Michele Morrone: Versiyalar orasidagi farq
„{{Aktyor bilgiqutisi | ismi = Michele Morrone | tasvir = Michele Morrone Telemagazyn 2019 2.jpg | eni = | izoh = Morrone 2019-yilda | tavallud_paytidagi_ismi = | tavallud_sanasi = {{birth date and age|df=yes|1990|10|3}} | tavallud_joyi = Reggio Calabria, Italiya | vafot_sanasi = | vafot_joyi = | fuqaroligi = | kasbi = {{hlist|Aktyor|qoʻshiqchi|model|moda d...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
2024-yil 30-iyul, 15:36 dagi koʻrinishi
Michele Morrone | |
---|---|
Morrone 2019-yilda | |
Tavalludi |
3-oktyabr 1990-yil |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2011–hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi | Rouba Saadeh (2014—2018) |
Bolalari | 2 |
Michele Morrone (italyancha talaffuzi: [miˈkɛːle morˈroːne]; 1990-yil 3-oktabrda tugʻilgan) – italiyalik aktyor, model, qoʻshiqchi va dizayner. Italiya va Polsha filmlarida suratga tushgan. U 2020-yilda suratga olingan „365 dni“ (oʻzbekcha: 365 kun) romantik dramasida hamda uning davomi sifatida 2022-yilda taqdim etilgan „365 dni: Ten dzień“ (oʻzbekcha: 365 kun: Bu kun) va „Kolejne 365 dni“ (oʻzbekcha: Keyingi 365 kun) filmlarida Massimo Torricelli rolini ijro etganidan soʻng xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan.
Hayoti
Morrone 1990-yil 3-oktabrda Italiyaning Reggio Calabria shahrida tugʻilgan[1][2]. U toʻrt farzandning eng kichigi boʻlib, undan katta uchta opasi bor. Uning otasi qurilish ishchisi boʻlib ishlagan va 2003-yilda Morrone 12 yoshga toʻlganida vafot etgan[3][4]. Uning onasi Angela tikuvchi boʻlgan. Ona tarafdan bobosi Natale Bitontodan boʻlgan[2], ammo bolalari yoshligida yaxshiroq ish topishi uchun Melegnanoga koʻchib oʻtishgan[5].
Morrone 11 yoshida Harry Potter filmini tomosha qilganidan soʻng aktyor boʻlishga qaror qilgan[4]. U oʻrta maktabda oʻqib yurgan paytlarida maktabdan keyingi dasturlarda rol oʻynay boshlagan[6]. Morrone yomon xulq-atvori va qilgan shoʻxliklari uchun oʻrta maktabning birinchi yilini takroran oʻqigan[7]. Keyin u Pavia shahridagi Teatro Fraschini di Pavia teatrida aktyorlik boʻyicha professional tarzda tahsil olgan[8].
Karyerasi
Aktyorlik karyerasi
Morronening aktyorlik karyerasi 2011-yilda Piergiorgio Seidita rejissyorligidagi uch epizodli veb-serialda Riccardo rolini oʻynashdan boshlangan[8][9]. Serial bir mavsumdan keyin bekor qilingan. Shuningdek, u 2012-yilda Italiyaning qizlardan iborat boʻlgan Makay guruhining klipida chiqqan. Bu sohada koʻproq tajriba orttirganidan soʻng, u qisqa metrajli filmlarda bosh rollarni oʻynay boshlagan. U „Il Tempo di una Sigaretta“ va „E la Vita Continua“ filmlarida rol ijro etgan[8]. U „Che Dio ci Aiuti“ nomli shouda ishtirok etgan. Uning rol ijro etgan filmlar orasida „Come un Delfino“ (2011), „Provaci Ancora“ (2015), „Squadra Antimafia“ (2015), „Sirene“ (2016), „Renata Fonte“ (2017), „Il Processo“ („The Trial“) (2018) va „Medici“ (2018) kabi italyan teleseriallari ham bor[8]. 2016-yilda u „Dancing with the Stars“ („Ballando con le Stelle“) loyihasining italyancha versiyasining oʻn birinchi mavsumida ishtirok etgan va u yerda ikkinchi oʻrinni egallagan. 2019-yilda Morrone „Bar Juzeppe“ filmida Luidji rolini oʻynagan.
2020-yilda Morrone „365 dni“ filmida mafiya jinoyatchisi Massimo Torricelli rolini ijro etgandan soʻng xalqaro miqyosda mashhur boʻlgan. Film Polshada 2020-yil 7-fevralda kinostudiyalarda namoyish etilgan va keyinchalik 2020-yil 7-iyunda Netflixda taqdim etilgan. U prodyuserlik kompaniyasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan va trilogiyani yakunlash uchun yana ikkita filmda („365 dni: Ten dzień“ va „Kolejne 365 dni“) suratga tushgan.
Musiqiy karyerasi
Morrone professional gitarachi va qo‘shiqchi. U 25 yoshida YouTubeda videolar tomosha qilish orqali gitara chalishni oʻrgangan[4]. 2020-yil 14-fevralda u „Dark Room“ nomli ilk albomini chiqargan. Albomdan „365 dni“ filmining rasmiy saundtrekiga aylangan bir nechta qoʻshiqlar, jumladan, uning eng mashhur qoʻshiqlaridan biri boʻlgan „Feel It“ qoʻshigʻi oʻrin olgan. Qoʻshiqning musiqiy klipi aktrisa Anna Mariya Sieklucka bilan birgalikda ijro etgan sahnalari mavjud[10]. Albom „AGORA S. A.“ leybli orqali taqdim etilgan[11].
Morrone 2020-yil 16-yanvarda oʻzining shaxiy YouTube kanalini ochgan. Uning kanalida bir milliondan ortiq obunachi nor boʻlib, videolari umumiy 104 million martadan ortiq koʻrilgan (2020-yil 8-avgust holatiga koʻra). Uning kanalida eng koʻp koʻrilgan video „Feel It“ klipi boʻlib, u 51 million martadan ortiq tomosha qilingan.
Biznesi
2020-yil 2-avgustda Morrone „AurumRoma“ nomli ayollar kiyimlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos solgan[12]. U 2020-yil 8-avgustda Instagramdagi jonli efiri orqali kompaniyaning uniki ekanligini tasdiqlagan. Jonli efirdan koʻp oʻtmay, kompaniyaning veb-sayti bir vaqtning oʻzida juda koʻp xaridor foydalanganligi sababli ishdan chiqqan. Morrone moda dizayneri Chiara Pollano bilan hamkorlikda oʻz dizaynlarini yaratadi. Kompaniyaning egalik huquqi Morronega tegishli va Spazio Arco kompaniyasi tomonidan boshqariladi.
Shaxsiy hayoti
Morrone 2014-yilda livanlik stilist Ruba Saada bilan turmush qurgan. Er-xotin Italiya va Livanda nikohidan oʻtishgan[3]. Ular 2018-yilda ajrashishgan, ammo qonuniy nikohda qolishgan[13]. Ularning 2014 va 2017-yillarda tugʻilgan ikkita oʻgʻli bor.
Diskografiyasi
Albomlari
Yil | Albom | Maʼlumotlari | Chartlardagi oʻrni | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
SWI [14] |
FR [15] |
BE (Wal) [16] |
PL [17] |
GER [18] | |||
2020-yil | Dark Room | 63 | 195 | 178 | 2 | 72 | |
2023-yil | Double | – | – | – | – | — |
Singllari
Singl | Yil | Chartlardagi oʻrni | Sertifikat | Albom | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|
POL (airplay) [23] |
POL (airplay nowości) [24] |
RUM (airplay) [25] | |||||
„Feel It“ | 2020-yil | 27 | 5 | 72 | Dark Room | ||
„Hard For Me“ | — | — | — |
| |||
„Beautiful“ | 2021-yil | — | — | — | Double | ||
„Another Day“ | 2022-yil | — | — | — | |||
„Player“ | — | — | — | ||||
„Angels“ | — | — | — | ||||
„Push Me“ | 2023-yil | — | — | — | |||
„Bad Game“ | — | — | — | ||||
„Sweat Dreams (Are Made Of This)“ | — | — | — | ||||
„—“ ushbu hududda chartga kiritilmagan yoki chiqarilmagan singlni bildiradi. |
Reklama singllari
Singl | Yil | Chartlardagi oʻrni | Albom | |||
---|---|---|---|---|---|---|
BEL (Wal) [16] |
POL (airplay) [23] |
POR [27] |
SWI [14] | |||
„Next“ | 2020-yil | — | — | — | — | Dark Room[28] |
„Dad“ | — | — | — | — | ||
„Do It Like That“ | — | — | — | — | ||
„Drink Me“ | — | — | — | — | ||
„No One Cares“ | — | — | — | — | ||
„Dark Room“ | — | — | — | — | ||
„Hard For Me“ | — | 45 | 12 | 68 | ||
„Rain In The Hearth“ | — | — | — | — | ||
„Watch Me Burn“ | — | — | — | — | ||
„—“ ushbu hududda chartga kiritilmagan yoki chiqarilmagan singlni bildiradi. |
Filmografiyasi
Filmlari
Yil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2017-yil | Whoʼs the Beast | Peter | Qisqa metrajli film |
2018-yil | L’ultimo giorno del toro | Valerio | |
2019-yil | Bar Joseph (Bar Giuseppe) | Luigi | |
2020-yil | 365 dni | Don Massimo Torricelli | |
2022-yil | 365 dni: Ten dzień | Don Massimo Torricelli / Adriano Torricelli | |
Kolejne 365 dni | Don Massimo Torricelli | ||
Duetto | Marcello Bianchini | ||
TBA | Subservience | Suratga olinmoqda |
Teleseriallari
Yil | Teleserial | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2015-yil | Provaci ancora prof! | Bruno Sacchi | Epizod: „Passioni sprecate“ |
2017-yil | Sirene | Ares aka Gegè | Teleserial |
2018-yil | Renata Fonte | Marcello My | Televizion film |
2019-yil | Medici | Kema kapitani | 2 ta qism |
The Trial | Claudio Cavalleri | 8 ta qism |
Kliplari
Yil | Klip | Qoʻshiqchi(lar) | Leybl | Manba |
---|---|---|---|---|
2020-yil | „Hard For Me“ | Michele Morrone | Universal Music | [29] |
„Hard For Me (Acoustic)“ | [30] | |||
„Dad (Acoustic)“ | [31] | |||
2021-yil | „Beautiful“ | [32] | ||
2022-yil | „Another Day“ | [33] | ||
„Mud Mud Ke“ | Tony Kakkar, Neha Kakkar | Desi Music Factory | [34] | |
2023-yil | „Push Me“ | Michele Morrone | Universal Music | [35] |
Mukofotlari
Yil | Mukofot | Yoʻnalish | Nominant | Natija | Manba |
---|---|---|---|---|---|
2020-yil | Distinctive International Arab Festivals Awards | — | Michele Morrone | Yutuq | [36] |
2021-yil | Oltin malina mukofoti | Eng yomon aktyor | 365 dni | Nominatsiya | [37] |
Manbalar
- ↑ „Michele Morrone set to star in a Bollywood film? All you need to know about the 365 Days actor“. The Indian Express (2021-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 9-iyun. „Morrone was born on October 3, 1990 in Reggio Calabria, Italy.“.
- ↑ 2,0 2,1 „Michele Morrone - Verissimo Video“.
- ↑ 3,0 3,1 „Michele Morrone dopo Ballando con le stelle si svela e presenta la moglie segreta“ (Italian). Tvzap (2016-yil 3-may).
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Maffioletti, Chiara „Michele Morrone, il sex addicted di "365 giorni" ora è una star musicale“ (Italian). Corriere della Sera (2020-yil 8-iyun).
- ↑ Moretti, Carmela „Bitonto a Ballando con le stelle di Rai Uno con Michele Morrone“ (Italian). DaBitonto (2016-yil 19-mart).
- ↑ „Sirene al Genovesi - Intervista a Michele Morrone“.
- ↑ „NDP 2020: National Day Message and morning parade“.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 „Michele Morrone“ (Italian). Take Off Artist Management.
- ↑ Marseglia, Daniele „Telefilm Central intervista Piergiorgio Seidita, regista della nuova web serie Second Chance“ (Italian). Telefilm Central (2013-yil 22-fevral).
- ↑ „Video“. www.youtube.com. Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
- ↑ „dark room album songs - Google Search“. www.google.com.
- ↑ „Aurumroma“. www.facebook.com.
- ↑ katiegarrity „Michele Morrone Opened up About How Hard His Divorce Was on Him“ (en-US). Distractify (2020-yil 5-iyun). Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
- ↑ 14,0 14,1 „Discographie Michele Morrone - hitparade.ch“. hitparade.ch. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ „lescharts.com - Discographie Michele Morrone“. lescharts.com. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ 16,0 16,1 „Discographie Michele Morrone“. ultratop.be. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Oficjalna lista sprzedaży“. OLIS - Official Retail Sales Chart. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Offizielle Deutsche Charts“. Offizielle Deutsche Charts. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Wykonawca: Michele Morrone Tytuł: Dark Room“. Zpav - OLIS. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Dark Room by Michele Morrone“. Apple Music (2020-yil 14-fevral). Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Wykonawca: Michele Morrone Tytuł: Dark Room“. Zpav - OLIS. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Dark Room by Michele Morrone“. Apple Music (2020-yil 14-fevral). Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ 23,0 23,1 "Feel It" – „ZPAV :: Bestsellery i wyróżnienia - AirPlays - Top - Archiwum“ (pl).
"Hard For Me" – „ZPAV :: Bestsellery i wyróżnienia - AirPlays - Top - Archiwum“ (pl). - ↑ „ZPAV :: Bestsellery i wyróżnienia - AirPlays - Nowości - Archiwum“. bestsellery.zpav.pl. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
- ↑ Arvunescu, Victor.. „Top Airplay 100 – Iuliana Beregoi vine pe primul loc cu o piesă super catchy!“ (Romanian). Un site de muzică (2021-yil 8-fevral). 2021-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
- ↑ 26,0 26,1 „Brazilian single certifications – Michele Morrone“ (pt). Pro-Música Brasil. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
- ↑ „Hard For Me by Michele Morrone - Music Charts“. acharts.co. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Michele Morrone | Songs“ (en). AllMusic. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
- ↑ Michele Morrone - Hard For Me (Official Music Video) (inglizcha), 2020-07-24
- ↑ Michele Morrone - Hard For Me (Acoustic) Official Music Video (inglizcha), 2020-12-11
- ↑ Michele Morrone - Dad (Acoustic) Official Music Video (inglizcha), 2020-12-20
- ↑ Michele Morrone - Beautiful (Official Music Video) (inglizcha), 2021-03-07
- ↑ Michele Morrone - Another Day (Official Music Video) (inglizcha), 2022-04-27
- ↑ „'Mud Mud Ke' full song: Jacqueline Fernandez and Michele Morrone's chemistry is a winner, but the twist in the end takes the cherry on the cake - WATCH - Times of India“. The Times of India.
- ↑ Michele Morrone - PUSH ME (Official Music Video) (inglizcha), 2023-01-18
- ↑ „Sajal Aly, Michele Morrone cross paths at DIAFA“. The Express Tribune (2020-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
- ↑ „'Dolittle' Tops Razzie Awards Nominations“. hollywoodreporter.com (2021-yil 11-mart). Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
Havolalar
- Michele Morrone Instagram sahifasi
- Michele Morrone IMDbda