Santo-domingo

Dominikan Respublikasi poytaxti

Santo-domingo (193661-yillarda SyudadTruxilo) — Dominikana Respublikasi poytaxti. Gaiti o.ning janubi-sharqiy qismida, Karib dengizi sohilida joylashgan. Ikdimi tropik, passatli iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 25—27°. Yillik yogʻin 1500 mm. Aholisi 1,6 mln. kishi (1990-yillaroʻrtalari). Mamlakatning asosiy porti; chetga shakarqand, koʻnteri, qimmatbaho yogʻoch chiqariladi. 3 yirik shosse yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari bor. Xalqaro kurort va turizm markazi. S. — yevropaliklar tomonidan asos solingan Gʻarbiy yarim shardagi qad. shaharlardan. Shahar X. Kolumbnkng ukasi B. Kolumb tomonidan kurila boshlagan va Yangi Izabella deb nomlangan. 1844-yildan Dominikana Respublikasi poytaxti. 1916—24 yillarda AQSH qoʻshinlari okkupatsiya qilib turgan. 1930-yilda S.D. kuchli dovul natijasida vayron boʻlgan. 1936-yilgacha qayta tiklangan. Meʼmoriy yodgorliklaridan minora, qasrsaroy, X. Kolumb dafn qilingan sobor, monastirlar va hokazolar saqlangan. S.D.da muxtor universitet, milliy universitet, konservatoriya, Musiqa akademiyasi, milliy muzey, Nafis sanʼat maktabi va galereyasi, teatr, mehmonxonalar bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil