriladi
Statistika
Birinchi taqdirlash 1956 (68 yil avval) (1956) – yozuvchilar uchun
1966 (58 yil avval) (1966) – illyustratorlar uchun

Hans Christian Andersen mukofoti – International Board on Books for Young People (IBBY) tomonidan „bolalar adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ bitta muallif va bitta illyustratorning har biriga alohida topshiriladigan adabiy mukofot hisoblanadi[1]. Yozuvchiga beriladigan mukofot ilk bor 1956-yilda, illyustratsiya mukofoti esa 1966-yilda oʻz egasiga topshirilgan. Ushbu mukofotni koʻp hollarda „kichik Nobel“ deb atashadi.

Har ikki mukofot XIX asrda yashab ijod qilgan daniyalik yozuvchi Hans Christian Andersen sharafiga nomlangan va har bir gʻolib Hans Christian Andersen medali va diplom bilan taqdirlanadi. Medallar ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladigan IBBY kongressida topshiriladi.

The International Board on Books for Young People (IBBY) 1950-yilda Jella Lepman tomonidan tashkil etilgan[2]. Hans Christian Andersen mukofotini joriy qilish 1953-yilda taklif qilingan va uch yildan soʻng, 1956-yilda ilk marotaba ushbu mukofot oʻz egasiga topshirilgan[3]. Mukofot Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda bolalar adabiyotiga oid sifatli kitoblar sonini koʻpaytirish va yozuvchilarni ragʻbatlantirish uchun joriy etilgan. Mukofot ikki yilda bir marotaba berilishi belgilangan va dastlab oldingi ikki yil davomida nashr etilgan asarlar uchun topshirilgan[4]. 1962-yilda mukofot egasini aniqlash mezonlari oʻzgargan. Unga koʻra, mukofot oʻz asarlarining qiymati bilan bolalar adabiyotiga doimiy hissa qoʻshib kelgan tirik muallifga berilishi koʻzda tutilgan. Muallifning toʻliq asarlari, xususan, badiiy asarlari ham mukofot topshirishda inobatga olinadi[5].

Hakamlar hayʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu mukofot gʻoliblari IBBY ijroiya qoʻmitasi tomonidan tuzilgan hakamlar hayʼati tomonidan tanlanadi. Hakamlar hayʼati prezidenti IBBY bosh assambleyasi tomonidan saylanadi. Dastlab hakamlar soni 7 tani tashkil qilgan boʻlsa[5], 2000-yilda ular soni 10 taga yetgan. 2002-yilda hakamlar hayʼatida boʻlinish yuz bergan, yaʼni, 5 kishi asarlarga va qolgan 5 kishi illyustratsiyalarga javobgar qilib qoʻyilgan. Hakamlar hayʼati aʼzolari bolalar adabiyoti yoʻnalishida yetarli malakaga ega boʻlishi va turli xil guruhlarni ifodalashi kerak. Nomzodlarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlash uchun odatda 6 oy muddat kerak boʻladi[6].

Jella Lepman 1956–1960-yillar davomida hakamlar hayʼati raisi sifatida faoliyat olib borgan va vafotiga qadar (1970-yil) IBBY prezidenti lavozimida, keyin esa uning faxriy prezidenti sifatida hakamlar hayʼati safiga kiritilgan. Prezidentlar safida Virginia Halivand (1970-1974), Patricia Crampton (1982-1986) va Ana Maria Machado (1986–1990) kabi taniqli insonlar ham ishlagan[7].


Asar uchun beriladigan mukofot sohiblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eleanor Farjeon – 1956-yilgi ilk mukofot sohibasi
1970-yilgi mukofot sohibi – Gianni Rodari
2020-yilgi mukofot sohibasi – Jacqueline Woodson
Asar uchun beriladigan mukofot sohiblari[8]
Yili Gʻolib Mamlakat Mukofot
1956 Eleanor Farjeon (The Little Bookroom asari uchun)[4] Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Gʻolib
1958 Astrid Lindgren (Rasmus på luffen asari uchun)[4] Shvetsiya Shvetsiya Gʻolib
1960 Erich Kästner (Als ich ein kleiner Junge war asari uchun)[4] Gʻarbiy Germaniya GFR Gʻolib
1962 Meindert DeJong Qoʻshma Shtatlar AQSh Gʻolib
1964 René Guillot Fransiya Fransiya Gʻolib
1966 Tove Jansson Finlandiya Finlandiya Gʻolib
Karl Bruckner Avstriya Avstriya Maxsus eʼtirof
Gianni Rodari Italiya Italiya Maxsus eʼtirof
José María Sánchez-Silva Ispaniya Ispaniya Maxsus eʼtirof
1968 James Krüss Gʻarbiy Germaniya GFR Gʻolib
José María Sánchez-Silva Ispaniya Ispaniya Gʻolib
Gianni Rodari Italiya Italiya Maxsus eʼtirof
Elizabeth Coatsworth Qoʻshma Shtatlar AQSh Maxsus eʼtirof
1970 Gianni Rodari Italiya Italiya Gʻolib
Ana María Matute Ispaniya Ispaniya Maxsus eʼtirof
E. B. White Qoʻshma Shtatlar AQSh Maxsus eʼtirof
Ela Peroci Yugoslaviya Yugoslaviya Maxsus eʼtirof
1972 Scott O'Dell Qoʻshma Shtatlar AQSh Gʻolib
Colette Vivier Fransiya Fransiya Maxsus eʼtirof
Otfried Preussler Gʻarbiy Germaniya GFR Maxsus eʼtirof
Ana María Matute Ispaniya Ispaniya Maxsus eʼtirof
Maria Gripe Shvetsiya Shvetsiya Maxsus eʼtirof
Sergei Mikhalkov Sovet Ittifoqi SSSR Maxsus eʼtirof
Siny van Iterson Niderlandiya Niderlandiya
1974 Maria Gripe Shvetsiya Shvetsiya Gʻolib
Cecil Bødker Daniya Daniya Maxsus eʼtirof
Colette Vivier Fransiya Fransiya Maxsus eʼtirof
Rosemary Sutcliff Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
1976 Cecil Bødker Daniya Daniya Gʻolib
Agnija Barto Sovet Ittifoqi SSSR Maxsus eʼtirof
E. B. White Qoʻshma Shtatlar AQSh Maxsus eʼtirof
1978 Paula Fox Qoʻshma Shtatlar AQSh Gʻolib
Alan Garner Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
1980 Bohumil Říha Chexoslovakiya Chexoslovakiya Gʻolib
Lygia Bojunga Nunes Braziliya Braziliya Maxsus eʼtirof
Harry Kuliman Shvetsiya Shvetsiya Maxsus eʼtirof
1982 Lygia Bojunga Nunes Braziliya Braziliya Gʻolib
1984 Christine Nöstlinger  Avstriya Gʻolib
Patricia Wrightson  Avstraliya Maxsus eʼtirof
1986 Patricia Wrightson  Avstraliya Gʻolib
1988 Annie M. G. Schmidt  Niderlandiya Gʻolib
Claude Roy  Fransiya Maxsus eʼtirof
1990 Tormod Haugen  Norvegiya Gʻolib
Bjarne Reuter  Daniya Maxsus eʼtirof
1992 Virginia Hamilton  AQSh Gʻolib
María Elena Walsh  Argentina Maxsus eʼtirof
Houshang Moradi Kermani  Eron Maxsus eʼtirof
1994 Michio Mado  Yaponiya Gʻolib
1996 Uri Orlev  Isroil Gʻolib
1998 Katherine Paterson  AQSh Gʻolib
Brian Doyle  Kanada Finalist
Ruskin Bond  Hindiston Finalist
Alice Vieira  Portugaliya Finalist
Anne Fine Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Finalist
2000 Ana Maria Machado  Braziliya Gʻolib
Ulf Stark  Shvetsiya Finalist
Peter Dickinson Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Finalist
Lois Lowry  AQSh Finalist
2002 Aidan Chambers Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Gʻolib
Bart Moeyaert  Belgiya Finalist
Bjarne Reuter  Daniya Finalist
2004 Martin Waddell  Irlandiya Gʻolib
Barbro Lindgren  Shvetsiya Finalist
Bjarne Reuter  Daniya Finalist
Joel Rufino dos Santos  Braziliya Finalist
Jürg Schubiger Shveysariya Shveysariya Finalist
2006 Margaret Mahy Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya Gʻolib
Jon Ewo  Norvegiya Finalist
Peter Härtling  Germaniya Finalist
Philip Pullman  UK Buyuk Britaniya Finalist
Toon Tellegen  Niderlandiya Finalist
Eugene Trivizas  Gretsiya Finalist
2008 Jürg Schubiger Shveysariya Shveysariya Gʻolib
Bartolomeu Campos de Queirós  Braziliya Finalist
Brian Doyle  Kanada Finalist
Guus Kuijer  Niderlandiya Finalist
David Almond Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Finalist
2010 David Almond Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Gʻolib
Ahmadreza Ahmadi  Eron Finalist
Bartolomeu Campos de Queirós  Braziliya Finalist
Lennart Hellsing  Shvetsiya Finalist
Louis Jensen  Daniya Finalist
2012 María Teresa Andruetto  Argentina Gʻolib
Paul Fleischman  AQSh Finalist
Bart Moeyaert  Belgiya Finalist
Jean-Claude Mourlevat  Fransiya Finalist
Bianca Pitzorno  Italiya Finalist
2014 Nahoko Uehashi  Yaponiya Gʻolib
Ted van Lieshout  Niderlandiya Finalist
Houshang Moradi Kermani  Eron Finalist
Mirjam Pressler  Germaniya Finalist
Renate Welsh  Avstriya Finalist
Jacqueline Woodson  AQSh Finalist
2016 Cao Wenxuan  Xitoy Gʻolib
Louis Jensen  Daniya Finalist
Ted van Lieshout  Niderlandiya Finalist
Mirjam Pressler  Germaniya Finalist
Lois Lowry  AQSh Finalist
2018 Eiko Kadono  Yaponiya Gʻolib
Marie-Aude Murail  Fransiya Finalist
Farhad Hassanzadeh  Eron Finalist
Joy Cowley Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya Finalist
Ulf Stark  Shvetsiya Finalist
2020 Jacqueline Woodson  AQSh Gʻolib
María Cristina Ramos  Argentina Finalist
Bart Moeyaert  Belgiya Finalist
Marie-Aude Murail  Fransiya Finalist
Farhad Hassanzadeh  Eron Finalist
Peter Svetina  Sloveniya Finalist
2022 Marie-Aude Murail[9]  Fransiya Gʻolib
María Cristina Ramos  Argentina Finalist
Fatima Sharafeddine  Livan Finalist
Peter Svetina  Sloveniya Finalist
Annika Thor  Shvetsiya Finalist
Margaret Wild  Avstraliya Finalist
2024[10] Heinz Janisch  Avstriya Gʻolib
Marina Colasanti  Braziliya Finalist
Lee Geum-yi  Janubiy Koreya Finalist
Bart Moeyaert  Belgiya Finalist
Timo Parvela  Finlandiya Finalist
Edward van de Vendel  Niderlandiya Finalist

Illyustratsiya uchun beriladigan mukofot sohiblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Farshid Mesghali – 1974-yilgi mukofot sohibi
Květa Pacovská – 1992-yilgi mukofot sohibasi
Illyustratsiya uchun beriladigan mukofot sohiblari[8]
Yil Gʻolib Mamlakat Mukofot
1966 Alois Carigiet   Shveysariya Gʻolib
Jiří Trnka  Chexoslovakiya Maxsus eʼtirof
Brian Wildsmith Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
1968 Jiří Trnka  Chexoslovakiya Gʻolib
Ib Spang Olsen  Daniya Maxsus eʼtirof
Brian Wildsmith Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
Roger Duvoisin  AQSh Maxsus eʼtirof
1970 Maurice Sendak  AQSh Gʻolib
Ib Spang Olsen  Daniya Maxsus eʼtirof
Ota Daihachi  Yaponiya Maxsus eʼtirof
Lidja Osterc  Yugoslaviya Maxsus eʼtirof
1972 Ib Spang Olsen  Daniya Gʻolib
Elizabeth Cleaver  Kanada Maxsus eʼtirof
Adolf Zábranský  Chexoslovakiya Maxsus eʼtirof
Janosch Gʻarbiy Germaniya GFR Maxsus eʼtirof
Petros Zambellis  Gretsiya Maxsus eʼtirof
Björn Berg  Shvetsiya Maxsus eʼtirof
Felix Hoffmann   Shveysariya Maxsus eʼtirof
1974 Farshid Mesghali Eron Gʻolib
Helga Aichinger  Avstriya Maxsus eʼtirof
Nicole Claveloux  Fransiya Maxsus eʼtirof
Charles Keeping Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
1976 Tatjana Mawrina  SSSR Gʻolib
Ľudovít Fulla  Chexoslovakiya Maxsus eʼtirof
Svend Otto S.  Daniya Maxsus eʼtirof
1978 Svend Otto S.  Daniya Gʻolib
Leo & Diane Dillon  AQSh Maxsus eʼtirof
1980 Suekichi Akaba  Yaponiya Gʻolib
Tomi Ungerer  Fransiya Maxsus eʼtirof
Etienne Delessert   Shveysariya Maxsus eʼtirof
1982 Zbigniew Rychlicki  Polsha Gʻolib
1984 Mitsumasa Anno  Yaponiya Gʻolib
Helme Heine Gʻarbiy Germaniya GFR Maxsus eʼtirof
Raymond Briggs Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
1986 Robert Ingpen  Avstraliya Gʻolib
Adolf Born  Chexoslovakiya Maxsus eʼtirof
1988 Dušan Kállay  Chexoslovakiya Gʻolib
Yasuo Segawa  Yaponiya Maxsus eʼtirof
1990 Lisbeth Zwerger  Avstriya Gʻolib
1992 Květa Pacovská  Chexoslovakiya Gʻolib
1994 Jörg Müller   Shveysariya Gʻolib
1996 Klaus Ensikat  Germaniya Gʻolib
1998 Tomi Ungerer  Fransiya Gʻolib
Binette Schroeder  Germaniya Finalist
Dick Bruna  Niderlandiya Finalist
Stasys Eidrigevičius  Polsha Finalist
2000 Anthony Browne Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Gʻolib
Rotraut Susanne Berner  Germaniya Finalist
Boris Diodorov  Rossiya Finalist
Maria Lucija Stupica  Sloveniya Finalist
2002 Quentin Blake Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Gʻolib
Grégoire Solotareff  Fransiya Finalist
Rotraut Susanne Berner  Germaniya Finalist
Daihachi Ohta  Yaponiya Finalist
2004 Max Velthuijs  Niderlandiya Gʻolib
Rotraut Susanne Berner  Germaniya Finalist
Roberto Innocenti  Italiya Finalist
Javier Serrano  Ispaniya Finalist
Grégoire Solotareff  Fransiya Finalist
2006 Wolf Erlbruch  Germaniya Gʻolib
Lilian Brøgger  Daniya Finalist
Etienne Delessert   Shveysariya Finalist
Isol Misenta  Argentina Finalist
Grégoire Solotareff  Fransiya Finalist
Klaas Verplancke  Belgiya Finalist
2008 Roberto Innocenti  Italiya Gʻolib
Isol Misenta  Argentina Finalist
Svjetlan Junaković  Xorvatiya Finalist
Adolf Born  Chexiya Finalist
David Wiesner  AQSh Finalist
2010 Jutta Bauer  Germaniya Gʻolib
Carll Cneut  Belgiya Finalist
Etienne Delessert   Shveysariya Finalist
Svjetlan Junaković  Xorvatiya Finalist
Roger Mello  Braziliya Finalist
2012 Peter Sís  Chexiya Gʻolib
John Burningham Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Finalist
Roger Mello  Braziliya Finalist
Mohammad Ali Beniasadi  Eron Finalist
Javier Zabala  Ispaniya Finalist
2014 Roger Mello  Braziliya Gʻolib
Rotraut Susanne Berner  Germaniya Finalist
John Burningham Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Finalist
Eva Lindström  Shvetsiya Finalist
François Place  Fransiya Finalist
Øyvind Torseter  Norvegiya Finalist
2016 Rotraut Susanne Berner  Germaniya Gʻolib
Alessandro Sanna  Italiya Finalist
Suzy Lee  Janubiy Koreya Finalist
Marit Törnqvist  Niderlandiya Finalist
Pejman Rahimizadeh  Eron Finalist
2018 Igor Oleynikov  Rossiya Gʻolib
Pablo Bernasconi  Argentina Finalist
Linda Wolfsgruber  Avstriya Finalist
Xiong Liang  Xitoy Finalist
Iwona Chmielewska  Polsha Finalist
Albertine Zullo   Shveysariya Finalist
2020 Albertine Zullo   Shveysariya Gʻolib
Isabelle Arsenault  Kanada Finalist
Seizo Tashima  Yaponiya Finalist
Sylvia Weve  Niderlandiya Finalist
Iwona Chmielewska  Polsha Finalist
Elena Odriozola  Ispaniya Finalist
2022 Suzy Lee[11]  Janubiy Koreya Gʻolib
Beatrice Alemagna  Italiya Finalist
Ryoji Arai  Yaponiya Finalist
Iwona Chmielewska  Polsha Finalist
Gusti  Argentina Finalist
Sydney Smith  Kanada Finalist
2024[10] Sydney Smith  Kanada Gʻolib
Cai Gao  Xitoy Finalist
Iwona Chmielewska  Polsha Finalist
Nelson Cruz  Braziliya Finalist
Elena Odriozola  Ispaniya Finalist
Paloma Valdivia  Chili Finalist

Mamlakatlar boʻyicha gʻoliblar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻoliblarning aksariyat qismi Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari fuqarolaridir. Ushbu mintaqalardan tashqari mamlakatdan boʻlgan ilk gʻolib 1974-yilda eronlik Farshid Mesghali boʻlgan[12]. Mukofotga sazovor boʻlish muallif va illyustratorlar uchun butun dunyoga tanilish va asarlari keng miqyosda sotilishi uchun debocha hisoblanadi[13]. 2021-yil holatiga koʻra, 25 mamlakat fuqarolari ushbu mukofotga loyiq topilgan. Ular orasida amerikaliklar eng koʻp hisoblanadi. Nemislar toʻrt bora illyustratsiya yoʻnalishida mukofotga loyiq koʻrilgan.

Mamlakat Illyustratsiya uchun Asar uchun Umumiy
 AQSh 1 6 7
 Germaniya 4 2 6
 Yaponiya 2 3 5
Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya 2 3 5
 Chexoslovakiya 3 1 4
  Shveysariya 3 1 4
 Braziliya 1 2 3
 Daniya 2 1 3
 Fransiya 1 2 3
 Avstriya 1 2 3
 Avstraliya 1 1 2
 Italiya 1 1 2
 Niderlandiya 1 1 2
 Shvetsiya 2 2
 Argentina 1 1
 Kanada 1 1
 Xitoy 1 1
 Chexiya 1 1
 Finlandiya 1 1
 Isroil 1 1
 Eron 1 1
 Irlandiya 1 1
 Janubiy Koreya 1 1
 Yangi Zelandiya 1 1
 Norvegiya 1 1
 Ispaniya 1 1
 Polsha 1 1
 Rossiya 1 1
 SSSR 1 1
  1. „Hans Christian Andersen Awards“.
  2. Glistrup 2002, s. 14.
  3. Ellis 1973, s. 20.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Glistrup 2002, s. 15.
  5. 5,0 5,1 Glistrup 2002, s. 16.
  6. Glistrup 2002, s. 17.
  7. „Hans Christian Award jury members“. Glistrup, ed., pp. 119–24. Retrieved 12 July 2013.
  8. 8,0 8,1 „Hans Christian Andersen Award“. International Board on Books for Young People. Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
  9. „Murail, Lee win 2022 Hans Christian Andersen Award“ (en-AU). Books Publishing (2022-yil 22-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  10. 10,0 10,1 Kantor, Emma „Bologna 2024: Heinz Janisch and Sydney Smith Win 2024 Hans Christian Andersen Awards“ (en-US). Publishers Weekly (2024-yil 9-aprel). Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
  11. „Murail, Lee win 2022 Hans Christian Andersen Award“ (en-AU). Books Publishing (2022-yil 22-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  12. Glistrup 2002, s. 19.
  13. Glistrup 2002, s. 20.