Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasi

Qirgʻiziston Respublikasining futbol boʻyicha milliy terma jamoasi (qirgʻizcha. Qirgʻiziston uluttuk futbol kuramasy / Qyrğyzstandyn uluttuq futbol kuramasy) – xalqaro turnirlardagifutbol oʻyinlarida Qirgʻiziston nomidan ishtirok etuvchi terma jamoa[2]. Boshqaruv tashkiloti 1994-yildan buyon AFC va FIFA aʼzosi boʻlgan Qirgʻiziston futbol federatsiyasi, shuningdek, FACA aʼzosi hisoblanadi. 2014-yilning oktyabr oyidan buyon terma jamoa bosh murabbiyi rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin hisoblanadi. Terma jamoaning asosiy sardori Valeriy Kichin. Terma jamoa uy uchrashuvlarini Bishkekdagi 23 000 tomoshabinga moʻljallangan va mamlakatdagi eng katta va asosiy stadion boʻlgan Dolen Omurzakov stadionida oʻtkazadi.

Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasi
Shirt badge/Association crest
Tahallusi Ак шумкарлар (Oq lochinlar)
Assotsiatsiya Qirgʻiziston futbol ittifoqi (QRFF)
Konfederatsiya AFC (OSIYO)
Sub-konfederatsiya CAFA (Markaziy Osiyo)
Bosh murabbiy  RUS Aleksandr Krestinin
Sardor Valery Kichin
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Mirlan Murzayev (54)
Eng yaxshi toʻpurar Mirlan Murzayev (15)
Uy stadioni Dolen Omurzakov Stadium
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 95 – Iyun 2022,
Eng yuqori 75 (Aprel-May 2018,)
Eng past 201 (Mart 2013,)
Birinchi xalqaro oʻyin
 Oʻzbekiston 3-0  Qirgʻiziston
(Toshkent, Oʻzbekiston; 23 Avgust 1992)[1]
Eng yirik gʻalaba
 Qirgʻiziston 7-0  Myanma
(Bishkek, Qirgʻiziston; 10 Oktyabr 2019)
 Myanma 1-8  Qirgʻiziston
(Osaka, Yaponiya; 11 Iyun 2021)
Eng yirik magʻlubiyat
 Eron 7-0  Qirgʻiziston
(Damashq, Suriya; 4 Iyun 1997)
Osiyo Kubogi
Ishtiroki 2 (Ilk marta 2019-yili)
Eng yaxshi natijasi 16-roud (2019)
WAFF Chempionati
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2000-yili)
Eng yaxshi natijasi Guruh bosqichi (2000)
OFK Chaqiruv Kubogi
Istiroki 3 (Ilk marta 2006-yili)
Eng yaxshi natijasi Uchinchi oʻrin (2006)

2022-yil iyun holatiga koʻra, Qirgʻiziston terma jamoasi FIFA reytingida FIFAga aʼzo 210 ta davlat orasida 95-oʻrinni egallab turibdi[3]. Ushbu jamoaning FIFA reytingidagi eng yuqori oʻrni 2018-yilning aprel oyida qayd etilgan boʻlib, u 75-oʻrinda edi, eng past oʻrin esa 2013-yilning mart oyida qayd etilgan, yaʼni jamoa 201-oʻrinda boʻlgan edi.

Qirgʻiziston Respublikasi terma jamoasi hech qachon jahon chempionatida ishtirok etmagan va yaqin vaqtgacha birorta ham Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan boʻlsa-da, 2018-yilda saralashdan oʻta oldi va oʻz tarixida birinchi marta 2019-yilning final bosqichiga chiqdi. Yaqin-yaqingacha Osiyo va dunyoning eng kuchsiz jamoalaridan biri boʻlgan boʻlsa, keyingi ikki-uch yilda yangi bosqichga koʻtarilib, Osiyo qitʼasining yaxshi jamoasiga aylandi.

Shakllanish

tahrir

1991-yilgacha milliy terma jamoa mavjud emas edi, qirgʻiz futbolchilari SSSR terma jamoasida oʻynashgan.

SSSR parchalanib, 1991-yil 31-avgustda Qirgʻiziston mustaqillikka erishgach, milliy terma jamoa ham tuzildi. Qirgʻiziston terma jamoasi Markaziy Osiyo kubogi doirasidagi ilk oʻyinini 1992-yil 23-avgust kuni Toshkentda, Paxtakor stadionida O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Uchrashuv Oʻzbekiston terma jamoasining 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. 1992-yilda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo kubogida hozirgacha Qirgʻiziston terma jamoasi toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Umuman olganda, Qirgʻiziston terma jamoasi tarixidagi ilk oʻyinni oʻsha yilning 16-iyulida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi oʻtkazishi kerak edi, biroq Turkmaniston terma jamoasi ishtirok etmagani uchun oʻyin oʻtkazilmadi. 1992-yilda terma jamoa jami 5 ta oʻyin oʻtkazgan. Shulardan 4 tasida magʻlubiyatga uchragan, bitta uchrashuvda durang qayd etilgan.

1993-yilda Qirgʻiziston terma jamoasi Eronda boʻlib oʻtgan EKO kubogida qatnashib, oʻz guruhidan chiqa olmadi, bu yerda raqiblari Ozarbayjon, Tojikiston va Qozog'iston yoshlar terma jamoasi edi. Ozarbayjonga yutqazib, Tojikiston va Qozogʻiston yoshlari bilan durang oʻynadi. 1993-yilda terma jamoa boshqa oʻyin oʻtkazmadi. Shu tariqa, 1993-yildagi bitta oʻyindan soʻng jamoa bir yilga tanaffusga chiqadi.

1994-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Futbol Federatsiyasi OFK va FIFAga rasman qabul qilinib, ushbu futbol tashkilotlarining toʻliq aʼzosi boʻldi. 1994-yilning aprel oyida jamoa Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Mustaqilligi kubogida ishtirok etdi. Liga formatida oʻtkazilgan ushbu turnirda Qirgʻiziston terma jamoasi soʻnggi beshinchi oʻrinni egalladi: bitta durang (Qozogʻiston bilan) va uchta magʻlubiyat (Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston).

Tiklanish davri

tahrir

2015-yilda rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin boshchiligidagi Qirgʻiziston terma jamoasi 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati saralash turnirida ishtirok etdi. Terma jamoa oʻz guruhidagi yurishini 3-oʻrinni egallab, ikkinchi davrada toʻxtadi. Jamoaning raqiblari Avstraliya, Iordaniya, Tojikiston va Bangladesh edi. Qirgʻiziston terma jamoasi oʻz guruhidagi uchinchi oʻrin evaziga BAAda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi-2019 saralash turnirining soʻnggi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Jahon va qitʼa turnirlarida qatnashish

tahrir

FIFA Jahon chempionati

tahrir
1991-yilgacha Futbol boʻyicha SSSR terma jamoasi aʼzosi edi
1994-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi
1998-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi bosqich, guruhda 2-oʻrin
2002-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi bosqich, guruhda 2-oʻrin
2006-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi bosqich, guruhda 4-oʻrin
2010-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi davra pley-offida magʻlub boʻldi
2014-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Ikkinchi davra pley-offida magʻlub boʻldi
2018-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Ikkinchi bosqich, guruhda 3-oʻrin
2022-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Ikkinchi bosqich, guruhda 3-oʻrin

Murabbiylar shtabi

tahrir
Bosh murabbiy   Aleksandr Krestinin
Yordamchi murabbiy   Almazbek Buribayev
  Sandro da Silva Mendonça
  Igor Kudrenko
  Talant Samsaliev
Darvozabonlar murabbiyi   Zakir Jalilov
Fitness murabbiyi   Bakhtiyar Baymatov
Direktor   Boltok Sagynbayev
Administrator   Azamat Alykulov
Shifokor   Nurbek Ismailov

Futbolchilar

tahrir

Hozirgi tarkib

tahrir
0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Erjan Tokatayev 17-iyul 2000-yil (2000-07-17) (24 yosh) 8 0   KAZ Turan
13 1DA Kalysbek Akimaliev 16-noyabr 1992-yil (1992-11-16) (32 yosh) 3 0   KGZ Abdysh-Ata Kant
16 1DA Valery Kashuba 14-sentyabr 1984-yil (1984-09-14) (40 yosh) 23 0   KGZ Dordoi Bishkek
1DA Artem Pryadkin 18-sentyabr 2001-yil (2001-09-18) (23 yosh) 0 0   KAZ Shakhter Karagandy
2 2HM Valery Kichin 12-oktyabr 1992-yil (1992-10-12) (32 yosh) 37 4   RUS Yenisey Krasnoyarsk
3 2HM Tamirlan Kozubayev 1-iyul 1994-yil (1994-07-01) (30 yosh) 36 2   HKG Eastern
4 2HM Kayrat Izakov 8-iyun 1997-yil (1997-06-08) (27 yosh) 4 0   KGZ Abdysh-Ata Kant
5 2HM Christian Brauzman 15-avgust 2003-yil (2003-08-15) (21 yosh) 3 0   KGZ Abdysh-Ata Kant
11 2HM Bekzhan Sagynbaev 11-sentyabr 1994-yil (1994-09-11) (30 yosh) 27 4   KGZ Dordoi Bishkek
14 2HM Aleksandr Mishchenko 30-iyul 1997-yil (1997-07-30) (27 yosh) 11 0   KGZ Dordoi Bishkek
2HM Danila Sokirchenko 15-oktyabr 1995-yil (1995-10-15) (29 yosh) 2 0   KGZ Abdysh-Ata Kant
2HM Kamolidin Tashiev 9-fevral 2000-yil (2000-02-09) (24 yosh) 0 0   KGZ Abdysh-Ata Kant
6 3YH Viktor Maier 16-may 1990-yil (1990-05-16) (34 yosh) 23 4   GER Eintracht Rheine
7 3YH Tursunali Rustamov 31-yanvar 1990-yil (1990-01-31) (34 yosh) 25 6   KGZ Dordoi Bishkek
8 3YH Farhod Musabekov 3-yanvar 1994-yil (1994-01-03) (30 yosh) 49 2   KAZ Turan
12 3YH Odiljon Abdurahmonov 18-mart 1996-yil (1996-03-18) (28 yosh) 26 1   UZB Bunyodkor
15 3YH Murolimjon Ahmedov 5-yanvar 1992-yil (1992-01-05) (32 yosh) 15 0   KGZ Nur-Batken
17 3YH Guljigit Aliqulov 25-noyabr 2000-yil (2000-11-25) (24 yosh) 17 3   KAZ Kairat
18 3YH Kayrat Zhyrgalbek uulu 13-iyun 1993-yil (1993-06-13) (31 yosh) 53 2   KAZ Aksu
19 3YH Beknaz Almazbekov 23-iyun 2005-yil (2005-06-23) (19 yosh) 1 0   TUR Galatasaray
20 3YH Bakhtiyar Duyshobekov 3-iyun 1995-yil (1995-06-03) (29 yosh) 35 2   KGZ Alay Osh
21 3YH Abay Bokoleyev 3-fevral 1996-yil (1996-02-03) (28 yosh) 6 1   KGZ Dordoi Bishkek
22 3YH Alimardon Shukurov 28-sentyabr 1999-yil (1999-09-28) (25 yosh) 19 4   BLR Neman Grodno
23 3YH Erbol Atabayev 15-avgust 2001-yil (2001-08-15) (23 yosh) 3 0   RUS Dynamo Makhachkala
3YH Azim Azarov 20-sentyabr 1996-yil (1996-09-20) (28 yosh) 4 1   KGZ Dordoi Bishkek
3YH Mirbek Akhmataliev 7-fevral 1994-yil (1994-02-07) (30 yosh) 3 0   KGZ Abdysh-Ata Kant
3YH Nikolay Davydov 5-aprel 1998-yil (1998-04-05) (26 yosh) 0 0   GER SC Eintracht Freising
9 4HJ Ernist Batyrkanov 21-fevral 1998-yil (1998-02-21) (26 yosh) 16 1   KGZ Abdysh-Ata Kant
10 4HJ Mirlan Murzaev 29-mart 1990-yil (1990-03-29) (34 yosh) 55 15   IND Chennaiyin
4HJ Eldar Moldozhunusov 15-sentyabr 1995-yil (1995-09-15) (29 yosh) 8 1   KGZ Neftchi Kochkor-Ata

Natijalar

tahrir

Eng koʻp ishtirok

tahrir
Futbolchi Ishtirok Gollar Karyera
1 Mirlan Murzaev 55 15 2009-hozir
2 Vadim Harchenko 53 3 2003-2015
2 Kayrat Zhyrgalbek uulu 53 2 2013-hozir
4 Farhod Musabekov 49 2 2015-hozir
5 Pavel Matyash 45 0 2009-hozir
6 Ruslan Siddiqov 42 1 1997-2013
7 Edgar Bernhardt 41 5 2014-hozir
8 Ildar Amirov 40 3 2006-2016
Davron Asqarov 40 0 2006-2014
10 Vyacheslav Amin 38 1 2000-2009

Eng yaxshi toʻpurarlar

tahrir
Futbolchi Gollar Ishtirok Nisbat Davr
1 Mirlan Murzaev 15 55 0.27 2009-hozir
2 Anton Zemlianukhin 13 29 0.45 2007—2019
3 Vitalij Lux 8 32 0.25 2015-hozir
4 Tursunali Rustamov 6 25 0.24 2012-hozir
5 Edgar Bernhardt 5 41 0.12 2014-hozir
6 Alimardon Shukurov 4 19 0.21 2017-hozir
Bekon Saginboyev 4 27 0.15 2018-hozir
Ahliddin Isroilov 4 33 0.12 2013-hozir
Azamat Baymatov 4 36 0.11 2010-hozir
Valery Kichin 4 37 0.11 2011-hozir

Terma jamoalarga qarshi natijalar

tahrir
Raqiblar Oʻyinlar soni Gʻalaba Durang* Magʻlubiyat GF GA GD % Won
  Afgʻoniston 4 0 1 3 1 4 -3 0
  Avstraliya 2 0 0 2 1 5 -4 0
  Ozarbayjon 3 0 1 2 0 4 -4 0
  Bahrayn 6 0 1 5 4 14 -10 0
  Bangladesh 5 5 0 0 14 3 11 100
  Belarus 1 0 0 1 1 3 -2 0
  Kambodja 2 2 0 0 8 6 2 100
  Xitoy 2 0 0 2 1 5 -4 0
  Estoniya 2 0 1 1 1 2 -1 0
  Hindiston 4 1 0 3 3 7 -4 25
  Indoneziya 1 0 0 1 0 4 -4 0
  Eron 3 0 0 3 1 16 -15 0
  Iroq 2 0 0 2 1 9 -8 0
  Yaponiya 3 0 0 3 1 11 -10 0
  Iordaniya 6 3 1 2 4 4 0 50
  Qozogʻiston 5 0 1 4 3 15 -12 0
  Kuvayt 4 0 1 3 2 10 -8 0
  Livan 3 0 2 1 1 3 -2 0
  Makao 4 4 0 0 8 3 5 100
  Maldiv orollari 4 2 0 2 10 4 6 50
  Moldova 1 0 0 1 1 2 -1 0
  Moʻgʻuliston 2 1 0 1 2 2 0 50
  Myanma 5 4 1 0 23 4 19 80
    Nepal 2 1 1 0 3 1 2 50
  Shimoliy Koreya 1 0 0 1 0 4 -4 0
  Ummon 2 0 0 2 0 5 -5 0
  Pokiston 4 3 0 1 7 1 6 75
  Falastin 6 2 3 1 6 5 1 33.33
  Filippin 3 1 0 2 4 4 0 33.33
  Qatar 2 0 1 1 0 1 -1 0
  Saudiya Arabistoni 2 0 0 2 0 5 -5 0
  Singapur 3 2 1 0 4 2 2 66.67
  Janubiy Koreya 1 0 0 1 0 1 -1 0
  Shri Lanka 1 1 0 0 4 1 3 100
  Suriya 6 3 1 2 7 9 -2 50
  Tojikiston 13 3 2 8 10 16 -6 21.43
  Tailand 1 0 0 1 1 3 -2 0
  Turkmaniston 3 1 0 2 2 6 -4 33.33
  Birlashgan Arab Amirliklari 1 0 0 1 2 3 -1 0
  Oʻzbekiston 6 0 0 6 2 22 -20 0
  Yaman 2 1 0 1 3 2 1 50
Jami 133 40 19 74 146 231 -85 30.08

ELF kubogi

tahrir

2006-yili Qirgʻiziston Shimoliy Kiprda oʻtkazilgan ilk ELF kubogida ishtirok etgan. Bu musobaqa dastlab FIFA aʼzosi boʻlmagan jamoalar uchun moʻljallangan edi. Biroq tashkilotchilar oʻzlarining futzal terma jamoalari bilan qatnashgan Qirgʻiziston va Tojikistonga taklifnomalar yuborishdi.

Manbalar

tahrir
  1. Hyung-Jin, Yoon „Kyrgyzstan International Matches“. RSSSF (2006-yil 30-aprel). Qaraldi: 2010-yil 19-noyabr.
  2. „Ilk rasmiy bahsini O'zbekistonga qarshi o'tkazgan Qirg'iziston haqida“. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  3. „FIFA erkaklar terma jamoalari reytingi“. https://www.fifa.com. FIFA sayti. Qaraldi: 28-avgust 2022-yil.

Havolalar

tahrir