Spinozavr

Teropod dinozavrlardan biri

Spinozavr („umurtqali kaltakesak“ degan maʼnoni anglatadi) — dinozavrlarning bir turi boʻlib, u hozirgi Shimoliy Afrikada Kech boʻr davrining senoman va yuqori turon bosqichlarida, taxminan 99-93,5 million yil oldin, yashab oʻtgan.[1][2]

Spinosavrning 2020-yilgi qayta tuzilishi

Ushbu tur vakili, ilk marta, 1912-yilda Misrda olib borilgan qazishma ishlari davomida aniqlangan hamda 1915-yilda nemis paleontologi Ernst Stromer tomonidan tavsiflangan. Asl topilmalar Ikkinchi Jahon urushi davrida yakson qilingan, biroq, qoʻshimcha materiallar 21-asrning boshlarida oʻrganilgan. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan va qazilma namunalari asosida oʻrganilgan bir yoki ikki xil turi mavjud (aniqlashtirilmagan). Aniqlangan tur sifatidan tan olinuvchi Spinozavr Misr mamlakati hududidan topilgan va unga Spinozavr aegyptiacus deya nomlangan. Potensial ravishda koʻriluvchi ikkinchi tur Spinozavr maroccanus, deya, topilma aniqlangan mamlakat sharafiga (Marokash) nomlangan. Spinosauridlar turkumiga kiruvchi Sigilmassazavr ham baʼzi mualliflar tomonidan Spinozavr aegyptiacus nomi bilan sinonimlashtirilgan, ammo, aksari tadqiqotchilar uni alohida takson boʻlishini taklif qilishadi.

Spinosavr- hozirgi kungacha maʼlum boʻlgan quruqlikdagi yirtqich hayvonlarning eng yirigi. Ushbu dinozavr bilan solishtirish mumkin boʻlgan ulkan yirtqichlar orasida Tiranazavr, Gigantozavr va Karxarodontozavr kabi bir qancha misollar mavjud. 2005, 2007 va 2008-yillarda amalga oshirilgan hisob-kitoblarga koʻra, unng uzunligi 12 metrdan 18 metrgacha (41-59 ft) hamda ogʻirligi 7-20 tonna orasigacha boʻlishi mumkinligi aniqlangan.[3][4][5] 2014—2018-yillarda yangidan olib borilgan nisbatan toʻliqroq hisob-kitoblar majmuasi avvalgi tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatladi va Spinozavrning uzunligini 15-16 metr (49-52 ft)gacha yetishi mumkinligini aniqladi.[6][7][8] Spinozavrning bosh suyagi zamonaviy timsohnikiga oʻxshash boʻlib: uzunchoq, nisbatan tor tuzilmaga hamda konussimon tishlar shoshqatoriga ega edi. Uning uch barmoqli qoʻllari boʻlgan. Oyogʻi baland va mustahkam tuzilmada tashkil topgan. Spinozavr umurtqa pogʻonasi uzunchoq choʻzilmasimon boʻlgan. Oʻziga xos nerv umurtqalari kamida 1.65 metr (5.4ft) gacha uzunlikkacha osa olgan. uzunligi va ularni bir-biriga bogʻlab turadigan teriga ega boʻlib, yelkanga oʻxshash tuzilishga ega boʻlishi mumkin edi, garchi baʼzi mualliflar umurtqa pogʻonasi yogʻ bilan qoplangan va tepalik hosil qilgan deb taxmin qilishgan.[8] Spinozavrning son suyaklari kichik, oyoqlari esa tanaga mutanosib ravishda qisqa edi.

Spinozavr baliq bilan ozuqlangani olimlarga maʼlum. Aksari tadqiqodchilar ushbu zavr oʻz ljasini quruqlikda turib suvdan ovlagan deb hisoblashadi. Dalillar shuni koʻrsatadiki, Spinozavr reptiliya (sudralib yuruvchilar) hisoblangan: zamonaviy timsohlar singari quruqlikda ham, suvda ham jon saqlagan. Spinozavrning oyoq suyaklarida osteoskleroz (yuqori suyak zichligi) boʻlgan. Bu esa suzishni yaxshiroq nazorat qilishga imkon berardi. Dumi suv ostida eshkak sifatida foydalanish uchun xizmat qilgan. Yuqori tanasidagi „yelkan“ bir nechta vazifalarni bajarish uchun xizmat qilgan. Jumladan raqiblarni qoʻrqitish yoki turidagi moda dinavrlarni oʻziga jalb etish uchun. Spinozavr koʻplab boshqa dinozavrlar, shuningdek, timsohlar, kaltakesaklar, toshbaqalar, pterozavrlar va plesiozavrlar singari suv toshqini koʻp boʻlib turuvchi va nam sharoitdagi oʻrmonlarda yashagan.

Nomlanishi

tahrir

Turga nom berish jarayoni

tahrir

Spinosazavrning ikkita turi nomlangan. Ular: Spinosazavr aegyptiacus („Misrlikning umurtqa pogʻonasi“) va bahsli tur hisoblanmish Spinosazavr maroccanus („Marokashlikning umurtqa pogʻonasi“ degan maʼnoni anglatadi)

Spinosazavrning ilk qoldiqlari 20-asr boshlarida topilgan va tasvirlangan. 1912-yilda Richard Markgraf Misrning gʻarbiy qismidagi Bahariya shakllanishida ulkan teropod dinozavrining skeletin qismlarini topadi. 1915-yilda nemis paleontologi Ernest Stromer ushbu topilma namunani „Spinosazvr aegyptiacus — yangi turga yangi nom“ maqolasida nashr ettiradi.[9]

1934-yilda Stromer tomonidan Bahariyadan parcha qoldiqlari, jumladan, umurtqa va orqa oyoq suyaklari aniqlanadi va ularga "Spinozavr B " deya nom beriladi.[10] Stromer ularni yangi turga tegishli boʻlish uchun yetarlicha farqlarga ega deb hisoblaydi hamda ushbu nazariya tasdiqlanadi. Koʻproq ekspeditsiya va materiallar sababi bilan ular Karxarodontozavrga[11] yoki Sigilmazavrga tegishli ekanligi aniqlanadi.[12]

Spinozavr maroccanus dastlab 1996-yilda Deyl Rassell tomonidan, boʻyin umurtqalarining uzunligiga qarab, yangi tur sifatida tavsiflangan. Xususan, Rassell taʼkidlaganidek, markazning (umurtqa pogʻonasi) uzunligi orqa artikulyar faset balandligiga nisbati Spinozavr aegyptiacus da 1,1 va S. maroccanusda 1,5 ni tashkil qiladi.[12] Keyinchalik bu mavzu boʻyicha mualliflar fikri ikkiga ajralgan. Aksari olimlar umurtqa pogʻonasining uzunligi har bir turga qarab oʻzgarishi mumkinligini taʼkidlaydilar. S. aegyptiacus holotip namunalari yoʻq boʻlib ketganligi sababli S. maroccanus namunasi bilan bevosita solishtirish mumkin emas. Shu boisdan, S. maroccanus namunalari qay turdagi boʻyin umurtqalarini ifodalashi nomaʼlum.

Namunalar

tahrir

BSP 1912 VIII 19 Stromer tomonidan 1915-yilda Bahariya maydonidan topilgan namunalar majmuasi sifatida tasvirlangan holotip boʻlgan.[9] Holotip quyidagi elementlardan iborat boʻlib, ularning aksariyati toʻliq boʻlmagan: oʻng va chap tishlar va pastki jagʻ qismining 75 sm (30 in) oʻlchamdagi tishlari, 2ta boʻyin umurtqasi, 7 dorsal (magistral) umurtqa, 3 ta sakral vertebra, 1 kaudal umurtqa, 4ta koʻkrak qovurgʻasi va gastraliya. Namunlar orasidagi toʻqqizta nerv umurtqasining eng uzuni (dorsal umurtqa bilan bogʻliq) 1.65 (5.4 in) metrni tashkil etadi. Stromerning taʼkidlashicha, bu namuna 97 million yil avval, erta senoman davriga tegishli.

Spinozavr Ikkinchi Jahon urushida, xususan, „1944-yil 24-apreldan 25-aprelga oʻtar kechasi Britaniyaning Myunxenni bombardimon qilish paytida“ vayron qilingan. Ushbu shturm Myunxen palentologiya muzeyida (Bavariya davlat paleontologiya toʻplami) joylashgan binoga jiddiy zarar yetkazgan. Biroq, namunaning batafsil chizmalari va tavsiflari saqlanib qolgan. Stromerning oʻgʻli uning arxivini 1995-yilda „Paläontologische Staatssammlung Myunchen“ga sovgʻa qiladi. Smit va uning hamkasblari 2000-yilda arxivdan topilgan BSP 1912 VIII 19 Spinozavr holotip namunasining ikkita fotosuratini tahlil qiladilar. Pastki jagʻning hamda oʻrnatilgan barcha namunalarning fotosurati asosida Smit Stromerning 1915-yildagi asl rasmlari biroz xato degan xulosaga keladi.[9] 2003-yilda Oliver Rauhut Stromerning Spinozavr holotipi akrokantozavrga oʻxshash karxarodontozavrning nerv umurtqa pogʻonasi Barioniks yoki Suchomimusdan olingan tishlardan tashkil topgan kimera ekanligini taʼkidlaydi. Ammo bu nazariya atigi bitta maqoladan soʻng rad etiladi.[13]

Jamiyat orasida

tahrir
 
Haykal 2014-yilda rekonstruksiya qilingan, eshkakka oʻxshash dum topilgunga qadar, Tabiiy fanlar muzeyi, Barselona

Spinozavr 2001-yilgi " Yura davriga sayohat 3 " filmida asosiy antagonist sifatida Tiranozavrni bilan almashtirgan.[14] Filmning maslahatchi paleontologi Jon R. Xornerning soʻzlariga asoslansak: „Agar biz vahshiylik omilini hayvonning uzunligiga asoslasak, bu sayyorada hech qaysi jonzot Spinozavr bilan teng kela olmaydi. Bundan tashqari, mening farazim shundaki, T-rex (Tiranazavr) aslida qotil emas, balki axlatchi zavr boʻlgan. Spinozavr esa haqiqatan ham yirtqich hayvon boʻlgan“[15] Ushbu soʻzlardan soʻng Xorner oʻzining T. reksning axlatchi ekanligi haqidagi bayonotini qaytarib oladi. Filmda Spinozavr Tiranozavrga qaraganda kattaroq va kuchliroq tasvirlangan: ikki tiriltirilgan yirtqichlar oʻrtasidagi jang tasvirlangan sahnada Spinozavr Tiranozavrning boʻynini qisib gʻolib chiqadi.[16] Toʻrtinchi qismda „Yura olamiiga sayohat“ filmining oxiriga yaqin boʻlgan keskin kurashda T. reks Spinozavr skeletini sindirib tashlagan kurash sahnasida gʻalizlik mavjuddir.[17]

Spinozavr uzoq vaqtdan beri dinozavrlar haqidagi mashhur kitoblarda tasvirlanib kelgan. Biroq, yaqin oʻtgan davrlardan boshlab, aniq tasvirlash maqsadida spinozavrlar haqida yetarli maʼlumotlar aniqlasha boshladi. 1955-yilda Lapparent va Lavokat[18] tomonidan 1936-yildagi Stromer diagrammasi asosida[19] skelet rekonstruktsiyasidan soʻng, boshqa yirik teropodlarnikiga oʻxshash boʻlgan bosh suyagi va orqa tomonida yelkanli umumiy tik teropod sifatida koʻrib chiqiladi. Hattoki, ushbu teropod toʻrt barmoqli qoʻllar bilan tasvirlanadi.[20]

Filmlar, videooʻyinlar va kitoblardan tashqari, Spinozavr Angola, Gambiya va Tanzaniya kabi mamlakatlarning pochta markalarida ham tasvirlangan.[21]

Manbalar

tahrir
  1. Elbein, Asher. „Was This Dinosaur More Subaquatic Killer or Giant Wading Bird? - A new study challenges the hypothesis that spinosaurus pursued its prey in the currents of prehistoric rivers“. The New York Times (26-yanvar 2021-yil).
  2. Greshko, Michael. „Case for 'river monster' Spinosaurus strengthened by new fossil teeth – Newfound troves from the Moroccan desert suggest that the immense predator spent much of its time in the water.“. National Geographic (23-sentabr 2020-yil).
  3. Holtz, Thomas R. Jr. (2012) Dinosaurs: The Most Complete, Up-to-Date Encyclopedia for Dinosaur Lovers of All Ages, Winter 2011 Appendix.
  4. Therrien, F.; Henderson, D.M. (2007). „My theropod is bigger than yours...or not: estimating body size from skull length in theropods“. Journal of Vertebrate Paleontology. 27-jild, № 1. 108–115-bet. doi:10.1671/0272-4634 (2007)27[108:MTIBTY]2.0.CO;2. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam)
  5. dal Sasso, C.; Maganuco, S.; Buffetaut, E.; Mendez, M.A. (2005). „New information on the skull of the enigmatic theropod Spinosaurus, with remarks on its sizes and affinities“. Journal of Vertebrate Paleontology. 25-jild, № 4. 888–896-bet. doi:10.1671/0272-4634 (2005)025[0888:NIOTSO]2.0.CO;2. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam)
  6. Ibrahim, Nizar; Sereno, Paul C.; Dal Sasso, Cristiano; Maganuco, Simone; Fabbri, Matteo; Martill, David M.; Zouhri, Samir; Myhrvold, Nathan; Iurino, Dawid A. (26-sentabr 2014-yil). „Semiaquatic adaptations in a giant predatory dinosaur“. Science. 345-jild, № 6204. 1613–1616-bet. Bibcode:2014Sci...345.1613I. doi:10.1126/science.1258750. PMID 25213375.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () Supplementary Information
  7. Henderson, D.M. (2018). „A buoyancy, balance and stability challenge to the hypothesis of a semi-aquatic Spinosaurus Stromer, 1915 (Dinosauria: Theropoda)“. PeerJ. 6-jild. e5409-bet. doi:10.7717/peerj.5409. PMC 6098948. PMID 30128195.
  8. 8,0 8,1 Molina-Pérez & Larramendi 2016. Récords y curiosidades de los dinosaurios Terópodos y otros dinosauromorfos, Larousse. Barcelona, Spain p. 259
  9. 9,0 9,1 9,2 Smith, J.B.; Lamanna, M.C.; Mayr, H.; and Lacovara, K.J. (2006). „New information regarding the holotype of Spinosaurus aegyptiacus Stromer, 1915“. Journal of Paleontology. 80-jild, № 2. 400–406-bet. doi:10.1666/0022-3360 (2006)080[0400:NIRTHO]2.0.CO;2. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam)Smith, J.B.; Lamanna, M.C.; Mayr, H.; and Lacovara, K.J. (2006). „New information regarding the holotype of Spinosaurus aegyptiacus Stromer, 1915“. Journal of Paleontology. 80 (2): 400-406. doi:/0022-3360 (2006)080[0400:NIRTHO]2.0.CO;2 10.1666/0022-3360 (2006)080[0400:NIRTHO]2.0.CO;2. S2CID 130989487.
  10. Stromer, E. (1934). „Ergebnisse der Forschungsreisen Prof. E. Stromers in den Wüsten Ägyptens. II. Wirbeltier-Reste der Baharije-Stufe (unterstes Cenoman). 13. Dinosauria“. Abhandlungen der Bayerischen Akademie der Wissenschaften Mathematisch-naturwissenschaftliche Abteilung. Neue Folge (olmoncha). 22-jild. 1–79-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  11. Sereno, P.C.; Beck, A.L.; Dutheuil, D.B.; Gado, B.; Larsson, H.C.; Lyon, G.H.; Marcot, J.D.; Rauhut, O.W.M.; Sadleir, R.W. (1998). „A long-snouted predatory dinosaur from Africa and the evolution of spinosaurids“. Science. 282-jild, № 5392. 1298–1302-bet. Bibcode:1998Sci...282.1298S. doi:10.1126/science.282.5392.1298. PMID 9812890.
  12. 12,0 12,1 Russell, D.A. (1996). „Isolated dinosaur bones from the Middle Cretaceous of the Tafilalt, Morocco“. Bulletin du Muséum National d'Histoire Naturelle, Paris, Section C. 4e série. 18-jild, № 2–3. 349–402-bet.Russell, D.A. (1996). „Isolated dinosaur bones from the Middle Cretaceous of the Tafilalt, Morocco“. Bulletin du Muséum National d’Histoire Naturelle, Paris, Section C. 4e série. 18 (2-3): 349-402.
  13. Rauhut, O.W.M.. The interrelationships and evolution of basal theropod dinosaurs, Special Papers in Palaeontology, 2003 — 1–213-bet. ISBN 978-0-901702-79-1. 
  14. Elley, Derek. „Jurassic Park III“. Variety (17-iyul 2001-yil).
  15. Portman, J.. Spinosaurus makes T. Rex look like a pussycat: When it comes to Jurassic Park III, size does matter. Ottawa Citizen (11-iyul 2001-yil).
  16. Chandler, G.. A bite-size guide to the dinosaurs of the new movie Jurassic Park III. National Geographic World (2001-yil avgust).
  17. Romano, Nick. „Jurassic World Snuck in A Sweet Nod to Jurassic Park 3“. CinemaBlend (2015-yil iyun).
  18. Lapparent, A.F. de; and Lavocat, R. (1955). „Dinosauriens.“ In: Piveteau, J., editor. Traité de Paléontologie. Tome V. La Sortie des Eaux. Naissance de la Tétrapodie. L’Exubérance de la Vie Végétative. La Conquête de l’Air. Amphibiens. Reptiles. Oiseaux. Paris: Masson et Cie, pp. 785-962.
  19. Stromer, E. (1936). „Ergebnisse der Forschungsreisen Prof. E. Stromers in den Wüsten Ägyptens. VII. Baharije-Kessel und -Stufe mit deren Fauna und Flora. Eine ergänzende Zusammenfassung“. Abhandlungen der Bayerischen Akademie der Wissenschaften, Mathematisch-naturwissenschaftliche Abteilung. Neue Folge (olmoncha). 33-jild. 1–102-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  20. Glut, D.F. „Spinosaurus“, . Dinosaurs: The Encyclopedia. 1st Supplement. Jefferson, North Carolina: McFarland & Company, Inc, 2000 — 329–333-bet. ISBN 978-0-7864-0591-6. 
  21. Glut, D.F. „Dinosaurs and the media“, . The Complete Dinosaur Farlow: . Bloomington, IN: Indiana University Press, 2000 — 673–706-bet. ISBN 978-0-253-21313-6.  (Wayback Machine saytida 27-mart 2012-yil sanasida arxivlangan)

Adabiyotlar

tahrir
  • Glut, DF „ Spinozavrni qidirishda“. In: Yura klassikasi: Saurian insholari va Mezozoy musingalari toʻplami, pp. 77-85. Jefferson, NC: McFarland, 2001-yil.ISBN 0-7864-0961-4ISBN 0-7864-0961-4.
  • Nothdurft, V.; va Smit, J. Misrning yoʻqolgan dinozavrlari. Nyu-York: Random House, 2002-yil.ISBN 0-375-50795-7ISBN 0-375-50795-7.
  • Ernst Stromerga hurmat: Spinosaurus aegyptiacus kashf etilganining yuz yili: Saubxik Ghosh

Havolalar

tahrir