Foydalanuvchi:Tahrirchiqiz/William Faulkner: Versiyalar orasidagi farq
„William Faulkner“ sahifasi tarjima qilib yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
2024-yil 2-iyun, 04:11 dagi koʻrinishi
William Faulkner | |
---|---|
Tavalludi |
William Cuthbert Falkner 25-sentyabr 1897-yil |
Vafoti |
6-iyul 1962-yil (64 yoshda) Byhalia, Mississippi, AQSh |
Taʼlimi | Mississippi universiteti (no degree) |
Mukofotlari |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Estelle Oldham (turm. 1929) |
Imzosi | |
William Cuthbert Faulkner(1897-yil 25-sentyabr – 1962-yil 6-iyul)— amerikalik yozuvchi. U oʻzining romanlari va qisqa hikoyalarida Mississippi shtatidagi Lafayette okrugiga asoslangan xayoliy Yoknapatawpha okrugini ko'p tasvirlagan. Nobel mukofoti laureati bo'lgan Faulkner Amerika adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri bo'lgan va janub adabiyotning eng buyuk yozuvchisi deb hisoblangan.
Faulkner Mississippi shtatining Nyu-Albani shahrida tug'ilgan va Mississippining Oksford shaharchasida ulg'aygan. Birinchi Jahon urushi davrida Kanada Qirollik havo kuchlariga qo'shiladi , ammo jangda ishtirok eta olmaydi. Oksfordga qaytganidan so'ng, u Missisipi universitetida 3 semestr davomida tahsil oladi, ammo keyin universitetni tashlab ketadi. UYangi Orleanga ko'chib o'tadi va o'sha yerda o'zining ilk romani „Askar mukofoti“ (1926)ni yozdi. U yana Oksfordga qaytib boradi va Sartoris (1927) asarini yaratadi. 1929-yilda u „Shovqin va gʻazab“ (1929) asarini nashr qildiradi[1].
Malcolm Cowleyning The Portable Faulkner asari nashrdan chiqqanidan so'ng Faulknerning obro'si oshadi va shundan so'ng uni 1949-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlashadi[2]. Natijada William Cuthbert Faulkner Missisipida tug'ilgan yagona Nobel mukofoti sovrindori. Uning ikkita asari - "Fable" (1954) va "The Reivers " (1962) badiiy adabiyot bo'yicha Pulitser mukofotiga sazovor bo'ldi. 1962-yil 6-iyulda Faulkner yurak huruji sababli vafot etadi. Ralph Ellison unga " Janubning eng yaxshi yozuvchisi" deb tarif bergan.
Hayoti
Bolaligi
William Cuthbert Faulkner 1897-yil 25-sentabrda Mississippi shtatining Nyu-Olbani shahrida[3] Murry Cuthbert Faulkner (1870–1932) va Maud Butler (1871–1960)larning toʻrt farzandning to'ng'ichi boʻlib tugʻilgan[4]. Uning oilasi yuqori o'rta tabaqadan edi, shunga qaramasdan " eski feodal paxta aristokratiyasidan ham emas"[5]. Maud Murryning Texasda chorvador bo'lish rejasini rad etganidan so'ng[6], ular 1902-yilda Mississippi shtatining Oksford shahriga ko'chib o'tishadi[7]. U yerda Faulknerning otasi Mississippi universitetining biznes menejeri bo'lishdan oldin apparat do'konini tashkil qildi[8][7]. Boshqa joylardagi qisqa muddat davomida yashaganini hisobga olmaganda, Faulkner umrining oxirigacha Oksfordda yashaydi[9][10].
Yangi Orlean va ilk romanlari
Faulkner avlodining aksariyat yozuvchilari Yevropaga sayohat qilgan va yashagan bo‘lsa, Faulkner Qo‘shma Shtatlarda yozishni davom ettiradi[11]. Faulkner 1925-yilning birinchi yarmini ko'plab bohem rassomlari va yozuvchilari yashaydigan Yqangi Orleanda (Luiziana shtati) o'tkazadi. Keyinchalik mart oyidan boshlab fransuz kvartalida yashadi[12]. U Yangi Orleanda bo'lgan vaqtlarida she'riyatdan tashqari nasrda ham ijod qildi va adabiy uslubini Viktoriyadan modernizmga o'zgartiradi[13]. The Times-Picayuneda esa bir nechta qisqa nasriy asarlari chop etiladi[14].
Nobel mukofoti
Faulkner 1949-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga “zamonaviy Amerika adabiyotiga qoʻshgan qudratli va noyob hissasi” uchun sazovor boʻladi[15]. U yana bir yil o'tib, 1950-yilda Bertran Rassell mukofoti bilan taqdirlandi[16].
Asarlari
Faulknerning "Bu o'n uchlar " (1931) nomli ilk hikoyalar to'plamiga uning "A Rose for Emily", "Red Leaves", " That Evening Sun " va "Dry September" kabi eng mashhur (va tez-tez antologizatsiya qilingan ) hikoyalari kiritiladi. Uning asarlarida Yoknapatawpha okrugi hayoliy manzara sifatida tasvirlangan[17].
U ikkita she'riy to'plamini yozadi va ularni kichik bosma nashrlarda chop qildiradi. "The Marble Faun" (1924) va "A Green Bough" (1933) va "Knight's Gambit " (1949) to'plamlari shular jumlasidan.
Shuningdek, u 1951-yilda “Hikoyalar jamlanmasi” va 1955-yilda “A Fable” uchun AQSh Milliy kitob mukofotiga ikki marotaba sazovor boʻlgan[18][19].
Tanlangan asarlari ro'yxati
- Shovqin va gʻazab (1929)
- Oʻlim toʻshagida (1930)
- Ibodatxona (1931)
- Light in August (1932)
- Avessalom, Avessalom (1936)
- The Wild Palms (1939)
- Go Down, Moses (1942)
- Intruder in the Dust (1948)
- A Fable (1954)
- The Reivers (1962)
Filmography
- Flesh (1932)
- Today We Live (1933)
- The Story of Temple Drake (1933)
- Submarine Patrol (1938)
- Air Force (1943)
- To Have and Have Not (1944)
- The Big Sleep (1946)
- Land of the Pharaohs (1955)
Manbalar
Havolalar
- William Faulkner Virjiniya universitetidagi hujjatlari
- Garri Ransom markazidagi William Faulkner Papers kolleksiyasi
- William Faulkner ishlari kitob shaklida
- William Faulkner ishlari
- William Faulkner ishlari va u haqidagi asarlar
- William Faulkner ishlari audio shaklda
- Tahrirchiqiz/William Faulkner IMDbda
- Raqamli Yoknapatawpha
- Virjiniyadagi Faulkner: Audio arxiv
- William Faulkner oilaviy kolleksiyasi (MUM00125)
[[Turkum:Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari]] [[Turkum:Amerikalik erkak ssenaristlar]] [[Turkum:1962-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1897-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari]] [[Turkum:AQSh adabiyoti]]
- ↑ Phillips (1980), p. 50.
- ↑ „The Nobel Prize in Literature 1949“ (en-US). NobelPrize.org. 2020-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
- ↑ Minter (1980), p. 1.
- ↑ MWP: William Faulkner (1897–1962) (Wayback Machine saytida November 1, 2015, sanasida arxivlangan), OleMiss.edu; accessed September 26, 2017.
- ↑ „Faulkner's Home, Family and Heritage Were Genesis of Yoknapatawpha County“. The New York Times (1962-yil 7-iyul). 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
- ↑ Minter (1980), p. 7.
- ↑ 7,0 7,1 Minter (1980), p. 8.
- ↑ O'Connor (1959), p. 4.
- ↑ MWP: William Faulkner (1897–1962) (Wayback Machine saytida November 1, 2015, sanasida arxivlangan), OleMiss.edu; accessed September 26, 2017.
- ↑ Andoza:Nobelprize
- ↑ Pikoulis (1982), p. ix.
- ↑ Koch (2007), pp. 55—56.
- ↑ Koch (2007), pp. 56, 58.
- ↑ Koch (2007), pp. 58.
- ↑ „The Nobel Prize in Literature 1949“. Nobelprize.org. 2020-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyul.
- ↑ „The Nobel Prize in Literature 1949: Documentary“. Nobelprize.org. 2009-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyul.
- ↑ Pikoulis (1982), p. 2.
- ↑ "National Book Awards – 1951" (Wayback Machine saytida October 28, 2018, sanasida arxivlangan). National Book Foundation. Retrieved 2012-03-31. (With essays by Neil Baldwin and Harold Augenbraum from the Awards 50- and 60-year anniversary publications.)
- ↑ "National Book Awards – 1955" (Wayback Machine saytida April 22, 2019, sanasida arxivlangan). National Book Foundation. Retrieved 2012-03-31. (With acceptance speech by Faulkner and essays by Neil Baldwin and Harold Augenbraum from the Awards 50- and 60-year anniversary publications.)