Kontent qismiga oʻtish

Anakondalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anakondalar (Eunectus) — boʻgʻma ilonlar urugʻi. Hozirgi ilonlarning eng yirigi — uz. 10 m gacha (qayd qilingan uz. 11,43 m). Sargʻish-kulrang tanasi orqa tomondan 2 qator yirik doira shakli-dagi qoʻngʻir, yon tomonlardan bir necha qator mayda oqish dogʻlar bilan qoplangan. 3 turi tropik. Janubiy Amerikaning daryo, koʻl va botqoqliklarida tarqalgan. Od-diy A. (Ye. murinus) kuproq uchraydi. A. suvda yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi, suv tu-bida uzoq, tura oladi. Suv ostida burun teshiklari klapanlar bilan bekiladi. A. har xil mayda umurtqalilar (kemiruvchilar, tuyoqlilar, toshbaqalar, qushlar, yosh timsohlar), baʼzan uy hayvonlari bilan oziqlanadi, kamdan-kam odamga hujum qiladi. Qurgʻoqchilik mavsumida balchiqqa koʻmilib karaxt boʻlib oladi. Tuxumdan tirik tugʻish (baʼzan tuxum qoʻyish) orqali koʻpayadi. 28dan 42 taga-cha tuxum qoʻyadi. Tuxumlardan darhol yosh ilonlar chiqib, suvga tushib ketadi. A. tutqinlikda 28 yilgacha (oʻrta hisobda 5-6 yil) yashaydi. Terisi, goʻshti va yogʻi uchun ovlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil