Shahrisabz
Shahrisabz — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Amir Temur ordeni sohibi[1]. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926-yildan). Kitob—Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabz jan.dan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Urtacha bal. 658 m. Aholisi 174,8 ming kishi (2021 https://data.gov.uz/uz/datasets/908?dp-1-sort=G6[sayt ishlamaydi]). Shahrisabz Oʻzbekistondagi qadimiy shaharlardan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shaharga mil. av. 1 ming yillikning oʻrtalarida asos solingan.Shahrisabz mil. boshlarida va ilk oʻrta asrlarda turli nomlar bilan atalgan (qarang Kesh). 13-asrdan Shahrisabz nomi ham urf boʻlgan.[2]
Shahrisabz | |
---|---|
shahar | |
39°03′01″N 66°50′0″E / 39.05028°N 66.83333°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Shahrisabz tumani |
Asos solingan | mil.avv VII asr |
Avvalgi nomlari | Kesh |
Rasmiy til(lar)i | o'zbek |
Aholisi | 101 200 |
Milliy tarkib | o'zbek 100% |
Konfessiyaviy tarkib | islom |
Vaqt mintaqasi | UTC 5 |
Pochta indeks(lar)i | |
Avtomobil kodi | 70 |
Tarixi
tahrirIlk eslatilishi
tahrirBaʼzi maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avvalgi 8 asrda tashkil etilgan. Shahar qadimgi davrlarda Kesh deb nomlangan.[3]
1351-yilda zarb etilgan kumush tangalarda „Shahrisabz“ nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy (15-asr) shahar toʻgʻrisida: „Shahrisabz, uni turkiylar Kesh deb ataydilar“ deb yozgan.Shahrisabz yaqinidagi Xoja Ilgor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani hududi)da Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan.Shahrisabz oʻsha davrda „Qubbatul ilm val adab“ nomi bilan yuritilgan. Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo Gʻolib kabi allomalarning otabobolari shahrida tugʻilgan.[2]
Oʻrta asrlardagi tarixi
tahrirAmir Temur davrida
tahrirAmir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabz ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarinint yozgi qarorgohiga aylantirilgan. Oqsaroy va Dorussaodat majmuasi qurilgan. Shahar atrofi qalʼa devori bilanoʻrabolingan. Ispaniya elchisi Klavixo oʻz qundaligida shahrida koʻplab mahobatli binolar va masjidlar borligini va qurilayotganligini taʼkidlaydi. Keyinroq ham koʻplab meʼmoriy obidalar (Dor uttilovat majmuasi, Koʻk gumbaz masjidi va boshqalar) qurildi. Hofizi Abru shaharda koʻhna devor (bandi qadim) boʻlganligi, biroq u 15-asr boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. Oʻsha paytda Shahrisabz shahrining 4 darvozasi: Ark (shim.), Kunchiqar (sharqiy), Kushxona (gʻarbiy), Termiz (jan.) darvozalari boʻlgan.[2]
Amir Temur davridan soʻng oʻrta asrlardagi tarixi
tahrir1556-yilda shahrini Abdullaxon II egallagan. Keyinchalik Shahrisabz Buxoro xonligining Qarshi viloyati tarkibida boʻlib kelgan. 16-asr oʻrtalarida ham Shahrisabz mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan edi.
Mahmud ibn Vali (17-asr) oʻzining „Bahr alasror“ („Sirlar dengizi“ — „Geografiya“) asarida shahrini quyidagicha taʼriflagan: „Kesh — Movarounnahr shaharlaridan biri, yamyashil bogʻlari va koʻzga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari tufayli u hozir Shahrisabz nomi bilan shuhrat topgan. U jahondagi eng chiroyli shaharlardan biri hisoblanadi; iqlimi juda yaxshi va diltortar...“.
Ashtarxoniylar davrida Shahrisabz siyosiy mavqeini ancha yoʻqotgyn. shahrida hokimiyat uchun kurashda avval mangʻitlar, soʻngra qoʻngʻirotlar urugʻi gʻolib chiqib markaziy hokimiyat — Buxoro xonligini tan olmaslikka urinishgan. 18-asr 1-choragida Dashti Qipchoq qozoqlari Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga talonchilik hujumlari uyushtirganda shahrida bir necha muddat shahar hayoti izdan chiqqan. 1750—52 yillardan Shahrisabz Buxoro amirligi tasarrufiga oʻtdi. 18-asr oʻrtalarida shahar qaytadan qad rostlagan.[2]
Yangi davrdagi tarixi
tahrirShahrisabz hokimi Bobobek, Kitob begi Joʻrabek, amir Muzaffarning katta oʻgʻli Abdulmalik (Katta toʻra) boshchiligida katta qoʻshin bilan 1868-yilda ruslar bosib olgan Samarqand shahrini qaytarib olish uchun otlanishgan, ammo chekinishga majbur boʻlganlar. 1870-yil avgustda Turkiston gubernatori K.P. Kaufmannit buyrugʻi bilan general Abramov qoʻmondonligidagi maxsus qoʻshin Shahrisabz va Kitobni bosib olgan. Biroq rus qoʻshini qoʻmondonligi Shahrisabz va Kitobni Buxoro amiri tayinlagan beklarga topshirib, Samarqandga qaytishgan. Shahrisabz 1920-yilgacha Buxoro xonligi tarkibida boʻlgan.
Shahrisabz aholisining asosiy qismi savdosotiq va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. 18— 19-asrlarda shahrida 6 darvoza, 7 karvonsaroy va 6 ta madrasa, bir nechta bozor, shahar tashqarisida Namozgoh masjidi bor edi.[2]
Eng yangi davrdagi tarixi
tahrir20-asr oʻrtalarida shahrida „Hujum“, badiiy buyumlar, tikuvchilik, keyinroq pillakashlik fabrikalari ishlay boshladi. 1930—40 ylarda shahridagi tarixiy yodgorliklarning ahvoli achinarli holda boʻlgan, ulardan omborxona, turar joy va boshqalar maqsadlarda foydalanilgan. Shahrisabz va uning tarixiy madaniy merosi ataylab keng doirada targʻib qilinmagan.[2]
Shahar mustaqillikdan soʻng
tahrirMustaqillik yillarida Shahrisabz qiyofasi tubdan oʻzgardi. Shahar markazi qayta qurildi. 1996-yilda shahar maydoni 2460 gektarga kengaygan.
shahridagi eng katta maydon — Amir Temur maydoni. Shahar markazidan eng katta Ipak yoʻli koʻchasi oʻtadi. 11 ta yirik sanoat korxonasi (shu jumladan, „Hujum“ badiiy buyumlar fabrikasi, „Sado“ trikotaj fabrikasi, „Konserva“ va „Sharob“ aksiyadorlik jamiyatlari, toʻqimachilik, pillachilik fabrikalari va boshqalar), 8 qoʻshma korxona (shu jumladan, Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya „Mevalar kamalagi“; Oʻzbekiston—AQSH „Shahinterneshnl“; Oʻzbekiston—Rossiya „Kompasqoqsuv“; Oʻzbekiston—Turkiya „Shahri Kesh“; Oʻzbekiston—Turkiya— Yaponiya „Oqsaroy toʻqimachi LTD“ va boshqalar), kichik, oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Buxoro oziqovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining umumtexnika fti, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar ishlab turibdi. 10 ta jamoat kutubxonasi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, teatr, tarix va moddiy madaniyat muzeyi, 3 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 2 ta bolalar sport maktabi bor. 3 ta tennis korti, 3 ta suzish havzasi, stadion, 18 ta sport zali mavjud. Markaziy kasalxona (1050 oʻrin), yangi jarrohlik markazi aholiga xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻli vokzali, avtovokzal, aeroport ishlab turibdi. "Kesh'' va „Shahrisabz“ mehmonxonalari bor. shahrida Amir Temurning ulugʻvor haykali (haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar, meʼmor Botir Usmonov) oʻrnatilgan (1996).
Shahrisabz zaminida bir qancha olim va ulamolar, shoirlar voyaga yetgan, jumladan, Abu Muhammad Keshiy (964 yilv.e.), Abu Jaʼfar Keshiy (951 yilv. e.), Abul Fazoil Keshiy (12-asr), Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri) va boshqalar shahrida 20 ga yaqin tarixiy meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Temuriylar davrida qurilgan Oqsaroy qasrining peshtoq devori, Dor usSiyodat va Dor utTilovat majmualari, Koʻk Gumbaz masjidi, Gumbazi Sayidon, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Hazrati Imom masjidi, shuningdek, Chorsu bozori (16-asr), Chubin madrasasi (16-asr), Abdushukur Ogʻaliq (19-asr), Eshonpir (19-asr), Kunduzak masjidlari kabi meʼmoriy obidalar saqlanib qolgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va shahrida keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. Shahrisabz Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan (2002-yil dekabr). Shaharda koʻplab anjumanlar va konferensiyalar oʻtkaziladi.
Shahrisabz ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va maʼnaviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrabavaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qoʻshgan alohida xizmatlari eʼtiborga olinib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati Shahrisabz „Amir Temur ordeni“ bilan mukofotlandi (1996-yil oktyabr).[2]
Adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1996-yil 29-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-avgustdagi "Shahrisabz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Rajabov, Qahramon. „Shahrisabz“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Kamaliddinov SH. S. Istoricheskaya geografiya Yuzhnogo Sogda i Tokharistana po araboyazychnym istochnikam IX-nachala XIII vekov. Glava 1. Istoricheskaya geografiya Yuzhnogo Sogda Toshkent, 1996
Havolalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |