Tangri – 1) Xudo, Alloh. Tangrichilik dinida xudoning nomi. „Tangri“ atamasi ko'p Osiyo xalqlarining eng qadimiy mifologik fondiga kiradi. Tangri qadimgi shumer tilida (mil. av. 3-ming yillik) tengri, tengir, dengri, dengir; oltoycha tengri, tengeri; ozarbayjoncha dengri, dengir; xakascha tigir, ter; tuvacha deer; chuvashcha tura; yakutcha tangara; mongolcha tenger; buryatcha tengeri, tengri; qalmiqcha tenger; yaponcha tenri. U qadimgi xunnu tilida ham mavjud boʻlgan (mil. av. 3-asr va undan ham avvalroq). Tadqiqotchilar Tangrini kengroq talqinda shumercha – tengir – „koinot“, „dengiz“ bilan bogʻlaydilar. Tangri haqidagi tasavvur osmon ruhi egasi gʻaqidagi animistik diniy eʼtiqodlar asosida shakllangan boʻlib, unda osmon ham bevosita oʻzining koʻrinishida, ham T. yashaydigan fazo sifatida tasavvur etilgan; 2) Islom dinini ommaviy ravishda qabul qilgan turkiy xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda Allohning nomlaridan biri sifatida ishlatiladi.


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Yana qarang

tahrir