Shuxrat Aslanov
Aslanov Shuxrat Choriyevich (ruscha: Aсланов Шухрат Чориевич) – oʻzbek davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi direktori. Qarshi shahar hokimligi aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimining fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududlariga biriktirilgan inspektori, „Shurtan gaz kimyo majmuasi“ masʼuliyati cheklangan jamiyati direktor oʻrinbosari (ishlab chiqarish boʻyicha) vazifasini bajaruvchi hamda majmuada turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2024-yil Oʻzbeksiton Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylangan [1]. „Shuhrat medali“ sohibi[2].
Shuxrat Aslanov | |
---|---|
Qashqadaryo viloyati Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi direktori | |
Mansab davri 2019-yil – hozirgi vaqtgacha | |
„Shurtan gaz kimyo majmuasi“ masʼuliyati cheklangan jamiyati direktor oʻrinbosari (ishlab chiqarish boʻyicha) vazifasini bajaruvchi | |
Mansab davri 2017-yil – 2018-yilgacha | |
Qarshi shahar hokimligi aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimining fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududlariga biriktirilgan inspektori | |
Mansab davri 1999-yil – 2000-yilgacha | |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAslanov Shuxrat Choriyevich 1978-yil 21-yanvarda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Millati oʻzbek. OʻzLiDeP aʼzosi. 1999-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ixtisosligi – agromuhandis. 2023-yil „Shuhrat medali“ bilan taqdirlangan [3].
Mehnat faoliyati
tahrirMehnat faoliyatini Qarshi shahar hokimligi aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimining fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududlariga biriktirilgan inspektorligidan boshlagan. 2000-yildan 2001-yilgacha – „Shurtan gaz kimyo majmuasi“ unitar shuʼba korxonasi suv taʼminoti va oqova sexi mashinisti boʻlib ishlagan. Turli yillarda korxonada mas’ul lavozimlarda faoliyatini olib borgan. 2017-2018-yillarda Shurtan gaz kimyo majmuasi direktor oʻrinbosari vazifasini bajargan. 2018-yildan 2019-yilgacha majmuaning direktori vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlagan. 2019-yilda „Shurtan gaz kimyo majmuasi“ masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimiga tayinlangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „№1421 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida“. saylov.uz.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. https://president.uz.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. https://president.uz.
- ↑ „Bosh direktor“. https://sgcc.uz.