Yevrosiyo
Yevrosiyo, Yer sharidagi eng katta materik boʻlib, tarkibi Yevropa va Osiyo qitʼalaridan iborat.[3][4] Yer maydoni 55 million km2, shundan 2,75 million km2'i orollar hisoblanadi. Materikning uzunligi gʻarbdan sharqqa 16 ming km, eni shimoldan janubga 8 ming km. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, gʻarbda Roka burni, sharqda Dejnev burni. Yevrosiyoga Yer sharidagi quruqlikning 36,6%'i toʻgʻri keladi, materikda Yerdagi jami aholining qariyb 74%'i yashaydi. Aholisi 5,2 milliard kishi (19-oktabr 2017).[5][6]
Maydoni | 55,000,000 km² |
---|---|
Aholisi | 5,262,489,285 (19-noyabr 2017)[1][2] |
Aholi zichligi | 93/km2 |
Etnoxoronim | Yevrosiyolik |
Davlatlar | ~93 ta |
Vaqt mintaqalari | UTC−1 dan UTC 12gacha |
Yirik shaharlar |
Xitoy Beijing |
Yevrosiyoning janubi-sharqidagi bir qancha orollar janubiy yarimsharda joylashgan. Yevrosiyoni gʻarbdan Atlantika okeani, shimoldan Shimoliy Muz okeani, janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari oʻrab olgan. Yevrosiyo eng qadimgi madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bogʻlovchi „Buyuk Ipak yoʻli“ning ahamiyati katta boʻlgan. Quruqlikning yaxlitligi, koʻpgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy tarixiy hodisalarning oʻxshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. „Yevrosiyo“ tushunchasi geologiya va geografiya fanlariga 1883-yilda E. Zyuss tomonidan kiritildi.[7]
Yevroosiyo yer yuzasidagi eng katta eng baland materik (8848). Shimoliy yerimsharning sovuqlik qutbi mavjud. Yevroosiyo hududida sakkiz minglik 14 ta choʻqqining barchasi joylashgan. Qor chizigʻi eng balanddan oʻtgan joy balandlik qutbi (6400 m,Markaziy Tibet) shu yerda. Eng chuqur va eng katta koʻli bor, eng uzun lianalar (300) ham shu yerda oʻsadi.
Geografik oʻrni
tahrirYevroosiyo materigi Shimoliy yarimsharda toʻliq joylashgan (Malayya arxipelagining ayrim orollari ekvatordan janubda). Yevropa atamasi qadimgi finikiyaliklarning (assiriya) Yerep — gʻarb va Osiyo atamasi Osu esa sharq soʻzlaridan kelib chiqqan. Yevroosiyo materigi sharqda Bering boʻgʻizi orqali Shimoliy Amerikadan gʻarbda Gibraltar boʻgʻizi uni Afrikadan ajratib turadi. Yevroosiyoning Atlantika va Tinch okean qirgʻoqlari kuchli parchalangan. Materik atrofida minglab orol va koʻplab yarimorollar joylashgan.
Oʻrganilish tarixi
tahrirYevroosiyo eng qadimgi svilizatsiya markazi hisoblanadi. Materik toʻgʻrisidagi dastlabki geogrfik maʼlumotlar qadimgi faylasuf, tabiatshunos allomalardan Gerodot (er. Av. 485-425 -yillar) Geraklit , Strabon, Aflotun, Ptolomey va boshqalarning asarlarida berilgan. Yevroosiyoning ichki oʻlkalarini oʻrganishda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning (783-850-yil) boshchiligida 70 ga yaqin olimlar Jahon xaritalarini tuzishgan. Zahiriddin Bobur Boburnoma asarida Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Hindiston hududining aholisi, xoʻjaligi haqida qimmatli malumotlar yozib qoldirgan.
Geologik tuzilishi
tahrirGeologik jihatdan Yevroosiyo qadimgi mustahkam platformalardan va ularni tutashtiruvchi turli yoshdagi burmali mintaqalardan tashkil topgan. Qadimgi Lavraziya materigining parchalanishidan Yevroosiyo va Shimoliy Amerika ajralgan (65 million yil muqaddam). Hozirgi vaqtda Yevroosiyo materigida ikkita faol geosinklinal mintaqa bor: Alp-Himolay va Tinch okean olovli halqasi. Bu mintaqalarda harakatdagi vulqonlar, dahshatli zilzilalar tez-tez boʻlib turadi.Bu mintaqa togʻlari yosh, burmali, palaxsali togʻlar boʻlib, baʼzi joylarda zanjirli tizimlarni (Alp-Himolay), boshqa joyda togʻ tugunlarini (masalan Tibet, Pomir) hosil qiladi. Alp-Himolay geosinklinal mintaqasining Oʻrta dengiz qismida Etna, Strombolli, Vezuviy kabi harakatdagi vulqonlar, bizning oʻlkmiz — Oʻrta va Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli zilzilalar (Ashxobod — 1948, Toshkent — 1996, Hindukush — 2002, Eron — 2003 ba b.) bor. Bular yer poʻstining faolligidan dalolat beradi.
Tuproqlari
tahrirTabiat zonalari | tuproqlari |
---|---|
Arkrika sahrolari zonasi | - |
Tundra zonasi | tundra-gleyli, torfli-gleyli |
Oʻrmon tundra zonasi | podzolli-gleyli, torfli-podzolli, botqoq |
Tayga zonasi | podzol |
Aralash oʻrmonlar zonasi | chimli-podzol |
Keng bargli oʻrmonlar zonasi | qoʻngʻir oʻrmon |
Oʻrmon-dasht va dasht | sur-qoʻngʻir, qora |
Chalachoʻl zonasi | qoramtir kashtan, tipik kashtan, och kashtan |
Choʻl zonasi | qumoq, shoʻrxok sur qoʻngʻir, och boʻz |
Subtropik oʻrmonlar va butazorlar | jigarrang |
Ekvatorial nam oʻrmonlar zonasi | ferralit-laterit |
Himolay togʻlaridagi botqoqlashgan changalzorlar balandlik mintaqasi | qorabalchiq-botqoq |
Himolay togʻlaridagi tropik nam oʻrmonlar balandlik mintaqasi | ferralit |
Himolay togʻlaridagi subekvatorial doimiy yashil oʻrmonlar balandlik mintaqasi | oʻrmon-qoʻngʻir |
Himolay togʻlaridagi igna bargli oʻrmonlar balandlik mintaqasi | chala-podzol |
Himolay togʻlaridagi baland boʻyli subalp va past boʻyli alp oʻtloqlari balandlik mintaqasi | togʻ-oʻtloq |
Alp togʻlari | podzol, qoʻngʻir |
Gʻarbiy Sibir tabiiy geografik oʻlkasi | tundra-gleyli, podzol, botqoq, unumdor qora |
Sharqiy Sibir tabiiy geografik oʻlkasi | tundra gleyli, torfli gleyli, botqoq, podzol |
Buyuk Xitoy teksligi | unumdor qoʻngʻir |
Old Osiyo tabiiy geografik oʻlkasi | och kashtan, qoʻngʻir va och jigarrang, oʻrmon qoʻngʻir, togʻ podzol |
Himolay togʻlarida subtropik doimiy yashil oʻrmonlar balandlik mintaqasi | oʻrmon-qoʻngʻir |
Manbalar
tahrir- ↑ „Population of Europe (2018) - Worldometers“. www.worldometers.info. Qaraldi: 31-mart.
- ↑ „Population of Asia (2018) - Worldometers“. www.worldometers.info. Qaraldi: 31-mart.
- ↑ Nield, Ted „Continental Divide“. Geological Society. Qaraldi: 8-avgust 2012-yil.
- ↑ „How many continents are there?“. National Geographic Society. — „By convention there are seven continents: Asia, Africa, North America, South America, Europe, Australia, and Antarctica. Some geographers list only six continents, combining Europe and Asia into Eurasia. In parts of the world, students learn that there are just five continents: Eurasia, Australia (Oceania), Africa, Antarctica, and the Americas.“. 2019-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2017. (Wayback Machine saytida 2019-07-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Population of Europe (2018) - Worldometers“. www.worldometers.info. Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
- ↑ „Population of Asia (2018) - Worldometers“. www.worldometers.info. Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
tahrir- Geografiya fanidan maʼlumotnoma. Akademnashr — 68-bet. ISBN 978-9943-6362-4-8.
- The Dawn of Eurasia: On the Trail of the New World Order by Bruno Maçães, Nashriyot: Allen Lane
- D. Lane, V. Samokhvalov, The Eurasian Project and Europe Regional Discontinuities and Geopolitics, Palgrave: Basingstoke (2015)
- V. Samokhvalov, The new Eurasia: post-Soviet space between Russia, Europe and China, European Politics and Society, Volume 17, 2016 – Issue sup1: The Eurasian Project in Global Perspective (Jurnal boshsahifasi)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |